Reja: Kirish Boshlang’ich sinf o‘quvchilarida jismoniy tarbiyalashda o‘zbek xalq milliy harakatli o‘yinlaridan foydalanish imkoniyatlari



Yüklə 25,79 Kb.
səhifə1/6
tarix28.09.2023
ölçüsü25,79 Kb.
#150377
  1   2   3   4   5   6
Boshlang‘ich sinf o’quvchilarining chaqqonlik sifatini rivojlantirishda harakatli o’yinlardan foydalanish samaradorligi


Boshlang‘ich sinf o’quvchilarining chaqqonlik sifatini rivojlantirishda harakatli o’yinlardan foydalanish samaradorligi
Reja:

Kirish

1. Boshlang’ich sinf o‘quvchilarida jismoniy tarbiyalashda o‘zbek xalq milliy harakatli o‘yinlaridan foydalanish imkoniyatlari.

2. Boshlang’ich sinf o’kuvchilari jismoniy tarbiya darslarida milliy harakatli o’yinlardan foydalanishning muhim omillari

3. Bolalar jismoniy tarbiyasida milliy harakatli o’yinlardan foydalanish zaruriyatlari

4. Jismoniy sifatlarni tarbiyalovchi milliy harakatli o’yinlar tasnifi va ularni o’rgatish yo’llari.
Xulosa


Foydanalilgan adabiyotlar ro’yxati

Kirish

Mavzuning dolzarbligi va o’rganilish darajasi. O’zbek xalqining ming yillar davomida yaratgan, avloddan-avlodga o’tib kelayotgan ijod boyliklarini to’plash, o’rganish, bu boy xazinalar asosida yosh avlodni ma’naviy boy, axloqiy pok, jismoniy barkamol qilib tarbiyalash bugungi kunnig dolzarb masalalaridan biridir.

Ayniqsa, O’zbekiston mustaqillikga erishgandan so’ng milliy qadriyatlarimiz, an’analarimizga bo’lgan e’tibor yanada kuchaydi. Bu hayotning hamma jabhalarida turli darajada o’zini namoyon eta boshladi, jumladan tarbiyaning asosiy qismlaridan biri jismoniy madaniyatda ham. “Jismoniy tarbiya, - deyiladi O’zbekiston Respublikasinig “Jismoniy tarbiya va sport to’g’risidagi qonuni”da, - O’zbekiston Respublikasining “Jismoniy tarbiya va sport to’g’risidagi qonuni” da, O’zbekiston Respublikasi xalqlar milliy madaniyatining ajralmas qismi, jismoniy va madaniy, ma’naviy kamolatining muhim vositasi” ekanligi ta’kidlanadi

Bu esa yosh avlodni sog’lom va barkamol qilib tarbiyalovchi jismoniy madaniyat oldiga katta ma’suliyatli vazifalar qo’yadi. YOsh avlodni jismoniy baquvvat qilib tarbiyalashga imkon beradigan, ularning jismoniy sifatlarini rivojlantirishiga qaratilgan jismoniy madaniyatini milliylashtirishiga, bunda xalqimizning unitilib borayotgan milliy o’yinlarini to’plash, hayotga-maktabga tadbiq etish, rivojlntirish yo’llari va usullarini qayta ko’rib chiqish zaruriyatini keltirib chiqaradi.

O’zbek xalqining ko’p yillar davomida shakllangan, avlodlariga meros bo’lib qolgan milliy harakatli o’yinlaridan foydalanish mustaqillikka erishgan bugungi kunlarimizda juda ham zarur.

O’zbek xalq milliy harakatli o’yinlarini ilmiy jihatdan tadqiq etish, ularni maktab, bog’cha o’quv dasturlariga kiritish, ijtimoiy-tarbiyaviy

ahamiyatga ega bo’lgan turlarini sport darajasiga ko’tarish jismoniy madaniyat fani oldidagi eng dolzarb muammolardan biriga aylanganligini ko’rsatadi. Shu nuqtai nazardan qaraganda biz tanlagan mavzuning dolzarbligi va muhimligi yaqqol namoyon bo’ladi.



Maktabda jismoniy tarbiya darslarida xalq milliy harakatli o’yinlarini o’tkazish usullarini to’liq egallamagan o’qituvchilar hozircha ko’pchilikni tashkil etadi. Buning ustiga ijtimoiy voqe’lik, pedagogik amaliyot va nazariyot keng omma o’rtasida tug’ilib, rivojlangan xalq pedagogikasining eng yaxshi yutuqlaridan samarali qo’llash, xalq pedagogikasi g’oyalari asosida fikr yuritish o’quv tvrbiyaviy ishning muvaffaqiyatini ta’minlovchi hal qiluvchi omillardan ekanligiga guvoh beradi. SHu bois tadqiqot natijalaridan amaliyotda keng foydalanish mumkin.
Ishning nazariy ahamiyati shundaki, unda asosiy va muhim o’rinni tajriba-tadqiqot ishlari, tahlillar tashkil etadi, maktabda jismoniy tarbiya darslarida o’zbek xalq milliy harakatli o’yinlari vositasida 7-8 yoshli bolalarda pedagogik ta’sirning to’liq, aniq maqsad asosidagi yo’nalishi yaratiladi.



Yüklə 25,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin