Reja: Kirish Buxoro viloyat statistika boshqarmasi tashkiliy tuzilmasi Boshqarmada online amaliyot davomida bajarilgan ishlar va o’zlashtirilgan ko’rsatgichlar hisobotlar Xulosa Foydalanilgan Saytlar kirish


Buxoro viloyati statistika boshqarmasi o`ziga yuklangan vazifalarga muvofiq



Yüklə 50,5 Kb.
səhifə2/3
tarix02.01.2022
ölçüsü50,5 Kb.
#35523
1   2   3
Nurullayev Sherzod Amaliyot hisobot

Buxoro viloyati statistika boshqarmasi o`ziga yuklangan vazifalarga muvofiq

quyidagi funktsiyalarni amalga oshiradi:

    • davlat statistikasi sohasida yagona siyosatni amalga oshirish va statistikani tashkil etishning samarali tizimini ta`minlash borasida:

  • Buxoro viloyatida statistik ma`lumotlardan foydalanuvchilarning talablarini o`rganishni hisobga olgan holda Davlat statistika ishlari dasturiga kiritish uchun takliflar tayyorlaydi;

  • davlat statistikasi tamoyillariga rioya etilishini va xalqaro standartlarga muvofiq bo`lgan statistik metodologiyaning yagonaligini ta`minlaydi;

    • xalqaro standartlarga muvofiq bo`lgan yagona statistika metodologiyasini va davlat statistika kuzatuvlari shakllarini joriy etish sohasida:

  • davlat statistika kuzatuvlari shakllarini joriy etadi va davlat statistika kuzatuvlarini yagona statistika metodologiyasiga qat`iy amal qilgan holda o`tkazilishini ta`minlaydi;

  • statistika axborotlarining tezkorlik bilan qayta ishlanishi va uzatilishini ta`minlovchi yangi axborot-kommunikatsiya resurslari va texnologiyalarini Buxoro viloyati davlat statistikasi organlari faoliyatiga joriy etadi;

  • Buxoro viloyati davlat statistikasi organlari kadrlarining malakasi oshirilishini va qayta tayyorlanishini tizimli asosda ta`minlaydi;

    • statistika axborotlarini yig`ish, qayta ishlash, to`plash, saqlash, umumlashtirish va tahlil qilish sohasida:

  • Davlat statistika ishlari dasturi va Davlat statistika ishlarini ishlab chiqarish dasturining bajarilishini ta`minlaydi;

  • Buxoro viloyatini, uning tuman va shaharlarini, iqtisodiyot tarmoqlari va sektorlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish davlat dasturlarining bajarilishi yuzasidan davlat statistika kuzatuvlarini amalga oshiradi;

  • qog`oz yoki elektron shakldagi davlat statistika hisobotlarini yig`ishni, uy xo`jaliklarini kuzatishni, ro`yxatdan o`tkazishlarni, bir martalik hisobga olishlarni, so`rovlarni va boshqa kuzatuvlarni o`tkazishni Davlat statistika qo`mitasi tomonidan tasdiqlangan shakllar va metodologiyaga qat`iy amal qilgan holda tashkil etadi va ta`minlaydi;

  • Davlat statistika ishlarini ishlab chiqarish dasturida belgilangan makroiqtisodiy ko`rsatkichlarning statistik hisob-kitoblarini amalga oshiradi hamda Buxoro viloyati bo`yicha eng muhim iqtisodiy va ijtimoiy jarayonlar va hodisalarning dastlabki statistik tahlilini olib boradi;

  • statistika va hisobot ko`rsatkichlarining tezkorligi, ishonchliligi, xolisligini, statistika axborotlarning qulayligi, ochiq-oydinligi va oshkoraligini kengaytirish bo`yicha chora-tadbirlari amalga oshirilishini ta`minlaydi;

  • statistika ishlarini tashkil etishning statistika axborotlarini yig`ish, qayta ishlash va umumlashtirish tartibiga davlat organlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarining har qanday aralashuvini istisno qiladigan tizimini yaratish bo`yicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi;

  • olingan statistika ma`lumotlarining maxfiyligini, davlat sirlariga ega bo`lgan statistika ma`lumotlarining himoya qilinishini ta`minlaydi;

  • statistika axborot resurslarining xavfsizligini va davlat statistikasi axborot-hisoblash tizimining ruxsatsiz foydalanishdan himoya qilinishini ta`minlaydi;

  • respondentlarni tasdiqlangan davlat statistika hisoboti shakllari to`g`risida xabardor qiladi hamda respondentlarni belgilangan miqdorda davlat statistika kuzatuvlari shakllarining blankalari, ularni to`ldirish bo`yicha tushuntirishlar bilan bepul ta`minlaydi;

    • belgilangan tartibda statistika ma`lumotlari bilan ta`minlash sohasida:

  • Buxoro viloyati bo`yicha barcha foydalanuvchilarga ochiq statistika axborotini tarqatadi va ulardan foydalanish uchun teng sharoitlar bilan ta`minlaydi;

  • statistika kuzatuvlari va rasmiy statistika ma`lumotlari masalalari bo`yicha axborot-tushuntirish ishlarini olib boradi;

  • qonunchilikda belgilangan tartibda, shartnoma asosida Davlat statistika ishlari dasturida ko`rsatilganlaridan tashqari statistik, tahliliy, axborot va boshqa xizmatlar ko`rsatadi;

    • Korxona va tashkilotlarning yagona davlat registrini va iqtisodiy-statistik tasniflagichlarni yuritish sohasida:

  • tasniflashning yagona tizimi asosida Buxoro viloyatida joylashgan yuridik shaxslarni hisobga olish va identifikatsiyalashni, shuningdek Korxona va tashkilotlarning yagona davlat registrining samarali faoliyat ko`rsatishini ta`minlashda ishtirok etadi;

  • davlat statistika kuzatuvlarida statistik tasniflagichlardan foydalanishni ta`minlaydi va foydalanuvchilarga statistik tasniflagichlar va ularga kiritiladigan o`zgartirishlar to`g`risidagi axborotni belgilangan tartibda taqdim etadi.



Yüklə 50,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin