Himoya taktikasi
Himoyadagi taktik harakatlarning asosiy maqsadi – raqibning hujum harakatlarini bartaraf etish va unga qarshi turishdan iborat.
Himoyadagi taktik harakatlarga jamoa, guruh va yakka tartibdagi harakatlar kiradi. Jamoali taktik harakatlar o‘yinda jamoaning himoyadagi harakatlari uchta asosiy vaziyat bilan ifodalanadi: o‘yinga kiritilgan to‘pni qabul qilish; hujum zarbasini (harakatini) yoki to‘siqdan qaytgan to‘pni qabul qilish; hujum qilayotgan o‘yinchini himoyalash. Jamoa harakatlarining mazmuni quyidagi asosiy omillar: raqib jamoasi hujum harakatlarining xususiyatlari; o‘yinchilarning o‘yin mahoratlari; o‘yin xususiyatidan kelib chiqib navbatdagi harakatlarni amalga oshirish bilan belgilanadi.
Zamonaviy voleybolda jamoa o‘z himoya taktikasini burchagi oldinga (9 a-rasm) va burchagi orqaga (9 b-rasm) tizimi asosida tashkil qiladi.
a b
9-rasm.
Yuqorida sanab o‘tilgan omillar va o‘yin vaziyatidan kelib chiqib, maqbul bo‘lgan himoya taktikalaridan birini qo‘llashi kerak bo‘ladi. Quyida ushbu taktik usullarni va uning variantlarini ko‘rib chiqamiz.
O‘yinga kiritilgan to‘pni qabul qilishda o‘yinchilarning maydon bo‘yicha joylashuvi asosan ikki variantda bo‘ladi: chiziqli va pog‘onalar bo‘yicha. Chiziqli variantdan (10 a-rasm) barcha o‘yinchilar to‘pni qabul qilish malakasiga ega bo‘lganda va hujumda murakkab bo‘lmagan kombinatsiyalarni uyushtirish rejalashtiril-ganda foydalaniladi.
a b
10-rasm
Bu variantda o‘yinchilar maydon bo‘ylab bir tekisda joylashadilar. Bunda raqibning to‘p uzatishidagi quyidagi taktik xususiyatlarni hisobga olish zarur:
a) maydonda joy tanlash (to‘rdan qancha masofada joylashish);
b) raqib tomonidan o‘yinga kiritilgan to‘pning turli kuchlanishdagi navbatlashuv ehtimoliga;
v) o‘yinchilar orasiga berish ehtimoliga;
g) to‘r yoniga chiqayotgan bog‘lovchiga to‘p yo‘llash ehtimoli.
Zamonaviy voleybolda ko‘p hollarda o‘yinchilarning pog‘ona bo‘ylab joylashuvi kuzatiladi. Bunda o‘yinga kiritilgan to‘pning malakali voleybolchilar tomonidan qabul qilinishiga va hujum harakatlarining samarali tashkil etilishiga imkon yaratiladi.
Agarda 3-zonadagi o‘yinchi to‘pni yaxshi qabul qilish, 4-zonadagi o‘yinchi esa yaxshi hujum qilish mahoratiga ega bo‘lmasa, 10 b-rasmda keltirilgan joylashuvdan foydalanishi mumkin. 3-zonadagi o‘yinchi to‘pni yaxshi qabul qila oladigan bo‘lsa, u maydonchaning orqarog‘iga surilib turadi (6-zonadagi o‘yinchidan o‘tib ketishi mumkin emas).
Bog‘lovchi o‘yinchining 5-zonadan chiqish vaqtidagi jamoa joylashuvi 2 v-rasmda keltirilgan. Bu joylashuv birmuncha qiyin bo‘lishiga qaramasdan, tez-tez uchrab turadi. Bunda jamoaning 5+1 tizimidan foydalanishi ayniqsa qo‘l keladi.
Hujum zarbalarini qabul qilishda himoyani uyushtirishning asosan uchta varianti mavjud: chiziq bo‘ylab – bunda oldingi qator o‘yinchilaridan biri to‘siq qo‘yuvchi o‘yinchilarni himoya qiladi (8-rasm); oldingi pog‘onali – bunda to‘siq qo‘yuvchilarni 6-zonadagi o‘yinchi himoya qiladi; orqa pog‘onali – bunda to‘siq qo‘yuvchilarni 1 yoki 5-zonadagi o‘yinchilar himoya qiladi. Bu tizimlar to‘siq qo‘yish va hujum zarbalarining xususiyatlariga qarab tanlanadi. Himoya harakatlarini tashkil qilishda raqibning hujumdagi harakatlari asos qilib olinadi. Birinchi variantdan o‘yinchilarning birgalikdagi harakatini o‘zgartirishda, ikkinchi variantdan raqib jamoasi to‘siq ustidan aldamchi harakatlarni tez-tez qo‘llaganda, uchinchi variantdan raqib tomonidan kuchli hujum zarbalari berilganda foydalaniladi. Hujum qiluvchi o‘yinchining himoyasini tashkil qilish eng murakkab o‘yin vaziyatlaridan biri hisoblanadi. Bu to‘pning uchish tezligi, yo‘nalishi va to‘siqdan qaytgan to‘p yo‘nalishini aniqlashning qiyinligi bilan izohlanadi.
Har bir o‘yinchining harakat qilishi tanlangan himoya tizimiga bog‘liq. Hujumchi yoki to‘siq qo‘yuvchini himoyalash quyidagicha bo‘lishi mumkin: bog‘lovchi o‘yinchi (agarda u hujum qilayotgan o‘yinchiga yaqin bo‘lsa) tomonidan, himoyachilar (6- yoki 5-, 1-zonadagilar) tomonidan va hujum harakatlarida ishtirok etmayotgan eng yaqin turgan hujumchi tomonidan (9 a-rasm). Himoya qilishda eng samarali joylashuvlardan biri 9 b-rasmda keltirilgan.
Guruhli taktik harakatlarga bir necha o‘yinchilarning ayrim o‘yin vaziyatlarida birgalikda qilgan harakatlari kiradi. Bu vaziyatlarga to‘pni qabul qilish, hujum zarbalarini qabul qilish, to‘siq qo‘yish, hujum zarbasini beruvchi va to‘siq qo‘yuvchi o‘yinchilarni himoyalash kiradi.
Guruhli taktik harakatlarga asosan guruhli to‘siq qo‘yish (ko‘p hollarda ikkitalik) kiradi. Uch kishilik to‘siqdan nisbatan kam foydalaniladi. To‘siq qo‘yuvchilar o‘rta va chekka to‘siq qo‘yuvchilarga ajratiladi. Ikki kishilik to‘siq qo‘yilganda, asosiy rolni hujum yo‘nalishini to‘suvchi o‘yinchi egallaydi. Masalan, raqibning hujumi diagonal bo‘yicha bo‘lsa, unda to‘rning o‘rtasida kuchli to‘siq qo‘yuvchi o‘yinchi bo‘lishi kerak. Uchtalik to‘siqda (ko‘p hollarda to‘r o‘rtasida qo‘yiladi) o‘rtada turgan o‘yinchiga chekka o‘yinchilar yondashib keladi. Guruhli to‘siqdagi natija to‘siqda ishtirok etgan o‘yinchilarning o‘zaro kelishib qilgan harakatlariga bog‘liq. Ikki kishilik to‘siq qo‘yishda eng muhim omillar quyidagilar:
a) yuqori to‘p uzatishdan so‘ng to‘g‘ri yo‘nalish bo‘yicha hujum uyushtirilganda, to‘siq qo‘yuvchilarning qo‘llari bir-biriga tegib turishi kerak;
b) 4-zonadan chapga tomon hujum qilinganda, o‘rta o‘yinchi to‘pdan chaproqqa joylashib, qo‘llarini to‘rga nisbatan burchak qilib turadi, chekka to‘siq qo‘yuvchi to‘p qarshisiga turadi va qo‘llarini o‘rtada turgan o‘yinchining qo‘liga yaqinlashtiradi.
O‘yinga kiritilgan to‘pni qabul qilishda ham guruhli harakatlarga e’tibor qaratish lozim. Bunda asosan to‘rtta vazifa hal etiladi:
a) to‘pni qabul qiluvchi o‘yinchini himoyalash;
b) to‘pni qabul qilish malakasi sustroq bo‘lgan o‘yinchini himoyalash;
v) ayrim o‘yinchilarni to‘pni qabul qilishdan chetlashtirilgandan so‘ng o‘zaro harakat qilish;
g) to‘pga chiquvchi o‘yinchi bilan o‘zaro kelishib harakat qilish.
Yakka taktik harakatlar himoyada yakka tartibdagi taktik harakatlarga: o‘yinga kiritilgan to‘pni, hujum zarbasini, to‘siqdan qaytgan to‘pni qabul qilish, to‘siq qo‘yish, to‘siq qo‘yishdan so‘ng o‘z-o‘zini himoyalash kiradi. O‘yinga kiritilgan to‘pni qabul qilishda o‘yinchi o‘z zonasini (radius bo‘yicha) va to‘p kiritish xususiyatini anglagan holda joy tanlaydi. Raqibning o‘yinga qanday usulda to‘p kiritishini uning to‘p urishdagi harakati (amplitudasi) bo‘yicha aniqlash mumkin. Har qanday holatda ham o‘yinchi o‘z zonasidan orqaroqda joylashgani ma’qulroq bo‘ladi, chunki to‘p qabul qilish uchun oldinga harakat qilish orqaga harakat qilishdan ancha yengildir.
Hujum zarbalarini qabul qilishda joy zarba yo‘nalishi, uzatilgan to‘pning trayektoriyasi va yo‘nalishi, uning to‘rdan uzoq-yaqinligi, hujum qilayotgan o‘yinchining individual xususiyatlari va jamoa qabul qilgan o‘yin tizimiga ko‘ra tanlanadi.
Himoyada o‘ynaganda, quyida keltirilgan ma’lumotlarga tayanish ayniqsa qo‘l keladi:
a) to‘p to‘rdan uzoqroq uzatilgan bo‘lsa, demak hujum zarbasining orqaroq zonalarga berilishi kutiladi;
b) to‘p pastlatib berilgan bo‘lsa va hujumchi tezligini oshirib yugurib kelsa, zarba egri yoki aldab tashlash bilan bajariladi;
v) hujum past bo‘yli to‘siq qo‘yuvchi tomon uyushtirilgan bo‘lsa, zarba orqa zonalarga beriladi yoki to‘p to‘siqqa tegib qaytadi.
Hujumchini himoyalashda unga nisbatan bo‘lgan masofani, raqib tomonidan qo‘yilgan to‘siq xususiyatini, zarba uchun uzatilgan to‘pning holatini bilish zarur. Agar to‘p to‘rga yaqin berilib, zarbaga to‘siq qo‘yilgan bo‘lsa, to‘p ko‘pchilik hollarda vertikal ravishda qaytadi.
Shuning uchun hujum qilayotgan o‘yinchiga yaqin turgan himoyalovchi unga nisbatan 1 m atrofida past turish holatini egallaydi va to‘pni pastdan qabul qiladi. Pastlab berilgan va to‘rdan uzoqlashgan to‘pga zarba berilganda, uning to‘siqdan (yoki to‘rdan) sapchib orqa zonalarga tushish ehtimoli yuqori bo‘ladi.
To‘siq qo‘yishda joyning to‘g‘ri tanlanishi va to‘siqning o‘z vaqtida qo‘yilishi juda ahamiyatlidir. Zonali (harakatsiz) to‘siq qo‘yishda o‘yinchi faqatgina yo‘nalish yo‘lini berkitadi. Harakatli to‘siq qo‘yilganda, zarba yo‘nalishini berkitadi. To‘siq qo‘yuvchining sakrash vaqti ko‘p hollarda zarba uchun uzatilgan to‘p holati bilan aniqlanadi. Yuqori va o‘rtacha balandlikda uzatilgan to‘plarga to‘siq qo‘yuvchi hujumchidan so‘ng sakraydi. Past va tezkor uzatilgan to‘plarga hujumchi bilan barobar sakraydi. Hujumchi havoda uchib zarba beradigan to‘plarga hujumchidan oldinroq sakraydi. To‘siq qo‘yganda, qo‘llar to‘r ustidan oxirgi vaziyatda o‘tkaziladi. Qo‘llar va, ayniqsa, kaftlarning qanday qo‘yilishi zarba yo‘nalishiga bog‘liqdir.
Voleybolda tezkorlik odatda qo‘ydagi ko‘rsatkichlarda namoyon bo‘ladi: reaksiya tezligida va taktik idrokda, start olish va bir harakatdan ikkinchisiga o‘tish tezligida. Voleybolchi tezkorligini tashkil etuvchi bu komponentlarning hammasi bir- biriga bog‘liq emas va ularni ham alohida-alohida, ham o‘yin mashqlari kompleksida mashq qildirish mumkin. O‘yindagi voleybolchi to‘p uzatilishidan oldin to‘pni ko‘ra bilishi, vaziyatni baholashi, bir qarorga kelishi kerak. Shu narsa aniqlanganki, bularning hammasi uchun voleybolchi bir soniyagacha vaqt sarflab, shu vaqtning 70% to‘pni ko‘ra bilishga to‘g‘ri keladi.
Shuning uchun o‘yinda to‘pni ko‘rish uchun uni ko‘rish maydonidan chiqarmaslik kerak.
Ko‘rib harakatlantirish reaksiyasidek murakkab reaksiya tezligi ko‘zni tezda predmetni ko‘ruvchan, harakat apparatini esa qanday harakat qilishni tez oshiradigan mashqlarda takomillashtiriladi. Reaksiya tezligini tarbiyalovchi mashqlarni jift-juft bo‘lib bajarish ayniqsa qiziqarlidir:
Voleybolchi hujumdan oldin asosan oyoqlarning “portlash” kuchiga va qisman qadam uzunligini oshirib borishga bog‘liq. Oyoqlarning “portlash” kuchini va qadam uzunligini takomillashtirishga qo‘ydagi mashqlar yordam beradi:
— 10 -15 metrga sakrab-sakrab yugurish;
— turli holatlardan turib 7-10 metrga tez yugurish;
— cho‘nqayub o‘tirgan holatdan shartli signalga ko‘ra 10 metrga tez yugurish, iloji boricha guyo qo‘l bilan to‘p urilayotgandek balandroq sakrash va qayta cho‘nqayib, yana signalga ko‘ra shu mashqning o‘zini takrorlash va hokazo;
— bir o‘yinchi to‘pni balanblatib boshqa o‘yinchiga tashlab beradi, unisi esa baland sakrab qo‘li bilan unga qaytaradi. 3-4 daqiqadan keyin o‘yinchilar o‘rin almashadilar;
Voleybolchi tezkorligini rivojlantiruvchi boshqa turdagi mashqlar sifatida tez yugurib darhol to‘xtash, bir harakatdan boshqa harakatga darhol o‘tish tezkorligi kabi mashqlarni qo‘llash mumkin:
15-30 metrga “mokkisimon” yugurish;
5-10 metrga tez yugurish; darhol to‘xtash, sakrab turib yoki yiqilayotib qo‘l bilan to‘pga zarba berish;
Tezkorlikning ba’zi turlarini takomillashtirishning katta imkoniyatlari har xilsport o‘yinlari, estafetalar va harakatli o‘yinlardadir.
Chaqqonlikni rivojlantiruvchi mashqlar.
Chaqqonlik — bu voleybolchining yangi harakatlarini tez egallab olishi va o‘yin vaziyatiga qarab moslashishdir. Boshqacha qilib aytganda, chaqqonlik — bu tezkorlik, kuch, koordinasiya imkoniyatlarining birligidir.Chaqqonlik mashqlariga qo‘yiladigan majburiy talablardan biri — bu yangilik elementidir. Shuning uchun ko‘proq harakatli va sport o‘yinlari o‘ynash foydali, chunki ularda vaziyat doimiy yangiligi bilan ajralib turadi.
Umumiy chaqqonlikni rivojlantirishning yaxshi vositasi — akrobatika elementlari, yugurish sakrashlar, murakkab harakatlar (emaklash, tortilib chiqish, surilish) va boshqa aralash mashqlarni bajarishdir. Ammo chaqqonlikni rivojlantirishga tayyorgarlik ko‘rishning barcha bosqichlarida voleybol mashqlaridan foydalaniladi. Voleybolda uchta, jismoniy sifat – kuch, tezkorlik va chaqqonlik bir-biri bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, ularni tarbiyalash zamirida qo‘ydagi umumiy qoidalar yotadi. Bu sifatlarni organizm charchamaganda, ya’ni yozilish mashqlaridan keyinroq rivojlantirish kerak. Har bir mashq maksimal zo‘riqish bilan bajariladi. Har bir mashqdan keyin to‘la tiklanish bo‘lishi kerak. Yana shuni ta’kidlash kerakki, jismoniy sifatlar texnik tayyorgarlik bilan o‘zaro bog‘liq. Agar voleybolchilar tegishli kuch, tezkorlik va chaqqonlikka ega bo‘lmasalar, o‘yinning texnik usullarini bajara olmaydilar.
Voleybolchilar jismoniy sifatlarining o‘zaro aloqadorligi.
Voleyboldagi jismoniy sifatlarni tarbiyalash ularning garmonik rivojlanishiga olib kelishi kerak, ammo bu narsa shunday mutanosiblikda bo‘lishi kerakki, ular voleybolchilarning o‘yin faoliyatiga eng yuqori darajada samara keltirsin. Butun mashg‘ulot jarayonida singdirilgan g‘oya — voleybolchi faqat oddiy tezkor yoki kuchli hamda egiluvchan, epchil bo‘libgina qolmasligi kerak, degan fikrdir. O‘yinchi bu sifatlarning har birini kerak meyorda, aqlan qo‘lga kiritsin.
Voleybolchilar jismoniy sifat va ijrochilik mahoratining o‘zaro aloqasida mukammal darajaga intilishlari lozim. Ularning butun fikr-zikri jismoniy sifatlardan shunday asos yaratishga qaratilishi lozimki, bu sifatlar bora-bora o‘yin texnikasining takomillashuviga imkon bersin. Shu o‘rinda aytish lozimki, yutuk gavda tufayli emas, balki o‘yin texnikasi hamda mantiqiy idroki bilan o‘ynash tufayli voleybolchilar, Vatanimiz peshqadamlari darajasiga erishishlari lozim.Mashhur sportchilardan biri shunday digan edi : “Atletizmning bilmasligi yoki etishmasligi texnik mahorati va o‘yinni jamoaviy taskil etishdagi yutuqlar bilan to‘ldiriladi.
Hujum zarbasini berish. 4 va 2- zonalarda to‘g‘ridan zarba berish. To‘r ustidan (balandligi 140- 200 sm.) sakrab to‘ldirma to‘pni ikki qo‘llab otish. Yugurib kelib va turgan joyidan to‘r ustidan tennis koptogini uloqtirish, yugurish, sakrash, qo‘lni siltash va qo‘shish. Rezinali amortizatorga o‘rnatilgan to‘pga zarba berish. Sherigi tomonidan tashlangan to‘pga to‘r ustidan zarba berish.
To‘siq qo‘yish. 3, 2, 4- zonalarda (to‘rni balandligi 2 m-2.20 sm.) bir kishilik to‘siq qo‘yishga tayyorgarlik va yordamchi mashqlar berish. To‘rni yuqori chekkasiga olib qo‘yilgan to‘pga (to‘ldirma yoki voleybol) to‘rni oldida siljib, to‘xtab va sakrash bilan to‘pga qo‘l panjalarini tegizish. To‘r ustiga qo‘yilgan yengil rezinali to‘pga to‘siq qo‘yish.Hujumda yakkama-yakka taktik harakat. Birorta harakatni bajarish uchun dastlabki holatni egallashni bilish, to‘r ustidan to‘pni qaytarish usulini tanlash, to‘pni to‘r ustidan raqib maydonchasining mag‘lum zonasiga yo‘naltirish, to‘pni pastdan va yuqoridan o‘yinga kiritishni almashlab borish. Himoyada yakkama-yakka taktik harakat, to‘pni uchish yo‘nalishini imkoni boricha aniqlay bilish va o‘z vaqtida to‘pni qabul qilib olish uchun chiqish, o‘yin sharoitiga mos ravishda to‘pni yuqoridan va pastdan uzatishni qo‘llash, hujumda guruh bo‘lib harakat qilish. To‘pni o‘yinga kiritgandan keyin qabul qilish va birinchi uzatishni 3- zonaga, 3- zonadan 4- zonaga yoki 2- zonaga zarba berish uchun uzatiladi. 5,4,6 -zonadan to‘pni 3- zonaga birinchi uzatish va 2- zonaga ikkinchi uzatish, 2-zonadan to‘r ustidan oshiriladi. To‘pni 6- zonadan 2- zonaga, 2- zonadan 3- zonaga, 3- zonadan to‘r ustidan oshiriladi.
Dostları ilə paylaş: |