REja:
1.Kirish
2.Buxoro viloyat statistika boshqarmasi tashkiliy tuzilmasi
3.Boshqarmada online amaliyot davomida bajarilgan ishlar va o’zlashtirilgan ko’rsatgichlar hisobotlar
Xulosa
Foydalanilgan Saytlar
KIRISH
Men olti haftalik online amaliyot davrini Buxoro viloyat statistika boshqarmasi Telegram sahifasi orqali o’zlashtirdim.Hisobotimda Buxoro viloyat statistika boshqarmasi saytlari va telegram sahifasidan o’zlashtirgan ma’lumotlarni statistik hisoblarni va ularni tahlilini yoritishga harakat qildim.Chunki
2.Buxoro viloyat statistika boshqarmasi vazifasi hamda tashkiliy tuzilmasi
Buxoro Viloyati Statistika Boshqarmasi statistika sohasida rivojlanishning milliy va mintaqaviy xususiyatlarini hisobga olgan holda, ilmiy metodologiyaga, xalqaro standartlar va qoidalarga asoslangan yaxlit ilg'or statistika axboroti tizimini yaratishga va uning faoliyat ko'rsatishiga yo'naltirilgan yagona siyosatni amalga oshiruvchi, davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, xo'jalik yurituvchi sub'ektlar, fuqarolar va tashkilotlarning rasmiy statistika axborotlariga bo'lgan ehtiyojini qondiruvchi davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.
Buxoro viloyati statistika boshqarmasi statistika ishlarini tashkil etishni quyidagi printsiplar asosida amalga oshiradi:
Ishonchlilik, xolislik, beg'arazlik;
Dolzarblik, qiyosiylik va barqarorlik;
Qulaylik, ochiq-oydinlik va oshkoralik;
Statistika hisobotini yig'ish, qayta ishlash va umumlashtirish tartibiga har qanday aralashishni istisno etuvchi statistika ishlarini tashkil etish tizimini yaratish.
Quyidagilar Buxoro viloyati statistika boshqarmasining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Statistika sohasida yagona siyosatni ishlab chiqish va amalga oshirish, statistikani tashkil etishning zamonaviy xalqaro statistika standartlariga javob beradigan samarali tizimini ta'minlash;
Ilmiy asoslangan, bozor iqtisodiyoti asosiy printsiplariga javob beradigan yagona statistika metodologiyasini hamda milliy hisoblar tuzishni ta'minlovchi va xalqaro statistika standartlariga muvofiq bo'lgan ko'rsatkichlar tizimini ishlab chiqish va joriy etish;
Jamiyatning iqtisodiy va ijtimoiy hayotida ro'y berayotgan jarayonlarni har tomonlama tavsiflovchi statistika va hisobot ko'rsatkichlarining tezkorligini,haqqoniyligini ta'minlash;
Davlat organlari, fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari, yuridik shaxslar, davlat muassasalari, xalqaro tashkilotlar va jamoatchilikni belgilangan tartibda statistika ma'lumotlari bilan ta'minlash.
Dostları ilə paylaş: |