Uzatishlar. Voleybol sport o‘yinlariga mos keladigan harakatli o‘yinlardan, “To‘pni ilish va irg‘itish”, “Voleybolchilar estafetasi”, “To‘pga chap berish” o‘yinlari. Voleybol bo‘yicha dastur materiallari o‘rgatish uchun zarur bo‘lgan mashqlar, texnik va taktik usullar va o‘yini nazariy va amaliy qoidalari kiritiladi.
Voleybol bo‘yicha darsni muvaffaqiyatli o‘tkazish uchun bir necha to‘r va maydon bo‘lishi yetarli emas.
Albatta, to‘ldirma to‘p, osib qo‘yilgan to‘plar, amartizatorli to‘p, to‘pni to‘sish uchun keng skameyka tennis setkasi nishoni bilan bo‘lishi kerak.
Mashqlarni bajarishda iloji boricha ko‘pchilik o‘quvchilar qatnashishi kerak. Buning uchun yoppasiga o‘quvchilarni ikki guruhga bo‘lish, qo‘shib olib borish usuli bilan har xil vazifalarni bazaning hosil bo‘lishiga qaratilgan bo‘ladi. Bunda sportchilarning sog‘lig‘ini yaxshilash, gavdasini to‘g‘ri va proportsional rivojlantirish, jismoniy sifatlarni takomillashtirish asosiy o‘rinni egallaydi.
Mashg‘ulotning asosiy vazifalaridan biri sog‘liqni mustahkamlashdir. Sportchi organizmida yuqumli kasalliklar, shamollash, jarohatlanish va boshqa bir qancha ko‘ngilsiz o‘zgarishlar ta’siriga qarshilik ko‘rsata olish qobiliyatini o‘stiradi. Sportchilar tayyorgarligi muvaffaqiyatli bo‘lishi, jismoniy sifatlarning kamol topishi muhim ahamiyatga ega.
Texnik tayyorgarlik. Har bir o‘yinchi va umuman jamoa mahorati o‘yinchilardagi texnik tayyorgarlik darajasiga bog‘liq. O‘yin uchun zarur bo‘lgan barcha usullar va ularni bajarish usullari texnik tayyorgarlik jarayonida oshib boraveradi, usullar jamlangan holatda amalga oshadi, shu bilan birga sportchining individual qobiliyati va jamoa uchun zarur bo‘lgan funksiyalari takomillashtiriladi.
Taktik tayyorgarlik. Raqib jamoasi ustidan g‘alaba qozonishda jismoniy va texnik tayyorgarlik bilan bir qatorda o‘z imkoniyatlaridan to‘g‘ri va ustalik bilan foydalana bilish, ya’ni taktika katta ahamiyatga ega. Taktika ko‘p holatlarga; texnikani bilish va undan foydalanish, o‘z kuchini o‘yin vaqtida to‘g‘ri tasdiqlay olish, musobaqa shart-sharoitlarini nazarda tutish, qoidani izohlash sheriklari va raqiblarining harakatlarini to‘g‘ri baholash va boshqalarga bog‘liq. Sport kurashini to‘g‘ri tashkil qila bilish muntazam o‘rganiladigan san’atdir. Ana shuning uchun ham mashg‘ulot jarayonida o‘quvchilar strategiya va taktikaga oid kompleks bilimni egallab, juda ko‘p mahorat va malakalarni o‘zlashtiradi.