Reja: kirish I bob. Boshlang’ich sinf o’quvchilarini chiroyli yozishga o’rgatishda husnixat darslarining ahamiyati



Yüklə 164,34 Kb.
səhifə20/22
tarix10.05.2023
ölçüsü164,34 Kb.
#110425
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
f03a0def4cb07b8cb49461b69a2b1b55 BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARINI CHIROYLI YOZISHGA O’RGATISHDA HUSNIXAT DARSLARINING AHAMIYATI

«Akvarium» metodi
Guruhdan ixtiyoriy ravishda 3 kishi tanlab olinadi. Bular sinfning o‘rtasidan joy oladilar - go‘yoki «baliq», qolganlar esa, kuzatuvchi bo‘lishadi. Shu kichik guruhga bir vaziyat taklif etiladi, ular buni 10-15 daqiqa davomida birgalikda muhokama qilishlari, ku- zatuvchilar esa, davradagi o‘rtoqlarining to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri javo- blarini yozib borishlari kerak. Awal «baliqlar» g‘oyasi taklif etila­di, uni kuzatuvchilar muhokama qilishadi, keyin kuzatuvchilar o‘z g‘oyalarini taklif etishadi, shu g‘oyalardan eng yaxshisining muallifi o‘z g‘oyasini taklif etmagan o‘quvchi o‘miga kichik guruhga o‘tadi.
Bu metodni xuddi «Zakovat» nomli о‘yin singari o‘tkazish mumkin, o‘qituvchi oldindan tayyorlab qo‘yilgan savollami beradi, o‘quvchilar bularni 1 daqiqa davomida muhokama qilib, javob berishadi. Javoblar qanoatlanarli bo‘lmasa, stolga boshqa uch nafar o‘quvchi borib o‘tiradi va o‘yin davom etadi.
XULOSA
Оnа tili bоshlаng’ich sinflаrdа аsоsiy o’quv prеdmеti hisоblаnаdi. Кichiк mакtаb yoshidаgi o’quvchilаr tildаn muhim tushunchаlаr sistеmаsini o’zlаshtirаdilаr, nutqqа, o’qishgа, yozishgа оid кo’niкmа vа mаlакаlаrni egаllаydilаr. Bu кo’niкmа vа mаlакаlаr mакtаbdа muvaffaqiyatli o’qishgа zаmin hоzirlаydi. Оnа tilining tаrbiyaviy аhаmiyati judа каttа bo’lib, u o’quvchilаr uchun tаbiаt dunyosini, оdаmiyliк munоsаbаtlаrini, fаn vа mаdаniyatni o’rgаnishgа yo’l оchаdi.Оnа tili o’qitish mеtоdiкаsi mustаqil pеdаgоgik fаndir. Hоzirgi zаmоn o’qituvchisi hаr tоmоnlаmа кеng bilimli bo’lishi, ya`ni аdаbiy til nоrmаlаrini egаllаshi, bоshlаng’ich sinflаrdа оnа tilidаn оlib bоrilаdigаn ishlаr mаzmuni vа sistеmаsini, dаsturini yaхshi bilishi, оnа tili o’rgаtishning nаzаriy аsоslаrini vа tа`lim prinцiplаrini o’zlаshtirishi o’quv ishlаrining аsоsiy usullаrini оlishi vа uni o’z ish tаjribаsidа tаtbiq qilаоlishi, mеtоdiкаning fаn sifаtidа rivоjlаnishining аsоsiy yo’nаlishlаrini, кеyingi yillаrdа bоshlаng’ich tа`lim оnа tili o’qitish mеtоdiкаsi sоhаsidа оlib bоrilgаn tаdqiqоtlаrni vа hаl qilinishi lоzim bo’lgаn muаmmоlаrni tushunib bоrishi lоzim. O’qituvchi tаrbiya ishigа, o’quvchilаrgаоnа tilining bоyligini кo’rsаtаоlishgа mоhir bo’lishi, bоlаlаrning аdаbiy tilgа so’zlаshgааdаbiy nutqni egаllаshgа, кitоbni sеvishgа vа ifоdаli o’qishgа o’rgаtish lоzim. Fаnning аsоsiy bo’limlаri vа ulаrdа o’rgаnilаdigаn muаmmоlаr.
Boshlang`ich sinf ona tili darslarida o`quvchilar bilimini yanada takomilashtirish, til materialini chuqur o`rganish, o`z fikr va mulohazalarini erkin bayon qila olish uchun orfografik malaka va ko`nikmalar muhim ahamiyat kasb etadi. Shunga ko`ra, ona tili darslarida imloviy bilimlarni mustahkamlash ko`p jihatdan orfografik tahlillar bilan olib boriladi. Imloviy mashqlar turli bilim va ko`nikmalarni shakllantirish va rivojlantirishga qaratilgan bo`ladi hamda turli mashqlarni ozlashtirishda, turli xil til materiallarini organishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Ona tili darslarida o’quvchilarning imloviy bilimlarini oshirish, mustaqil va ijodiy fikrlashga yo’naltirish, ularning til materiallarini ongli o’zlashtirishlari uchun sharoit yaratish, ta’lim maqsadiga erishish yo’llarini izlab topish va amalda tadbiq etish sohasida jiddiyroq o’ylab ko’rish vaqti kеlganligining yana bir dalilidir.
Boshlang’ich sinf savod o’rgatish darslarida o’quvchilarning asosiy imloviy bilimlarini oshirish, tahlil usullari, ya’ni ko’chirib yozuv, diktant tahlili, leksik-orfografik, mofologik-orfografik, leksik-sintaktik, analitek-sintetik, sintaktik-orfografik tahlil tularining ifodalanishidan shu narsa ma’lum bo’ldiki, demak tahlilning barcha turlari imloviy tur bilan bog’likligi ayon bo’ldi. Shuning uchun, darsliklarda grammatik qoidalarni yodlatishddan voz kechish, ijodiy tafakkur tarzini shakllantirish, dars mashg’ulotlarini o’quvchilarning imloviy malakalarini yuzaga keltirishga qaratish maqsad qilib olindi.
Fonetika va grammatikadan berilgan bilimlar imlo qoidalarini o’zlashtirish uchun asos bo’ladi. O’rganilgan imlo qoidalarini amaliyotga tadbiq etishga doir mashqlarni izchillik bilan o’tkazib borilishi, bolalar yozganlarini o’zlari tekshirib, xato va kamchiliklarini topa olishlari va ularni to’g’irlay bilishga odatlanishlari lozim.
Biz o’z malakaviy ishimiz nihoyasida quyidagicha xulosaga keldik.
“Yoshlikda olingan bilim toshga o’yilgan naqsh kabidir” – degan edi buyuk allomalarimizdan biri. Shunga ko’ra, boshlang’ich sinfda egallangan bilimni kelgusidagi bilimlar uchun poydevor deb atasak, noto’g’ri bo’lmaydi. Poydevor qanchalik mustahkam bo’lsa, qurilajak imorat ham shunchalik ko’p yil, balki asrlarga ham asqotadi.
Boshlang’ich sinf o’quvchilariga ta’lim- tarbiya beruvchi o’qituvchiga juda ko’p narsa bog’liq bo’ladi. Hozirgi zamon boshlang’ich sinf o’qituvchisi erkin fikrli, keng dunyoqarashli, izlanuvchan, intiluvchan, yangiliklarni tezda ilg’ab oluvchi va innovatsion texnologiyalardan boxabar bo’lishi lozim.Shundagina u ko’zlagan maqsadiga yetishadi.
Ona tili darslarida imloviy bilimlarni takomillashtirishning samarali metod va usullarini tanlay bilish hozirgi kun tilshunoslik ta’lim tizimi oldida turgan eng muhim vazifadir.
O’quvchilarda imloviy bilimni shakllantirishni savod o’rgatish davridanoq boshlagani ma’qul. Chunki, bu bilimlar ta’limning keyingi bosqichlari uchun zarur bo’ladi. Shuningdek, imloga oid tushunchalarni faqatgina ona tili darslarida emas, balki o’qish, matematika, tabiatshunoslik, musiqa, odobnoma va boshqa darslarda ham kerakli o’rinlarda shakllantirib borilsa, ko’zlangan natijaga erishish mumkin.
O’quvchilarning imloviy bilim va tushunchalarini rivojlantirish uchun yangi pedagogik texnologiyalar, interfaol usullardan foydalanish ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Bolaning ongi va tafakkuri endi shakllanib kelayotgan boshlang’ich sinflarda o’qituvchining mahorati, uning zamonaviy texnologiyalarni ta’lim jarayoniga mohirona tadbiq eta olishi, ta’limning yangi-yangi yo’l va usullarini izlashi, ilg’or pedagogik tajribalardan ijodiy foydalana olishi juda muhimdir. Ona tili darslarini yangi pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etish, yangi metodlardan samarali, unumli va o’rinli foydalanish kutilgan natija beradi.
Chunki, yangi pedagogik texnologiyaning har bir ko’rinishi bolani fikrlashga, o’z shaxsiy munosabatlarini izhor qilishga, ijod qilishga undaydi.
Ayniqsa, “Klaster”, “Bumerang”, “Aqliy hujum”, “Dumaloq stol”, “Muammoli vaziyat” kabi yangi pedagogik texnologiyalardan unumli va o’z vaqtida foydalanilsa, maqsadga muvofiq bo’ladi.
O’quvchilarning imloga oid bilimlarini aniqlashda diktant va bayonlarning ahamiyati ham juda katta. Chunki, diktant va bayonlar o’tilgan mavzular yuzasidan olingan bilimlarni yaqqol aks ettirguvchi ko’zgudir.
Tekshiruv diktantlari yozdirayotganda o’qituvchi o’tilgan mavzularga oid, imloga oid tushunchalarni aytib, ogohlantirib o’tishi lozim.
Bayonlar ham o’quvchilarning imloviy bilimlarini mustahkamlashga yordam beradi. Bayonlar, diktantlardan farqli o’laroq, o’quvchilarning so’z boyligini oshirishga, erkin, mustaqil fikrlay olishga, ijodiy faollikni ta’minlashga xizmat qiladi.
Yuqorida sanab o’tilgan omillarni hisobga olgan holda, boshlang’ich sinf o’qituvchilariga quyidagicha tavsiyalar berish mumkin:

  • ona tili darslarida o’quvchilarning imloga oid bilimlarini takomillashtirishning eng maqbul usul va metodlarini ishlab chiqish;

  • fanlararo integratsiyani to’g’ri tashkil etish, ya’ni nafaqat ona tili darslarida, balki matematika, o’qish, musiqa, odobnoma va shu kabi o’quv fanlarini o’tayotganda ham imloga oid tushunchalarni shakllantirib borish;

  • tekshiruv diktantlari va bayonlar vositasida o’quvchilarning imloga doir bilimlarini mustahkamlash, tekshirish, lozim bo’lsa, qo’shimcha darslar tashkil etish;

  • an’anaviy dars o’tish tizimini inkor etmagan holda, innovatsion usullardan foydalanib, darslarni yanada qiziqarliroq , yanada samaraliroq o’tkazish va bu orqali o’quvchilarni bilimga chanqoq, keng dunyoqarashli va erkin fikrlovchi insonlar bo’lib yetishishlariga imkon yaratish;

  • ona tili darslarida o’quvchilarning aylanma daftaridan tashqari, kichik “Imlo lug’ati” daftarini ham tashkil etish, bu daftarda imlosi qiyin va biroz tushunarsiz bo’lgan so’z va iboralarini qayd ettirib borish;

  • o’quvchilarda imloviy bilim va malakalarni hosil qilish uchun, o’z navbatida o’qituvchi ham tinimsiz izlanish, yangiliklardan boxabar bo’lib turish, o’z ustida ishlash, o’quvchilar bilan individual va jamoaviy ishlash, ta’lim yangiliklariga oid turli konferensiya, seminar va yig’inlarda ishtirok etib borishi lozim bo’ladi.

Umuman olganda, o’zbek tilining asosiy imlo qoidalariga rioya qilish, nafaqat o’quvchilarning, balki shu yurt tuprog’ida yashayotgan, jozibali tilimizda biyron-biyron so’zlayotgan har bir fuqaroning burchidir. Imlo qoidalari biz uchun xuddi yo’l belgilaridek bo’lishi lozim. Buning uchun o’quvchilarni bolalikdanoq bilimli, salohiyatli va aqli raso qilib tarbiyalash lozim. Shundagina, har qadamda, bot –bot duch keladiganimiz – imloviy xatoliklarning birmuncha oldi olinardi, deb o’ylaymiz.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI

Yüklə 164,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin