Reja: Kirish Boshlang’ich sinf o‘quvchilarida jismoniy tarbiyalashda o‘zbek xalq milliy harakatli o‘yinlaridan foydalanish imkoniyatlari


Jismoniy sifatlarni tarbiyalovchi milliy harakatli o’yinlar tasnifi va ularni o’rgatish yo’llari



Yüklə 25,79 Kb.
səhifə5/6
tarix28.09.2023
ölçüsü25,79 Kb.
#150377
1   2   3   4   5   6
Boshlang‘ich sinf o’quvchilarining chaqqonlik sifatini rivojlantirishda harakatli o’yinlardan foydalanish samaradorligi

4. Jismoniy sifatlarni tarbiyalovchi milliy harakatli o’yinlar tasnifi va ularni o’rgatish yo’llari.
Bolalarning o’sish va rivojlanishi bilan o’yinlarning mazmuni o’zgarib boradi: o’yinlar faoliyati dastlabki bosqichlarda oddiy harakterda bo’lsa, keyinchalik u boyib boradi. P.F.Lesgaft o’zining jismoniy mashqlar tizimida o’yinlarni jismoniy tarbiya vositasi sifatida ifodalaydi. U o’yin yordamida bola hayotga tayyorlanishiga e’tibor qaratadi. Uning harakatli o’yinlarni o’tkazish uchun qo’ygan talablari bugungi kungacha o’z qimmatini yo’qotgani yo’q: masalan, u har bir o’yin oldiga aniq maqsadlar qo’yishi, o’tkazilayotgan o’yin qatnashuvchilarning kuch va qobiliyatlariga mos kelishi, o’yin shug’ullanuvchilariga ijobiy ta’sir ko’rsatishi lozimligini, o’yinlarni tizim tarzda va muntazam o’tkazish, o’quvchilarning faolligi va mustaqilligini oshprishga harakat qilish zzarurligini uqtirgan edi. O’yinlarning takomillashuvi, o’yin faoliyati dastlab syujet va mazmundan tashkil topadi. Odatda syujet deganda o’yin faoliyatida bolalar aks ettiradigan voqe’likning doirasi tushuniladi. O’yin syujeti turli davrga sinfiy xususiyatga, oilaviy turmush tarziga, geografik va ishlab chiqarish sharoitlariga bog’liq holda yaratiladi.
1-4 yoshli bolalarga xos o’yinlarni jismoniy sifatlarini rivojlantirishiga ko’ra quyidagi guruhlarga ajratish mumkin
1. Tezkorlikni tarbiyalovchi o’yinlar.
2. Kuchni oshiruvchi o’yinlar.
3. Chaqqonlikni rivojlantiruvchi o’yinlar.
4.Chidamlikni rivojlantiruvchi o’yinlar.
5.Egiluvchanlikni tarbiyalovchi o’yinlar;
Ayrim o’yin turlari bolalarning barcha bo’g’inlariga mos kelishi mumkin, ya’ni jismoniy sifatlarni yaxlit holda tarbiyalashga qaratilgan o’yinlar ham borki, ularda turli jismoniy sifatlar ketma-ket rivojlanishi mumkin. o’yinlardagi bunday izchillik bolaning bilim saviyasi, turmush tajribasini kengayishi, uning katta yoshdagi odamlarning turmushiga chuqurroq kirib borishi bilan bog’liqdir. Darhaqiqat o’yinlarning oddiyidan murakkabga tomon o’sishi turmushning tobora yangi qirralarini aks ettirish bilan cheklanib qolmay, muayyan o’yinning o’ziga xos boshqa ko’rinishlari bilan boyishi sababli ham amalga oshadi.

Xulosa
1-4 sinflarning jismoniy tarbiya darslari jarayonida atsiklik mashqlardan sakrash, uloqtirish, gimnastika mashqlaridan tashkari xarakatli uyinlardan xam foydalaniladi. Atsiklik jismoniy mashqlar nagruzkasini me’yorlashda harakat tezligi va fiziologik jarayonlarning qayta tiklanishini baholash zarur. Hozirgi kunda jismoniy mashqlar nagruzkasini baholashda ko’proq mushak harakatlariga sarf qilinadigan energiya hisobiga olinadi. Atsiklik mashqlar nagruzkasini me’yorlashda uning sur’ati, shiddati va harakatining takrorlanish sonini hisobga olish zarur hamda harakatning takomillashtirish maqsadidagi tuzatish va tizimli nazorat natijalari e’tiborga olinishi lozim. Atsiklik jismoniy mashqlar nagruzkasini me’yorlashda mashqlar bajarilishining davom etish vaqtiga alohida e’tibor berish kerak. Harakatlarni takomillashtirish sharoitida mashq seriyalari boshlanishidagi optimal oraliqlararo munosabat optimal sur’atga bo’ysunish lozimligini ko’rsatadi. Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, mashqlar 5-20 daqiqa mobaynida bir seriyada 2-4 martadan 8-10 martagacha bajarilishi: mashqlar orasidagi dam olish vaqti 20-30 soniya deb belgilanib, 2-3 seriya mashq bajarilishi lozimligi va seriyalar orasida 30-40-70-80-100 soniyagacha dam olinishi kerakligi aniqlandi.



Yüklə 25,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin