Reja kirish I. Bob



Yüklə 493,32 Kb.
səhifə19/30
tarix25.09.2023
ölçüsü493,32 Kb.
#148596
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   30
Voleybolchilarning harakatlarini tahlil qilish

Psixologik tayyorgarlik. Psixologik tayyorgarlik o‘yinchilarda yuqori darajadagi iroda kuchini tarbiyalashga qaratilgan. Butun o‘quv–mashg‘ulot jarayoni esa shu fazilatlarni tarbiyalashga xizmat qiladi. Maxsus psixologik tayyorgarlik sportchidan aqliy qobiliyatning rivojlanishini, qiziquvchanlikni, sharoitni tanqidiy baholay olishni o‘z hatti-harakatlarini to‘g‘ri tahlil qila bilishni talab qiladi. Bu sifatlar tegishli maxsus bilim va ko‘nikma kompleksini egallash uchun zarurdir.
Murabbiy, ayniqsa, sportchiga tusobaqaga mayyorlanishda ijobiy yoki salbiy ta’sir etishi mumkin bo‘lgan psikaning emotsional xususiyatlarini tarbiyalashga alohida e’tibor berish kerak. Voleybol o‘yinlari ham boshqa sport turlari kabi murakkab hisoblanadi, chunki o‘yinchilar yaxshi o‘yin ko‘rsatishlari uchun, texnik va taktik tayyorgarlik ko‘rishlari lozim va hafta 9-12 soat mashg‘ulotga qatnashish natijasida voleybol o‘yin sirlarini, qoidalarini, tezda hujumga o‘tib, himoyaga qaytishni o‘zlarida mujassam qiladilar
Umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlik
Jismoniy tayyorgarlik haqida tushuncha. Umumiy jismoniy tayyorgarlikning vazifasi: jismoniy sifatlarni (tezlik, epchillik, kuch, chidamlilik, egiluvchanlik) rivojlantirish, harakat malakalarini takomillashtirish, shug‘ullanuvchilarni «Alpomish» va «Barchinoy» test me’yorini topshirishga tayyorlash. Umumiy jismoniy tayyorgarlik vositasi: gimnastika va yengil atletika mashqlari, sport va harakat o‘yinlari, suzish va boshqalar.
Sakrovchanlikni rivojlantirish uchun beriladigan mashqlar
Cho‘qqayib o‘tirish, cho‘qqayib o‘tirgan holatdan yuqoriga sakrash, yarim cho‘qqayib o‘tirish, turgan joyda bir oyoqda, ikki oyoqda va harakatda yuz bilan oldinga, yon tomonga, orqa bilan oldinga sakrash. Gimnastik kondan pastga qarab sakrash, osib qo‘yilgan to‘pga, bir va ikki oyoqda depsinib sakrab qo‘lni tegizish. Arg‘amchida sakrash. Estafetalar.To‘pni uzatishda qatnashadigan, mushaklarni mustahkamlash uchun beriladigan mashqlar. Qo‘l panjalarini mustahkamlash va uning harakatchanligini oshirish. Ko‘krakda to‘ldirma to‘pni ikki qo‘llab otish (oldinga, bosh ustida) va ilib olish, to‘ldirma to‘pni uzoqqa otish. Basketbol to‘pini ko‘p marta uzatish va ilib olish, basketbol to‘pini maydonga urib olib yurish.
To‘pni o‘yinga kiritishni bajarishda qatnashadigan mushaklarni mastahkamlash uchun beriladigan mashqlar. Bosh orqasida ikki qo‘llab to‘ldirma to‘pni otish. Bir qo‘l va ikki qo‘lda yuqoridan va pastdan to‘ldirma to‘pni otish.Hujumkor zarba berishda qatnashadigan, mushakning tez qisqarishi va kuchli rivojlantirish uchun beriladigan mashqlar.
1 kg li to‘ldirma to‘pni ikki qo‘llab to‘r ustidan oshirib otish, turgan joyda va sakrab ikki qo‘llab to‘ldirma to‘pni boshdan oshirib otish. Turgan joyda, yugurib kelib tennis koptogini uloqtirish, sakrab to‘r ustidan oshirib uloqtirish.Akrobatik mashqlar. /ujanak bo‘lib oldinga va orqaga, yon tomonga dumalash. Kurakda tik turish. Umbaloq oshish, tayanib o‘tirgan va asosiy tik turgan holatdan yugurib kelib umbaloq oshish. Bir necha umbaloq oshishni birga qo‘shib bajarish.

Yüklə 493,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin