Reja kirish Biznes-rejaning mohiyati va vazifalari biznes-rejani tayyorlash bosqichlari biznes-reja tuzilmasi xulosa foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati kirish



Yüklə 45,37 Kb.
səhifə7/11
tarix13.12.2023
ölçüsü45,37 Kb.
#175415
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Reja kirish Biznes-rejaning mohiyati va vazifalari biznes-rejani

Tasniflash belgilari

Maqsadlar guruhlari

1

Mazmuni (predmeti)

  • Iqtisodiy

  • Tashkiliy

  • Siyosiy

  • Ishlab chiqarish

  • Ijtimoiy

  • Texnologik

  • Ilmiy

  • Estetik

  • Psixologik

2

O’lchami

  • Maksimum

  • Ko’p emas

  • Minimum

  • Kam emas

3

Rejalashtirish miqyoslari

  • Uzoq muddatli (strategik)

  • O’rta muddatli (taktik)

  • Qisqa muddatli (tezkor)

4

Harakatlar sohasi

  • Global

  • Regional

  • Oliy

  • Oraliq

  • Milliy

  • Lokal (mahalliy)

  • Yo’ldosh (qo’shimcha)

  • Quyi

5

Iyerarxiya darajasi

  • Korxona

  • Tuzilmaviy bo’linma

6

O’zaro munosabatlar

  • Komplementar

  • Indeferent

  • Raqobatli

7

O’lchamlilik

  • Miqdoriy

  • Sifat jihatdan (o’lchovsiz)

8

Yo’naltirilganlilik

  • Tijorat

  • Notijorat (ijtimoiy)

9

Muhit

  • Ichki

  • Tashqi

10

Subyekt

  • Individual (shaxsga) yo’naltirilgan

  • Guruhga (kollektivga) yo’naltirilgan

3-jadval. Korxona maqsadlarining taxminiy tasnifi.
Maqsadlar aniq tushunarli bir ma’noda tushuniladigan bo’lishi va korxonaning kelajakdagi holatini aks ettiruvchi atamalar orqali ta’riflanishi kerak. Shuning uchun maqsadlarni ishlab chiqarishda uning mazmuni va shakliga qo’yiladigan talablarni e’tiborga olish lozim (3-rasm).

Bo’lishi kerak:
-haqiqatga yaqin (real) va amalga oshirish imkoniyati;
-mazmuni va aks ettirish shakli qonunlarga zid kelmasligi;
-bajaruvchilarga tushunarli;
-o’lchov imkoniyati;
-xohish iroda va kеlishuv tuzilmaviy bo’linmalar va funksional xizmatlar bo’yicha taqsimlangan;
-barcha ishlovchilar va sexlar kuchlarini birlashtirish;

Hisobga olgan holda belgilanadi:
-ish hajmini;
-ishlar muddatini;
-mavjud va kutilayotgan imkoniyatlarni;
-kutilayotgan natijalarni;
-xodimlar bo’yicha taqsimlanishni;
-moslashuvchanlik va to’g’rilashlar kiritish imkoniyatlarini;
-boshqaruvning barcha darajalarida taqqoslash, solishtirish, imkoniyatlarini;
-ishlovchilar malakasining oshishini;

3-rasm. Maqsadlarning mazmuni va shakliga qo’yiladigan talablar
Ma’lumki, maqsadlar doimo ma’lum bir cheklanishlar asosida amalga oshiriladi. Ular korxona ichidagi va tashqaridan qo’yiladigan cheklanishlar (chegaralanishlar) bo’lishi mumkin. Tashqi cheklanishlar qatoriga qonun me’yorlari, inflatsiya, raqobatchilar, iqtisodiy ustuvorlikni o’zgarishi, aholi daromadlarini o’zgarishi, qarzdorlarning moliyaviy holati va boshqalar kiritilishi mumkin. Ichki cheklanishlarga esa firma tamoyillari, xarajatlar darajasi, ishlab chiqarish quvvatlari, marketing va boshqaruvning holati, turli darajadagi nomuvofiqliklar va boshqalar kiradi. Shuning uchun korxona missiyasi, maqsadi va vazifalarini ishlab chiqish jarayonida uning faoliyatiga ta’sir qiluvchi ko’p sonli omillarni baholash zaruriyati tug’iladi.
Biznes-rejani ishlab chiqishning uchinchi bosqichida biznes-rejaning tuzilmasi belgilab olinadi.
To’rtinchi bosqichda biznes-rejaning har bir bo’limini ishlab chiqish uchun zaruriy axborotlarni to’plash amalga oshiriladi. Bu rejalashtirishning eng muhim sermehnat qismi hisoblanadi. Axborotlar manbai sifatida tarmoqning maxsus axborotnomalaridan, loyiha tashkilotlari me’yorlaridan, tahlil bilan shug’ullanuvchi maxsus firma xizmatlaridan, statistika idoralari materiallaridan, maxsus tadqiqotlar va kuzatishlardan, yuqori malakali iqtisodchilardan, maslahatchilardan hamda korxonaning ichki muhiti va o’z ishini yaxshi biladigan korxona xodimlaridan foydalanish mumkin.
Rejalashtirishning beshinchi bosqichi - bevosita biznes-reja bo’limlarini ishlab chiqish va uni yagona hujjat sifatida rasmiylashtirish.

  1. Biznes-reja tuzilmasi

Bundan oldingi materiallar shundan dalolat beradiki, biznes-reja bu oddiy bir hujjat emas. U korxonaning konstitutsion asosini tashkil etib, uning ishlab chiqarish faoliyatini, kelgusidagi rivojlanish strategiyasini belgilab beradi. Korxona strategiyasi esa, ma’lumki, turli xil bo’ladi: kimdir mahsuldor, ya’ni ishlab chiqarish strategiyasini afzal ko’rsa, boshqalarga moliyaviy strategiya ko’proq to’g’ri keladi. Bozorga yangi mahsuldor g’oya bilan kirishga harakat qilayotgan yangi korxona va firmalar odatda moliyaviy strategiyaga katta e’tibor qaratadilar. Bozorda ma’lum ma’noda barqaror o’ringa ega bo’lgan boshqa korxonalar esa asosiy e’tiborni ishlab chiqarish strategiyasiga qaratadilar.
Hamma korxonalar bir xil emasligi sababli ularning har biri uchun biznes-rejani ishlab chiqish bo’yicha detalli tavsiya berishning imkoni yo’q. Shunday bo’lsa-da, zamonaviy iqtisodiyot fanida biznes-rejaning taxminiy tuzilmasi ishlab chiqilgan bo’lib, quyida uning ayrim variantlari keltirilgan (4-jadval).


Yüklə 45,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin