Ortuqiylar (1102-1408). Ortuqiylar do‘gar degan o‘g‘uz qabilasining sardori Ortuq ibn Aqsabning avlodlaridir. Ortuq ibn Aqsabning nomi manbalarda birinchi marta uning Onado‘lida vizantiyaliklarga qarshi olib borgan urushi munosabati bilan tilga olinadi; keyin uning ismi Saljuqiy sulton Malikshoh tomonidan Bahrayn, Suriya va Xurosonda saltanat hududlarini himoya qilish uchun yuborilgan turkman beklarining ismlari qatorida uchraydi15. U o‘z faoliyatini Falastinning noibi sifatida tugatgan, ammo uning o‘g‘illari bu yerda Fotimiylar va salbchilarga qarshi dosh berolmay, Diyorbakrdagi Mardin hamda Hisn Kayfa tevaraklariga joylashdilar. Bu hududdagi Saljuqiylarning mulki asta-sekin El-G‘oziy ibn Ortuqning qo‘liga o‘tdi. Edessada faranglarga jiddiy qarshilik ko‘rsatdi, 515/1121 yilda esa u Mayyafarikinni ham ishg‘ol qildi. Shu paytdan boshlab sulola ikki asosiy urug‘ga bo‘linib ketdi; El G‘oziyning avlodlari Mardin va Mayyafarikinda hukmronlik qildi; uning ukasi So‘kmanning avlodlari esa Hisn Kayfada, keyinchalik Omidda hukm surdi; Xartpert (Xreput)da esa, yana bir kichik urug‘ hukmronlik qilgan.
Turkmanlar rosmana o‘zlashtirib olgan hududda vujudga kelgan turkman sulolasining Ortuqiylar davlati ko‘pgina o‘ziga xos turkman sifatlarini saqlab qolgan edi (masalan, ularning unvonlari va ismlarida g‘oziyni ifodalovchi tiyaik turkmancha alp, alpi kabi atamalar bor edi). Turkman odatlariga amal qilgan Ortuqiylar, aftidan, ayni chog‘da Diyorbakr aholisi orasidagi ko‘p sonli nasroniylarning ham xayrixoxligini qozongan ko‘rinadilar.
Zangiylarning ko‘tarilishi Ortuqiylarga bosqinchilik rejalarini amalga oshirishga xalaqit berdi. Ular Nuruddinga vassal bo‘lib qolishga majbur bo‘ldilar. Ayyubiylar esa ulardan Hisn Kayfa, Omid va Mayyafarikinni tortib olib, Ortuqiylar hokimiyatini butunlay yo‘qqa chiqardilar. XIII asrda Ortuqiylar bir necha muddat Rumdagi saljuqiylar va xorazmshoh Jaloluddin Mankburniga qaram bo‘ldilar.
Oqibatda Mardindagi urug‘gina saqlanib qoldi, chunki Qora Arslon al-Muzaffar mo‘g‘ul xoni Huloguga tobe bo‘lgan edi. Sulola yana bir yarim asrdan keyin tugadi. Bu Temuriylarning bostirib kirishlaridan keyin sodir bo‘lgan turkman bosqinlarining yangi to‘lqini bilan bog‘liqedi. So‘nggi Ortuqiylar turkman qabilasi Qora Qo‘yunlilar ittifoqi orasida qolib ketdi va 811/1408 yilda ortuqiy as-Solih Mardvinni Qora Quyunlilar sardori Qora Yusufga topshirishga majbur bo‘ldi.
Bu urug‘ning mulklari Qora Quyunlilar tomonidan bosib olindi
Zangiylarning (1127-1222) otasi turkiy g‘ulom Oq So‘nqur 479/1086 yildan 487/1094 yilgacha Halabda hukmronlik qilgan saljuqiy Malikshohning lashkarboshisi edi. Zangiy so‘zining kelib chiqishi aniq emas. Ehtimol, u arabcha zind, zanji («qora» ma’nosida) bilan bog‘liqbo‘lsa ehtimol. Ammo u turkiy so‘z ham bo‘lishi mumkin. Sulton Mahmud 521/1127 yilda Zangiyni Mosulning hokimi va ikki o‘g‘liga otabek qilib tayinladi. Saljuqiy sultonligining g‘arbdagi beqaror vaziyati va boshqa otabeklarning o‘z oldiga qurib olgan huqumatlarining ko‘plab paydo bo‘lishi Zangiylarning ko‘tarilishini osonlashtirdi. Zangiyning asosiy tayanch nuqtasi buyagan Mosul al-Jazira orqali g‘arbdagi Suriyaga va Shimoldagi Kurdistonga siljishga yaxshi imkoniyat tug‘dirdi. Zangiy bir necha marta hujum qilib sapjuq sultonining jig‘iga tegdi va mahalliy arab hamda turkman amirlari bilan ham to‘qnashdi. U, shuningdek, vizantiyaliklar va faranglar bilan ham jang qildi, 539/1144 yilda esa graf Joslen II dan Edessani tortib olib, sunniylar dunyosida shuhrat topdi.
Zangiy vafot etgach, uning mulklarini o‘g‘illari bo‘lib olishdi: Nuruddin Mahmud otasining Suriyada bosib olgan yerlarini egalladi, Sayfuddin G‘oziy 1 ga esa al-Jaziradagi yerlar tegdi. Keyinroq Sinjarda bu sulolaning uchinchi urug‘i taxminan ellik yil mobaynida mustaqil hukmronlik qildi. Nuruddinning Suriya va Falastinda faranglar va inqirozga yuz tutgan Fotimiylarga qarshi yurgizgan siyosati Saladinning faoliyati va Ayyubiylar saltanatini barpo etish uchun zamin hozirladi. Zangiylarning Suriyadagi urug‘i keyinchalik Mosuldagi urug‘ga singib ketdi. Diyorbakr va al-Jazirada Ayyubiylarnnng bosqinchilik harakatlari muqarrar tarzda ular bilan Zangiylarning to‘qnashuviga olib keldi. Saladin 578/1182 va 581/1185 yillarda ikki marta Mosulni egallashga urinib ko‘rdi, ammo bu urinishlar behuda ketdi. Shunga qaramasdan, Mas’ud ibn Maudud yon berishga majbur bo‘lib, Ayyubiylarga qaramligini tan oldi.
Mosulda hokimiyat tepasiga Arslonshoh I ning sobiq quli, Arslonshoh vafotidan keyin muvaqqat hokim bo‘lgan Badruddin Luluning kelishi bilan Zangiylar hukmronligi tugadi. So‘nggi zangiy Nosiruddin Mahmud vafot etgach, Lulu Mosulning otabegi bo‘lib, maliku-r-rahiym degan unvonni qabul qildi va Mosulda vafotiga qadar (657-1259) hukmronlik qildi. U mo‘g‘ullarning bostirib kirishi arafasida vafot etdi.