Reja kirish I. Bob. Bozorning iqtisodiy mazmuni


-chizma. Iste’mol tovarlari bozori va resurslar bozori hamda bozor sub’ektlari o’rtasida resurslar, mahsulot va daromadlar harakati



Yüklə 0,73 Mb.
səhifə11/14
tarix04.05.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#107281
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
2023iqtisod

4-chizma. Iste’mol tovarlari bozori va resurslar bozori hamda bozor sub’ektlari o’rtasida resurslar, mahsulot va daromadlar harakati.
Chizmadan ko’rinib turibdiki, uy xo’jaliklari va davlat iqtisodiy resurslarga egalik qilib, ularni resurslar bozoriga etkazib beradi. Korxonalar resurslarga talab bildiradi. Korxonalar resurslarni sotib olishga qilgan xarajatlari resurslarni etkazib beruvchilarning daromadlari (ish haqi, renta, foiz va foyda) oqimini tashkil qiladi.
Uy xo’jaliklari resurslarni sotishdan olinadigan ‘ul daromadlarini sarflash jarayonida son-sanoqsiz ko’’ tovar va xizmatlarga o’zlarining talabini bildiradi. Bir vaqtda korxonalar aynan shu bozorda tovar va xizmatlarni taklif qiladi. Tovar va xizmatlarga iste’molchilik sarflari oqimi korxonalarning ‘ul tushumi yoki daromadini tashkil qiladi.

2.4. Bozor infratuzilmasi va uning unsurlari.




Bozor infratuzilmasi - bu bozor aloqalarini o’rnatish va ularning bir maromda amal qilishga xizmat ko’rsatuvchi muassasalar tizimidir. Unga ombor xo’jaligi, trans’ort, aloqa xizmatlari ko’rsatuvchi korxonalar, tovar va xizmatlar muomalasiga xizmat qiluvchi muassasalar (birjalar, aukstionlar, savdo uylari, savdo-sotiq idoralari va agentliklari kabilar), moliya-kredit munosabatlariga xizmat qiluvchi muassasalar (bank turidagi muassasalar, kreditlash idoralari, sug’urta va moliya kom’aniyalari, soliq idoralari) va ijtimoiy sohaga xizmat ko’rsatuvchi muassasalar (uy-joy va kommunal xizmat idoralari, aholini ishga joylashtirish firmalari) kiradi. Axborot xizmati idoralari ham bozor infratuzilmasining alohida bo’g’inini tashkil qilib, ularga ma’lumotlarni to’’lash, umumlashtirish va sotish bilan shug’ullanuvchi kom’aniya va firmalar kiradi.
Bozor infratuzilmasining bu barcha unsurlari ishlab chiqaruvchilarning savdo-sotiq, moliya-kredit ishlariga, sherik to’ishiga, ish kuchini yollashiga ko’maklashadi, davlatning iqtisodiyotni tartibga soluvchi tadbirlarini amalga oshiradi, ishlab chiqaruvchilar o’rtasida aloqa o’rnatishga yordam beradi. Ularning bir qismi davlat mulkchiligida joylashsa, boshqalari mustaqil muassasa va uyushmalardan iborat bo’lib, ko’rsatgan xizmatlari uchun haq oladi.
Bozor infratuzilmasida tovar (xizmat)lar muomalasiga xizmat ko’rsatuvchi muassasalar muhim o’rin tutishi sababli ularning asosiylarining qisqacha tavsifini beramiz.
Birja - namuna (yoki standart)lar asosida ommaviy tovarlarning muntazam savdo-sotiq ishlarini o’tkazuvchi tijorat muassasalaridir. Tovar birjalaridan farq qilib, fond birjasida qimmatnarx qog’ozlar va chet el valyutalarining oldi-sotdisi amalga oshsa, mehnat birjasi ishchi kuchi egasi bilan uni yollovchi korxona o’rtasida turib, unga bo’lgan talab va taklifni bir-biriga bog’laydi.
Birjaning barcha shakllarida kelishuvning xarakterli belgisi tovar, akstiya va valyuta kurslariga, narxning tebranib turishiga chayqov yo’li bilan ta’sir qilishdir.
Birjada uning qatnashchilari ayirboshlash to’g’risida bitim tuzadi, lekin tovarni etkazib berish va uning haqini to’lash birjadan tashqarida yuz beradi. Bunda tovar egasi va xaridorlar qatnashishi shart emas. Ular nomidan ishni brokerlar (dallollar) yuritadi. Broker (makler)lar - bu tovar, fond va valyuta birjalarida oldi-sotdi bitimlarini tuzishda vositachilik qiladigan shaxs yoki maxsus firma. Ular odatda mijozlar to’shirig’iga ko’ra va uning hisobiga ish yuritadi, kafolat beruvchi hisobiga o’z nomidan savdo bitimlari tuzishi ham mumkin.
Birjaning yana bir xususiyati shundaki, bu erda hali ishlab chiqarilmagan, lekin tayyorlanishi aniq bo’lgan, oldin sotib olinib, egasi ixtiyoriga kelib tushmagan tovarlar ham sotiladi.
Birjalar ixtisoslashgan yoki universal bo’lishi mumkin. Ixtisoslashgan birjalarda ayrim turdagi yoki bir guruh tovarlar, universal birjalarda har xil tovarlar sotiladi.

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin