Reja: kirish I. Bob. Sanoat korxonalarning ishlab chiqarish xarajatlari tushunchasi


Korxonaning iqtisodiy ko`rsatkichlari taxlili



Yüklə 0,51 Mb.
səhifə5/11
tarix17.06.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#131823
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
«Sanoat ishlab chiqarishni tashkil etish» kafedrasi «Mikroiqtiso

1.2.Korxonaning iqtisodiy ko`rsatkichlari taxlili.
KOMPANIYA NOMI
«UZAUTO MOTORS» aksiyadorlik jamiyati
ZAVOD:Umumiy maydoni / Ishlab chiqarish maydoni - Asaka : 72ga / 192 ming kv. m.; Xorazm: 35 ga / 20 ming kv. m.; Toshkent: 5 ga / 13 ming kv. m.
Andijon viloyati (Farg’ona vodiysi), Asaka shahrida joylashgan.
FILIALLARI:
Toshkent shahrida, Xorazm viloyati, Pitnak shahri.
ISHLAB CHIQARISH QUVVATI:
«UZAUTO MOTORS» AJ, Asaka shahri - 300 ming avtomobil.
«UZAUTO MOTORS» AJ filiali, Pitnak shahri 60 ming avtomobil;
«UZAUTO MOTORS» AJ filial, Toshkent shahri 10 ming avtomobil;
MAHSULOTI:
Hozirgi paytda «UZAUTO MOTORS» AJ tomonidan «Chevrolet» va «Ravon» brendlari ostida Spark (R2), Nexia (R3), Cobalt (R4), Lacetti (Gentra), Damas, Labo, Malibu, Tracker, Equinox, Trailblazer, Traverse va Tahoe kabi avtomobil modellari haridorlarga etkazib berilmoqda.
UZAUTO MOTORS YETKAZIB BERUVCHILARI:
100 dan ortiq, shu jumladan sub-etkazib beruvchilar. Asosiylari - «GM Powertrain Uzbekistan», «Uz SeMyung», «Uz Koram»,«Uz Koje» «Avtokomponent», «Uz Dong Yang», «Uz Hanwoo», «Uz Dong Won Ko», «Uz Dong Ju Paint», «Uz Tong Hong Ko», «Uz Chasis»,«Uz Sangwoo», «O`zAuto Austem», «Uz Minda», «Jizzax Akkumulyator Zavodi», «Uzeraealternator», «Uzerae Climate Control», «Uzeraeacable», «Uz Hanwoo Engineering», «Kwangin Autosystems», «Avtooyna» va boshqalar.
XODIMLARI:
«UZAUTO MOTORS» AJ xodimlarining soni 2020 yil 1 aprel oyiga kelib, 10 000 kishidan ortiqni tashkil etadi.
«JAMIYAT FAOLIYATINING MAQSADI AVTOMOBILLARNI ISHLAB CHIQARISH, YIG'ISH VA SOTISH ORQALI FOYDA OLISHDAN IBORAT». JAMIYAT FAOLIYATINING PREDMETI:

  • - avtomobillarni ishlab chiqarish, yig'ish va sotish;

  • - avtomobil detallarini va extiyot qismlarni ishlab chiqarish va sotish;

  • - eksport va import operatsiyalarini, hamda vositachilik amaliyotlarini amalga oshirish;

  • - marketing;

  • - injiniring xizmatlarini ko'rsatish;

  • - qarz berish, shu jumladan Uchinchi shaxslardan va davlat organlaridan qarz olish;

  • - yuqorida ko'rsatilgan maqsadlarga erishishi uchun zarur bo'lgan Qonunchilikda ruxsat etilgan boshqa har qanday faoliyat turlarini amalga oshirish.

"O’zDEUavto kompaniyasi - O`zbekiston avtomobil sanoatining yetakchi va to`ng’ich korxonasi. Korxona O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov tashabbusi bilan qurilgan. Zavodning ishga tushirilishi tufayli O`zbekiston jahonda o`z avtomobil sanoatiga ega bo`lgan 28 mamlakat qatoridan o`rin oldi. Asaka avtomobil zavodi Andijon viloyatining Asaka shahrida 1994-1996-yillarda qurilgan. Avtomobil zavodi o`rta klassdagi dvigateli sig’imi 1500 sm.kub bo`lgan "Neksiya, o`ta kichik klassdagi yonilg'i kam sarflovchi, dvigateli sig’imi 800 sm.kub "Tiko yengil avtomobillari hamda furgon tipidagi yetti o`rindiqli, dvigateli sig’imi 800 sm.kub bo`lgan "Damas miniavtobuslarni ishlab chiqara boshladi. "Damas miniavtobuslari 1996-yil 25 martdan, "Tiko 1996-yil iyun oyining o`rtalaridan, "Neksiya avtomobili esa 1996-yil iyul oyining o`rtalardan ishlab chiqarila boshlandi. Uning barcha uskuna va jihozlari Koreya, Yaponiya, Germaniya, Shvetsiya, Italiya mamlakatlarida ishlab chiqarilgan ilg’or avtomatika va texnologiyalardan iborat. Muassislari: O`zR hukumati nomidan "O`zavtosanoat uyushmasi va Koreya Respublikasining "DEU korporatsiyasi. Aksiyalari hissasi 50% ga 50% bo`lib, investitsiyalarning umumiy hajmi 650 mln. AQSh dollariga teng bo'lgan. Kompaniyani tuzish to`g’risidagi Ta'sis shartnomasi 1992-yil 29-avgustda imzolangan, zavod qurilishi esa 1994-yil boshlarida boshlangan. 1996-yil 19-iyulda zavodning tantanali ochilish marosimi bo`lib o`tdi. Qo`shma korxonaning umumiy maydoni hududi 55 ga. Asosiy sexlar yagona binoda joylashgan. Binoning umumiy maydoni 16 ga ni ishg’ol qiladi. Binoning tepa qismlarida ham avtomat boshqaruvidagi ulkan konveyrlar ishlab turadi. Avtomobil yaratishning dastlabki jarayoni asosan bosma (press) sexidan boshlanadi. Janubiy Koreyadan keltirilgan metall o`rami (avtostal)dan shu sexda avtomobil "bichiladi. Buni Yaponiyaning "Komaku firmasining 500, 800, 1000 t li presslari bajaradi. Mashinalar konveyrlari payvandlash sexiga o`tadi. Bu sexda ishni asosan Shvetsiyadan keltirilgan robotlar bajaradi. Robotlarni bir necha ishchi kompyuter orqali boshqaradi. Mashinalar bo`yash sexiga tushib, bo`yalib chiqadi, so`ng yig’uv sexiga o`tadi. Bu sexda mashina detallari joy-joyiga qo`yiladi. Tayyor bo`lgan avtomobillar sinalib, zavod eshigidan chiqariladi. Toshkent shahrida avtomobillarni sotish va sotuvdan keyin xizmat ko`rsatish vakolatxonasi faoliyat ko`rsatadi. Moskva, Sankt-Peterburg, Qozon, Yekaterinburg, Tyumen, Novosibirsk, Minsk, Bishkek, Chimkent, Krasnodar kabi shaharlarda mintaqaviy vakolatxonalari va sho'ba korxonalari ochilgan.
Qo`shimcha ma`lumot

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin