O‘zgaruvchan tok zanjirida sig‘im
Kondensatorning kismlariga quyidagi sinusoidal kuchlanish berilgan bulsin
Uc = Um sin (t +)
U holda kondensator zanjiridan
i = C dUc /dt = C Um sin (t + yoki
i = Im sin (t + + 900)
tok utadi.Bu tokning amplitudasi I m = C Um
Tok kuchinig kuchining effektiv qiymati
I m = C Um = Uc /xc
Boglanish Om qonuniga uxshash, bunda xc= 1 /xc kattalik qarshilik urnida turibdi: bu kattalik kondensatorning sig‘im qarshiligi deb ataladi. U (Om) larda ulchanadi.
Sigim qarshiligi va o‘zgaruvchan tokning chastotasi teskari proportsional. Chastota f = 0 dan …f =. gacha o‘zga rganda sig‘im qarshiligi xc = .. дан …xc = 0.. gacha o‘zgaradi.
Sigimli zanjirdagi oniy quvvat ikkilangan chastota bilan o‘zga rib gox musbat Р=I2 / C. maksimumga, gox shunday kattalikdagi manfiy maksimumga erishib turadi .
Kuchlanish ortayotganda elektr maydonining energiyasi generator energiyasi xisobiga noldan maksimal qiymatgacha ortadi.
Wm = CUm2 /2 = CU2
Shunday qilib zanjir iste’molchi rejimida ishlaydi va rejim quvvatning musbat qiymatiga mos keladi . Kuchlanish kamaya boshlaganda elektr maydonining energiyasi maksimal qiymatidan nolgacha kamayadi . Shunday qilib davrning bu kismlarida zanjir generator rejimida ishlaydi va bu rejim sig‘imli zanjir quvvatining manfiy qiymatiga mos keladi.
O‘zgaruvchan тok
Bir fazali sinusoidal o‘zgaruvchan tok zanjirlari
Sinusoidal o‘zgaruvchan elektr yurituvchi kuch va toklar Elektr energiyasini bir turdan boshqa turga aylantirishning barcha fizikaviy jarayonlarini amalga oshirish hozirgi zamon elektrotexnikasi barcha sohalarining asosini tashkil etadi, ya’ni elektr yurituvchi kuch (EYK), kuchlanish, tok va elektromagnitli miqdorlarning vaqt bo‘yicha o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘ladi. O‘zgaruvchan tok vaqt bo‘yicha, ma’lum qonun bo‘yicha o‘zgaradi, ya’ni tokning miqdori vaqtning funksiyasidir. Shunday qilib, vaqt o‘tishi bilan miqdori va yo‘nalishi o‘zgaradigan tokka o‘zgaruvchan tok deb aytiladi. O‘zgaruvchan tokni uch turga bo‘lish mumkin:
Miqdori o‘zgaruvchan, ammo yo‘nalishi o‘zgarmas (pulsatsiyalanuchi) tok (1.20-rasm).
Miqdori va yo‘nalishi o‘zgaruvchan tok (1.21-rasm).
Davriy o‘zgaruvchan tok (1.22-rasm).
Elektrotexnikada ishlatiladigan davriy toklarning chastotalari (takrorlanishlari) doirasi juda keng bo‘lib, gersning o‘ndan biridan tortib, to milliarddan bir ulushlarigacha bo‘lgan qiymatlarini tashkil etadi. Elektrotexnikada standart chastotalar 50 Hz dan 60 Hz gacha ishlatiladi. O‘zbekistonda 50 Hz chastota (tebranish) ishlatiladi. Тokning chastotasi quyidagiga teng:
Standart chastota f = 50 Hz bo‘lganda, T = 0,02 s bo‘ladi. Burchak takrorlanishi (chastotasi) quyidagicha aniqlanadi:
bunda:
Elektr qurilmalari uchun asosiy chastota sifatida 50 Hz chastota qabul qilingan. Elektr mashinalar, transformatorlar, elektr lampa, priyomnik, televizor, sovitgich va boshqa iste’molchilar shu tebranishda ishlaydi.
Bir fazali sinusoidal o‘zgaruvchan tok
O‘zgaruvchan tokning eng ko‘p tarqalgan manbalaridan biri mexanikaviy energiyani elektr energiyasiga aylantirib beruvchi sinxron generatordir. Generatorning qo‘zg‘almas qismini stator deyiladi. Harakatlanuvchi o‘zgarmas magnitli qismini rotor deb ataladi. Statorda chuqur ariqchalarga o‘rnatilgan o‘ramlar bo‘lib, ularning uchlaridan o‘tkazgichlar (simlar orqali) elektr toki iste’molchilarga uzatiladi. Generatorning magnitli rotori mexa- nikaviy kuch bilan aylantirilganda generatorning o‘ramlarida elektr hosil bo‘ladi. Eng sodda birfazali o‘zgaruvchan elektr toki generator 1.23-rasmda ko‘rsatilgan. Tok chastotasi quyidagicha aniqlanadi:
Dostları ilə paylaş: |