Reja: Kirish I bob. Pandemiyaning iqtisodiyotimizga ta’siri



Yüklə 59,47 Kb.
səhifə2/7
tarix02.06.2023
ölçüsü59,47 Kb.
#124091
1   2   3   4   5   6   7
Kurs ishining maqsadi – men o’z kurs ishimda bugungi kunda dolzarb muammoga aylangan koronavirus pandemiyasi davrida yurtimizda amalga oshirilgan chora tadbirlar, aholini ijtimoiy-moddiy jihatdan qo’llab quvvatlash uchun qilingan sa’y-harakatlar haqida yoritib berishga harakat qildim.Bu kurs ishida men pandemiya vaqtidagi yurtimiz va jahonda amalga oshirilgan va aholini qo’llab quvvatlash uchun amalga oshirilgan ishlar haqida yoritib berishni maqsad qildim.
Kurs ishining tuzilishi – kirish,ikki bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’yhatidan iborat bo’lib ja’mi __ sahifani tashkil etadi.

I bob.Pandemiyaning iqtisodiyotimizga ta’siri.
1.1.Pandemiya sharoitida mamlakatimiz iqtisodiyotining o’zgarishi.
2020 yil 10 aprel kuni Toshkent davlat sharqshunoslik institutida “Pandemiya sharoitida aholini ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy himoyalash” mavzusida Yosh olimlar kengashining kengaytirilgan tarkibdagi onlayn ilmiy-nazariy seminari o‘tkazildi.
“Zoom” platformasida onlayn formatda tashkil etilgan ushbu ilmiy-nazariy anjumanda Toshkent davlat sharqshunoslik instituti, shuningdek, respublikamizning turli oliy ta’lim hamda ilmiy tadqiqot muassasalari professor-o‘qituvchilari, tadqiqotchilari, shuningdek, magistratura va bakalavriat talabalari ishtirok etdi.
TDShI rektori G.Sh.Rixsieva koronavirus pandemiyasi davrida oliy ta’lim va ilmiy tadqiqotlar sohasida professor-o‘qituvchilar, yosh olimlar va tadqiqotchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar haqida zikr etib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev tomonidan amalga oshirilayotgan aholi, iqtisodiyot tarmoqlari va tadbirkorlik sub’ektlarini qo‘llab-quvvatlash hamda ularning barqarorligini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarning mazmun-mohiyatini alohida qayd etdi.
Yosh olimlar kengashi raisi PhD, dosent D.Sayfullaev hozirgi sharoitda ilmiy tadqiqot ishlarining raqamli texnologiyalar bilan uyg‘unlashuvi, oliy ta’limning masofaviylashuvi, ilmiy tadqiqotlarda innovasion yondashuvlar muhim ahamiyatga molikligini takidladi. Tadbir davomida institut doktoranti Sh.Po‘latov so‘zga chiqib, pandemiya sharoitida dunyo davlatlarida, shu jumladan, O‘zbekistonda masofaviy ta’lim va ilmiy tadqiqotlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda muammolar haqida batafsil ma’lumotlar berdi.
Shuningdek, institutda iqtisodiyot nazariyasi ixtisosligi bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borayotgan tadqiqotchi D.Salaev davlatimiz Rahbari tomonidan qabul qilingan O‘zbekiston aholisini pandemiyaning salbiy ta’siridan himoyalash hamda ijtimoiy-iqtisodiy qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan qarorlar va chora-tadbirlarni atroflicha sharhlab berdi. O‘z navbatida, siyosatshunos tadqiqotchi O.Alimov global miqyosda koronavirus tarqalishining dunyo siyosatiga ta’siri va post-pandemiya xalqaro munosabatlarining shakllanishi borasidagi tahliliy fikr-mulohazalarini taqdim etdi.
Ilmiy seminarda ekspert sifatida ishtirok etgan institut yetakchi professor-o‘qituvchilari s.f.d., prof. S.A.Jo‘raev, s.f.n., dos. I.N.Bekmuratov yosh olimlar tomonidan bildirilgan fikr-mulohazalarni ilmiy tahlil qilib, o‘z xulosalari va tavsiyalarini berishdi. Xususan, ularning nuqtai nazaricha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev tomonidan pandemiya sharoitida aholi turmush tarzini keskin pasayib ketishining oldini olishga qaratilgan maqsadli chora-tadbirlarning o‘z vaqtida va zudlik bilan qabul qilingani natijasida mamlakatimizda koronvirus tarqalishi darajasini jilovlab olish imkoniyati yaratildi.Shuningdek, tadbir yakunida O‘zbekistonda masofaviy ta’limning yo‘lga qo‘yilishi, rivojlangan davlatlarning bu boradagi tajribasi borasida ham to‘xtalinib, yosh olimlarning raqamli ta’lim va an’anaviy ta’limning o‘ziga xos xususiyatlari hamda ularni milliy manfaatlarimiz nuqtai nazaridan kelib chiqqan holda rivojlantirish borasidagi mulohazalari atroflicha tahlil qilindi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi YaIM joriy yilning 1-choragida 4,1% ga o‘sdi (o‘tgan yilning shu davrida 5,3%). Tashqi savdo aylanmasi 10,2% ga kamaydi. Ammo bu ko‘rsatkichlarda karantin choralarining qo‘llanilishi ta’siri minimal bo‘ldi. Chunki koronavirus birinchi chorak tugashiga ikki hafta qolganida aniqlandi va karantin tadbirlari 16 martdan 6 aprelgacha mamlakat bo‘ylab bosqichma-bosqich joriy etildi.Agar tashqi savdo aylanmasi yil boshidan buyon Xitoy va Yevropada epidemiya ta’sirida salbiy ta’sir ko‘rsatgan bo‘lsa, unda barcha savdo ob’yektlarini yopish (oziq-ovqat do‘konlari va bozorlardan tashqari), umumiy ovqatlanish va xizmatlar, mamlakat ichidagi transportda qat’iy cheklovlar va boshqa mamlakatlar bilan avto, havo va temir yo‘l aloqalarining to‘xtatilishi ichki talabning pasayishiga olib keldi.Ichki talabni qo‘llab-quvvatlash uchun 14 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki qayta moliyalash stavkasini 16% dan 15% ga tushirdi. Bu so‘nggi 5 yil ichida qayta moliyalash stavkasining ilk marta pasaytirilishi bo‘ldi. Birinchi chorakda YaIM o‘sishining pasayishi ham o‘tgan 3 yil mobaynida O‘zbekiston iqtisodiyoti jahon iqtisodiyotiga yanada faol integratsiyalashganini ko‘rsatdi. So‘nggi yillarda xizmat ko‘rsatish sohasining yuqori ko‘rsatkichlarda o‘sib borishi YaIM tuzilmasidagi ulushini ham oshishiga olib keldi.
O‘zbekiston Respublikasi davlat statistika qo‘mitasining hisobotiga ko‘ra, 2019 yil yakunlariga ko‘ra YaIMda xizmatlar 35,5%, sanoat 30%, qishloq xo‘jaligi 28,1%, qurilish 6% ni tashkil etdi.Demak xizmat ko‘rsatish sohasidagi og‘ir vaziyat iqtisodiy o‘sish sur’atlariga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi.Xalqaro mehnat tashkiloti kichik biznesda va o‘zini o‘zi band qilgan aholini, ayniqsa, norasmiy iqtisodiyotda ishlayotganlarni himoya qilish uchun shoshilinch va muhim siyosat choralarini ko‘rishga chaqirmoqda].
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining rasmiy ma’lumotlariga ko‘ra bugungi kunda O‘zbekiston mehnat bozorida 13,5 mln kishi band bo‘lib, ulardan 5,7 mln kishi rasmiy va 7,8 mln kishi norasmiy sektorda, shu jumladan, 2,6 mln kishi mehnat migranti sifatida mehnat qilmoqda.Jahon banki tomonidan berilgan ma’lumotlarga ko‘ra Covid-19 pandemiyasi va qo‘llanilgan karantin choralari ta’sirida yuzaga kelgan iqtisodiy inqiroz tufayli, pul o‘tkazmalarining umumiy hajmi 20%ga keskin tushadi. O‘zbekistonlik mehnat muhojirlari sonidan kelib chiqadigan bo‘lsak bu ko‘rsatkich 500 mingdan ko‘proq kishi koronavirus pandemiyasi ta’sirida doimiy ish joylariga ketolmay qolish ehtimoli yuqori.Aksariyat hollarda norasmiy sektorda bandlar ko‘rsatkichi qishloq joylarida ko‘proq bo‘lishi hududlar kesimida tahlil qilinganda ham ko‘rinib turibdi.
O‘zbekiston Davlat byudjetining 2020 yil I chorakdagi daromadlari 28,5 trln so‘m yoki o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 5,4 trln so‘mga ko‘proqni tashkil etdi. Byudjet daromadlari tarkibida 2020 yil I choragida soliq tushumlari 23,8 trln so‘mni tashkil etdi. Ular o‘tgan yilning I choragi bilan solishtirganda 5,3 trln so‘mga ko‘paygan. Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha mintaqalararo inspeksiya to‘liq faoliyat yurita boshladi va 15,4 trln so‘m yoki soliq organlari tomonidan ma’muriylashtiriladigan barcha daromadlarning 65 foizi yig‘ilishini ta’minlab berdi.Davlat byudjetining xarajatlari ijrosi.Davlat byudjetining 2020 yil I chorakdagi xarajatlari 27,661 trln so‘mni yoki jami yillik tasdiqlangan xarajatlarning 21,1 foizini tashkil etdi. Shundan, respublika byudjeti xarajatlari 18,153 trln so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, mahalliy byudjetlar orqali 9,508 trln so‘mlik xarajatlar moliyalashtirilgan.
Ijtimoiy soha xarajatlari.
Hisobot davrida ijtimoiy xarajatlarni moliyalashtirish uchun Davlat byudjetidan 15,550 trln so‘m yoki umumiy xarajatlarning 56,6 foizi miqdorida mablag‘ sarflandi.
Ijtimoiy xarajatlarning o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sishi 18,5 foizni tashkil etdi.Ijtimoiy xarajatlarning asosiy qismini tashkil etgan ta’lim tizimi muassasalarini saqlash va ularni rivojlantirish xarajatlariga Davlat byudjetidan 7,961 trln so‘m mablag‘ ajratildi. Shundan maktabgacha ta’lim muassasalarini saqlash xarajatlari uchun Davlat byudjetidan 1,426 trln so‘m (o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 450,5 mlrd so‘m yoki qariyb 1,5 baravarga ko‘p), jumladan oziq-ovqat sotib olish xarajatlariga 162,6 mlrd so‘m (o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 53,6 mlrd so‘mga yoki 1,5 baravarga ko‘p) mablag‘lar ajratilgan.Xususan, nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalariga amalga oshirgan xarajatlarini qisman qoplash uchun 134,5 mlrd so‘mlik subsidiyalar (2019 yil 1 choragida 6,9 mlrd so‘m) ajratilgan. Ilm-fanni rivojlantirishga hisobot davrida 150,0 mlrd so‘m yoki ijtimoiy sohaga ajratilgan mablag‘larning 1 foizi miqdorida mablag‘ ajratildi (2019 yil I choragida — 0,3 foiz). Sog‘liqni saqlash sohasiga Davlat byudjetidan yo‘naltirilgan mablag‘lar miqdori 3,883 trln so‘m yoki o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1084,4 mlrd so‘mga (1,4 baravarga) ko‘p mablag‘lar ajratilgan. Ajratilgan mablag‘ning jami Davlat byudjeti xarajatlaridagi ulushi 14 foizni (2019 yilda — 11,6 foiz) tashkil etdi. Jumladan, dori-darmonlar xarid qilish xarajatlariga 252,2 mlrd so‘m (2019 yilda — 189,9 mlrd so‘m) ajratilgan.
Bundan tashqari joriy yilning I choragida, sog‘liqni saqlash sohasiga tashkil etilgan “Inqirozga qarshi kurashish” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 343,6 mlrd so‘m mablag‘ ajratilganini ham alohida ta’kidlash o‘rinli, deyiladi sharhda. Ushbu mablag‘lar quyidagi tadbirlarni amalga oshirish uchun yo‘naltirildi:

  • Qoraqalpog‘iston respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlariga sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik markazlariga karantinda saqlanayotgan fuqarolarni saqlash, jamoat joylarini dezinfeksiya qilish va epidemik holati bilan kurashish bo‘yicha boshqa tadbirlarga 82,7 mlrd so‘m;

  • Sanitariya — epidemiologiya osoyishtalik agentligiga shaxsiy himoya, dezinfeksiya, izolyasiya vositalari, test (PSR) diagnostikumlari, tibbiy texnika vositalarini xarid qilish uchun 123,5 mlrd so‘m;

  • Toshkent viloyatining Yuqori-Chirchiq tumanida aholini vaqtinchalik karantinda saqlash majmuasi va Zangiota tumanida maxsus shifoxona qurilishi hamda Toshkent shahrida zamonaviy diagnostika laboratoriyasi kompleksini rekonstruksiya qilish uchun 107,4 mlrd so‘m;

  • O‘zbekiston Respublikasi kasaba uyushmalari Federatsiyasi kengashiga kam ta’minlangan xotin-qizlarni qo‘llab quvvatlash uchun 30 mlrd so‘m.

Madaniyat va sport sohasiga Davlat byudjetidan 2020 yilning I choragida yo‘naltirilgan mablag‘lar miqdori 541 mlrd so‘mni tashkil etib, ushbu xarajatlarning 249,2 mlrd so‘mi madaniyat sohasi, 291,8 mlrd so‘mi sport sohasi hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.
2020 yil 17 sentyabr kuni Toshkent shahrida BMT Taraqqiyot dasturi tomonidan Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi xamda Jahon bankining O'zbekistondagi vakolatxonasi hamkorligida "COVID-19 pandemiyasi sharoitida O'zbekistonda raqamlashtirish istiqbollarini aniqlash" mavzusidagi xalqaro davra suhbati bo'lib o'tdi. Milliy va xalqaro raqamli soxa mutaxassislarini birlashtirgan onlayn-tadbir O'zbekistonda raqamli sektorni jamiyat manfaati uchun yanada rivojlantirishga qaratildi.
O'zbekistonning raqamli transformatsiyasining ijobiy ta'siri COVID-19 pandemiyasi paytida yaqqol sezilgan bo'lsa-da, takomillashtirishning bir qancha yo'nalishlari aniqlandi. Internetga ulanish butun O'zbekiston bo'ylab notekis bo'lib, raqamli iqtisodiyotning milliy yalpi ichki mahsulotdagi ulushi atigi 1,8 foizni tashkil etadi. 700 ta davlat axborot tizimining 70% elektron hukumat platformasi bilan birlashtirilmagan va faqatgina 27 ta davlat idoralari Milliy davlat xizmatlarini ko'rsatish tizimi orqali xizmat ko'rsatadi.
Davra suhbati COVID-19 pandemiyasining O'zbekistondagi raqamlashtirish jarayoni nuqtai nazaridan olib kelgan foydalari va muammolari haqida fikr yuritish, shuningdek, pandemiya paytida va undan keyin yuzaga keladigan muammolarni hal qilish uchun jamiyat, hukumat va biznes vakillari tomonidan raqamli texnologiyalardan foydalanish usullarini aniqlash uchun imkoniyat yaratdi. Muhokamalarda 2017 yildan buyon O'zbekistonning raqamli rivojlanish sohasidagi yutuqlari sarhisob qilindi, raqamli texnologiyalarning COVID-19ga javob berishdagi o'rni ko'rib chiqildi (ulardan Buyuk Britaniya, Estoniya va Singapurda foydalanish bilan taqqoslaganda), shuningdek keng ko'llamli raqamli iqtisodiyotni kengaytirish imkoniyatlari o'rganildi bu yo'nalishda qanday katalizatorlar va yordam safarbar etilishi mumkinligini hisobga olgan holda O'zbekistonni o'zgartirish, yanada rivojlantirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Tadbirda "O'zbekistondagi raqamli rivojlanish: dolzarb taraqqiyot va rivojlanish yo'li" xamda "COVID-19 ga raqamli munosabat: O'zbekiston va xorijiy tajriba" mavzularida ikkita tematik mashg'ulotlar o'tkazildi, o'zaro fikr almashildi. Ushbu tadbir natijasida O'zbekistonning raqamli transformatsiyasini kengaytirish bo'yicha tavsiyalarni o'z ichiga olgan tahliliy ma'ruza, shuningdek raqamli transformatsiya bilan bog'liq masalalarni muhokama qilish uchun tegishli tomonlar va idoralar o'rtasida muloqotni ta'minlash mexanizmi to'g'risidagi rasmiy xujjat yaqin orada taqdim etiladi.


Yüklə 59,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin