Reja kirish I. Bob



Yüklə 493,32 Kb.
səhifə10/30
tarix25.09.2023
ölçüsü493,32 Kb.
#148596
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   30
Voleybolchilarning harakatlarini tahlil qilish

Siljish. Maydonchada siljish, yurish, yugurish, sakrash orqali bajariladi. Voleybolchilar maydoncha bo‘ylab gavdani biroz oldinga engashtirib, oyoqlarni engilgina bukib, yumshoqqina siljiydilar. To‘pga kelish uchun tez yugurish qo‘llaniladi (3-5m masofadan). Hujum zarbasini berishda, to‘siq qo‘yishda va ikkinchi to‘pni oshirishda ko‘proq tez-tez sakrash bilan davom etadi.
Sakrash. Sakrash turgan joyda va yugurib kelib, odamdagidek ikki oyoqda depsinish bilan bajariladi. Hujum zarbasini berish uchun sakrashdan oldin oyoqlar parallel holda 20-30sm masofada qo‘yiladi. Gavda bunday holatda oldinga engashadi, qo‘l yuqoriga siltab, o‘yinchi yuqoriga sakraydi. Bir oyoq depsinib sakrash kamdan-kam qo‘llaniladi.
To‘pni o‘yinga kiritish. To‘pni o‘yinga kiritig muhim texnik usullardan hisoblanib, nafaqat o‘yin boshlashga va ochkoni yutib olishga imkon beradi. To‘pni o‘yinga kiritishni pastdan va yuqoridan, shuningdek to‘g‘ridan va yondan to‘pni o‘yinga kiritishga bo‘linadi. Ko‘pchilik o‘yinchilar to‘pni o‘yinga kiritishni to‘pni aylantirish va aylantirmasdan bajaradilar.
To‘pni uchish tezligi oshirish bilan keng diapazonda o‘zgaradi. Pastdan uzatganda to‘p sekin uchadi, yuqoridan esa tez uchadi.
Pastdan to‘pni o‘yinga kiritish. To‘pni o‘yinga kiritishni bajarishda, o‘yinchi to‘rga yuz bilan turishi eng ko‘p qulay holat hisoblanadi.
Oyoqlar elka kengligida va biroz bukilgan holda qo‘yiladi. Bitta oyoq maydonchada oldinga qo‘yilgan. To‘p tirsakdan bukilgan qo‘lda bo‘lib, taxminan bel balandligida bo‘ladi. Zarba beruvchi qo‘l siltash uchun orqaga uzatiladi, so‘ngra yuqoriga otilgan to‘p pasayishi vaqtida, past-orqa tomoniga zarba beriladi. Zarba berish vaqtida panjalar mustahkam langan, barmoqlar siqilgan. Gavdani og‘irligini orqada turgan oyoqdan oldinda turgan oyoqqa o‘tkaziladi. To‘pni uchish yo‘nalishi va balandligi panjani to‘p bilan bir-biriga tegish vaqtiga bog‘liq bo‘ladi. To‘pni oshirishni musht bilan ham bajarish mumkin.
Yon boshdan to‘pni o‘yinga kiritish, to‘pni pastdan to‘g‘ri oshirishdan farqi shundaki, bunda o‘yinchi to‘rga yon tomoni bilan turadi. To‘p chap qo‘lda bel balandligida ushlab turiladi. To‘pni 1m balandlikka irg‘itib uruvchi (o‘ng) qo‘lni, to‘g‘ri ushlagan holda past-orqaga siltash uchun uzatiladi. Gavdani engilgina burab va shu tomonga engashadi. Tanasining og‘irligi o‘ng oyoqqa o‘tkaziladi. To‘pni zarbani past-old tomoniga uriladi.

Yüklə 493,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin