Reja: Kirish I bob. Bolalar ruhiyatini rivojlantirishning zamonaviy tasavvurlar va metodologiyasi


Bolalar rivojlanishidagi nuqsonlar haqida zamonaviy tasavvurlar



Yüklə 100,55 Kb.
səhifə2/11
tarix18.12.2023
ölçüsü100,55 Kb.
#184172
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Reja Kirish I bob. Bolalar ruhiyatini rivojlantirishning zamona

Bolalar rivojlanishidagi nuqsonlar haqida zamonaviy tasavvurlar
Zamonaviy maxsus psixologiya psixikani kelib chiqishining ijtimoiy tarixiy tomniga asoslanadi. Uning rivojlanishiga bola psixikasini madaniy-tarixiy tajribaga tayanib hayot davomida shakllanishi haqidagi rus psixologi L.S.Vigotskiy fikrlari katta ta’sir ko‘rsatgan.
L.S.Vigotskiyning ko‘rsatishicha oliy psixik funksiyalar tarixiy rivojlanish mahsuli bo‘lib murakkab tuzilishga ega. Ushbu xususiyat ijtimoiy xarakterga ega bo‘lib, u insondagi faqatgaina oliy psixiy funksiyalarnigina emas, balki elementar psixik jarayonlarni, ya’ni fonematik eshituv, ovozlarni eshituvlarni va xokazolarni o‘z ichiga oladi. Psixik faoliyatning murakkab shakllarini yuzaga kelishiga olib keladigan ijtimoiy tajribani tayyor mazmunni o‘zlashtirib olish jarayoni sifatida qarash mumkin emas. Bola tomonidan ijtimoiy tajribani o‘zlashtirish bilim, ko‘nikma, madaniy madaniy malakalarni egallab olishdangina iborat bo‘lmay, shuningdek o‘ziga bolaning shaxsi, ehtiyojlari, motivlarini shakllantirishni kiritadigan chuqur, murakkab jarayondir. Ijtimoiy tajribani egallash bolaning faol faoliyatida, ya’ni– predmetli, o‘quv, muloqot va o‘yin jarayonlarida amalga oshiriladi. Ilk rivojlanish davrilaridayoq bolalarni kattalar bilan o‘zaro muloqatga kirishishida oliy psixik funksiyalarining shakllanishi muhim o‘rin egallaydi. Psixik funksiyalarning rivojanishi bir nechta bosqichlardan o‘tadi, va shundan keyingina ular murakkab psixik jarayonga aylanadi. Psixik faoliyatning barcha murakkab shakllari (ixtiyoriy diqqat, mantiqiy xotira, mavxum tafakkur va h.q.) bilvosita tuzilishga ega bo‘lib, unda nutq bosh rolda keladi. Predmet va xodisalar mavjud emas vaqtda ham ularni o‘rnini so‘z egallaydi va har qanday psixologik jaryonni kechishini ifodalab, uning tuzilishini bir qismi bo‘lib qoladi. Nutq oliy psixik funksiyalarning tuzilishi va amalga oshirishini yangi, yana ham yuqori darajaga ko‘taradi. Oliy psixik funksiyalarni shakllanishing muhim tomoni - simvolik (ramziy) ramziy faoliyatning tashkil topishi, so‘z belgilarni egallashdir. Dastavval belgi tashqi, yordamchi omil sifatida qatnashadi. L.S.Vigotskiy ta’qidlashicha, har bir psixik funksiya o‘z rivojlanishida ikki bosqichni bosib o‘tadi: birinchi “interpsixologik” bosqichda, funksiya insonlar o‘rtasida munosabat o‘rnatuvchi, ikkinchi bosqichda-ichki, intrapsixologik, jarayon sifatida namoyon bo‘ladi.
Oliy psixik funksiyalar yillar davomida shakllanadi. U nutqiy muloqot bilan tug‘ilib, faoliyatning to‘liq ramzi (simvolik faoliyat) bilan tugallanadi. Bolaning psixik rivojlanishi va shaxsini shakllanishi ta’lim va tarbiya jarayonlari bilan uzviy bog‘liqdir. Shunday qilib, oliy psixik funksiyalar psixologiyada murakkab jarayon sifatida ko‘riladi. Oliy psixik funksiyalarni shakllanishida nutq hal qiluvchi rolni o‘ynaydi. Psixofiziologik mexanizmlarni tushuntirish uchun P.K.Anoxinning funksional tizimlar haqidagi konsepsiyasi qo‘llaniladi. A.R. Luriyaning ko‘rsatishicha, funksional tizim bolani tug‘ilish davrida tayyor holda bo‘lmasdan, balki uning psixik funksiyalari predmetlar hamda materiallar bilan o‘zaro munosabatga kirishganida shakllanib boradi.

Funksional tizim - bu bir vazifani bajarish uchun bir qancha anatomik hamda fiziologik tuzilmalarni birlashtiradigan dinamik tuzilma bo‘lib, turli nerv sistemalarida joylashgan. Psixologlar (A.R.Luriya, A.N.Leontev) doimiy ravishda oliy psixik funksiyalarning fiziologik negizi markaziy nerv sistemasi yoki uning alohida qismlari bo‘lib qolmasdan, balki miya qobig‘idagi funksional sistemaning birgalikda ishlashi deb ta’kidlaganlar. Bola hayot faoliyati jarayonida ushbu funksional sistemaning shakllanishi, sekin-astalik bilan murakkab xarakterga ega bo‘lib, funksional bog‘liqlik mustaxkamlanadi. Ushbu ilmiy nizom inson psixikasini rivojlanishi haqidagi tasavvurlarni o‘zgartirdi. Fiziolog va psixologlarning tadqiqotlaridan ko‘rishimiz mumkinki, alohida funksiyalar sistemasining yetilganligi ma’lum bir rivojlanish davrida bir xil emas: ba’zi sistemalar shakllanib bo‘lgan, ba’zilari esa endi shakllanadi. Shunga ko‘ra, funksiyalarning rivojlanish tizimi bir xil emas ekan, deb xulosalash mumkin. Har bir funksional sistema, xatto alohida zonalari o‘zining rivojlanish dasturiga ega, lekin ular bir butunlikda ish olib borishadi. Har bir yosh davrda ma’lum bir funksional sistema yetuklik darajasida bo‘lishi kerak, aks xolda ushbu sistemalar faoliyati o‘zaro aloqadorlikda amalga oshirila olmaydi (L.O.Badalyan). Shunday qilib, psixik jarayonlar va shaxs xususiyatlari bosh miyaning alohida qism yoki zonalarida yetuklik natijasi hisoblanmaydi. Ular ontogenezda to‘planadi hamda bolaning ijtimoiy rivojlanish vaziyatiga bog‘liq bo‘ladi.
L.S.Vigotskiy o‘zidan oldingilarni (G.Ya.Troshin, A.S.Griboedov, E.Segen, M.Montessori va boshqalar) ishlarini umumlashtirdi hamda anomal rivojlanish konsepsiyasini ishlab chiqdi. Ushbu konsepsiyaning asosiga psixologik rivojlanishning madaniy-tarixiy nazariyasi kiradi, buni L.S.Vigotskiy rivojlanishning normal hususiyatlarini o‘rganib ishlab chiqqan. L.S.Vigotskiyning anomal rivojlanish konsepsiyasining asosiy belgilari hozirgi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan. Ular XX asrning 50-90 yillardagi T.A.Vlasova, J.I.Shif, V.I.Lubovskiy, V.V.Lebedinskiy, Ye.M.Mastyukova va boshqa olimlarning ishlarida o‘z rivojini topgan.

Yüklə 100,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin