Holat va harakatlanish texnikasi. O‘yinda ro‘y beradigan vaziyatlarga qarab o‘yinchi holati turlicha bo‘lishi mumkin.Jangovor holat – har qanday yo‘nalishdagi harakatlanishga yoki vaziyatga munosib o‘yin malakasini darhol bajarishga qaratilgan bo‘ladi. Bunda o‘yinchi oyoklarining tayanch sathi deyarli katta bo‘lmaydi, ya’ni salgina oyok uchida turiladi, oyoqlar tizza bo‘g‘imlarida birozgina egilgan bo‘lib, tana hiyol oldinga intilgan bo‘ladi. Vaziyatga qarab «jangovor» holat uch turda ijro etilishi mumkin.
Turg‘un holat – bir oyok ikkinchi oyokdan bir oz oldinga joylashadi, tizzalar bukilgan, gavda bir oz oldinga egilgan, qo‘llar tirsak-engak sathigacha ko‘tarilgan bo‘ladi.Asosiy holat – ikki oyok bir-biridan 20-30 s oralig‘ida parallel joylashgan bo‘ladi. O‘yinchi og‘irligi tizzalar bukilgan ikki oyoqqa teng taqsimlangan bo‘lib, gavda oldinga intilgan, tirsaklar bukilgan holda qo‘llar gavda oldida joylashgan bo‘ladi.
O‘zgaruvchan holat – yuqorida qayd etilgan u yoki bu holatlarning texnik nusxasini o‘zida mujassamlashtirgan bo‘ladi.
Harakatlanishlar – turli usullarda amalga oshiriladi: yurish, yugurish, siljish, hatlash.Uzatish texnikasi. To‘p uzatish voleybolda asosiy o‘yin malakalaridan biri bo‘lib, shu uyin bilan bog‘lik bo‘lgan barcha texnik-taktik faoliyatni amalga oshirishga imkon yaratuvchi yagona vositadir.
Uzatish – hujum texnikasiga mansub bo‘lib, uni ma’lum vaziyatda taktik mahorat bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ijro etish ochko olish imkonini berishi mumkin.
To‘p uzatish – nemis mutaxassisi M.Fidlermi (1970) izohiga binoan – bir vaktni o‘zida bajariladigan ikki harakat malakasidan iborat bo‘ladi. Birinchi «jangovor» holatdan gavdani og‘irlik markazini bir oz pastga tushirish, ya’ni oyoklarni tizza kismidan salgina egilishidan to to‘pni qabul qilishgacha bajariladigan malaka. Bu malaka himoya texnikasiga kiradi. Ikkinchisi – agar to‘p maqsadli yo‘nalish bo‘yicha ma’lum o‘yinchiga aniq etkazib berilsa, bu uzatish deb yuritiladi va hujum texnikasiga kiradi.
Uzatish bir necha turlardan iborat bo‘ladi: tayanch holatda ikki qo‘llab yuqoridan uzatish, ikki qo‘llab pastdan uzatish, bir qo‘l bilan yuqoridan va pastdan uzatish, sakragan tayanchsi holatda ikki qo‘l yoki bir qo‘l bilan yuqoridan uzatish.Uzatish vertikal, gorizontal yoki diogonal ravishda baland, past, uzoq yoki yaqin yo‘nalishlarda ijro etilishi mumkin.
Ikki qo‘llab yuqoridan uzatish texnikasi. «Jangovor» holat – bir oyoq ikkinchisiga nisbatan oldinda, ikkala oyoq ham tizza qismidan egilgan bo‘ladi; kelayotgan to‘pni yo‘nalishiga, baland-pastligiga va tezligiga qarab holat yoki harakatlanish – joy tanlash munosib mazmunga ega bo‘lishi lozim; to‘p yaqinlashganda to‘pga nisbatan qarshi harakat oyoklarni tizza qismidan yozilishi bilan boshlanadi; qo‘llarni ko‘rsatish va katta barmoqlar uchburchak shaklda bo‘lib, uni orasidan to‘pni yaqinlashishi kuzatiladi; bilaklar salgina orqaga egilgan bo‘lib, barmoq-panja-kaftlar cho‘mich shaklida bo‘ladi; to‘p bilan qo‘llarni «uchrashuvi» arafasida oyoqlarni tizza qismidan yozilishi, qo‘llarni tirsak qismidan yozilishi bilan davom etib, uzatishda to‘pni yo‘nalishini maksadga muvofiq ta’minlashi lozim.
Uzatishni so‘nggi daqiqasida oyoq va qo‘llar shiddat bilan yoziladi. Uzatish vaqtida barmoqlar amortizastiya va yo‘naltirish, ko‘rsatish va o‘rta barmoqlar esa bilaklarni to‘pga qarshi harakati bilan birgalikda uzatishni ta’minlovchi kuch vazifalarini bajaradi. Nomsiz va kichik barmoqlar to‘pni yon tomondan uni aniq yo‘naltirilishiga yordam beradi.Tayanchsiz holatda /sakragan holatda/ ikki qo‘llab yuqoridan uzatish texnikasi – aksariyat qisqa balandlikda faqat sakragan holatda amalga oshiriladi.
Ikki yoki bir qo‘llab pastdan uzatish (qabul qilish) texnikasi ma’ruzaning «himoya texnikasi» qismida yoritiladi. To‘pni o‘yinga o‘yinga kiritish texnikasi. To‘pni o‘yinga kiritish – o‘yinni boshlash yoki dovam ettirish vositasi bo‘lsada, u ayniqsa, so‘nggi yillarda, hujum texnikasi tizimida g‘alaba (ochko) keltiruvchi asosiy malakalarga aylanibbormoqda. To‘pni uyinga kiritish bir necha turlardan iborat: to‘rga nisbatan to‘g‘ri turib pastdan va yukoridan to‘p kiritish; to‘rga nisbatan yon tomon bilan turib pastdan va yuqoridan to‘p kiritish; yuqoridan to‘g‘ri va yon tomon bilan turib to‘pga umuman aylanma harakat bermasdan (planiruyuhaya podacha) to‘p kiritish.
Yuqorida qayd etilganidek, to‘p kiritish turlari har xil bo‘lsada, ularning bir xil xususiyatlari mavjud, chunonchi, dastlabki holat – chap (o‘ng) oyoq bir qadam oralig‘ida oldinga joylashadi; harakatlanishning dastlabki bosqichida oyoqlar tizza qismidan bir oz egilgan bo‘ladi; chap qo‘lda joylashgan to‘pni; pastdan to‘p kiritishida taxminan to‘p 25-50 sm balandga vertikal irg‘itiladi; yuqoridan to‘p kiritishda to‘p taxminan 1,0 m atrofida irg‘itiladi; bundan tashqari pastdan to‘p kiritishda gavda oldinga bir oz bukilgan bo‘ladi, yuqoridan to‘p kiritishda esa gavda vertikal holatda bo‘ladi; to‘p irg‘itilishi bilanoq tananing og‘irlik markazi orqa tomonga siljitiladi; gavda va o‘ng qo‘l barobariga orqa tomonga harakatlanadi;
Pastdan to‘g‘ri turib to‘p kiritishda o‘ng qo‘l erga nisbatan perpendikulyar ravishda orqaga siljitilib, so‘ng irg‘itilgan to‘pni shiddat bilan oldinga-balandga uriladi;
Pastdan yon tomon bilan turib to‘p kiritilganda o‘ng qo‘l erga nisbatan parallel ravishda orqaga siljitiladi, so‘ng oldi tomonga parallel harakatda shiddat bilan irg‘itilgan to‘pni oldinga-balandga uriladi;
yuqoridan to‘g‘ri turib to‘p kiritishda o‘ng qo‘l yuqoriga vertikal ko‘tarilgan holatdan orqa tomonga harakatlantirilib, tirsakdan bukiladi, so‘ng qo‘l yozilishi bilan bir qatorda old tomonga shiddat bilan harakatlantirilib vertikal holatga etganda to‘pzarb bilan uriladi, tananing og‘irlik markazi old tomonga siljishi kerak;
yuqoridan yon tomomn bilan turgan holatdan gavda o‘ng tomonga egiladi, qo‘l orqaga-pastga tushiriladi va qayta shiddat bilan old tomonga harakatlantirilib, vertikal holatda irg‘itilgan to‘p zarb bilan uriladi;
to‘g‘ri va yon tomon bilan to‘pni aylanma harakatsiz kiritishda zarba beruvchi qo‘l to‘pdan deyarli qisqa oraliqda bo‘ladi va zarba to‘pni markaziy nuqtasiga to‘g‘ri kelishi kerak.
Albatta to‘p kiritish texnikasiga yuqorida qayd etilgan uslubiy ko‘rsatmalar vaziyatga, to‘p kiritish taktikasiga, o‘yinchining mahorati va imkoniyatiga qarab u yoki bu tomonga o‘zgarishi mumkin.
Zarba (hujum) texnikasi. Sakrab zarba bilan to‘pni urish yoki to‘siqchilarni chalg‘itish niyatida bir qo‘l bilan to‘pni raqib maydonchasini bo‘sh joyiga uzatish (o‘tkazib yuborish) o‘yin vaziyatining ochko olish bilan tugallanishiga yoki juda bo‘lmaganda raqib jamoani qayta hujum uyushtirishiga imkon bermaslikka qaratilgan bo‘lishi lozim.
Zarba – qisqa oraliqda chopish (1 faza), depsinish va sakrash (2 faza), zarba berish (3 faza) va qo‘nish (4 faza) malakalari asosida amalga oshiriladi.Qisqa oraliqda yugurish fazasi o‘z navbatida bir-biri bilan bog‘liq bo‘lgan 3 qismga bo‘linadi: dastlabki (tayyorgarlik), o‘rta (yugurishning asosiy qismlari) va tomonni erga qo‘yish (depsinishgacha) jarayonlari.Yugurishning dastlabki qismida voleybolchi xali o‘ziga uzatilgan to‘pning yo‘nalishini to‘la ilg‘amasada, harakat yo‘nalishini oydinlashtirish maqsadida bir-ikkita tayyorgarlik qadamini qo‘yadi.
Yugurishning ikkinchi (o‘rta) qismida, uzatilgan to‘pni yo‘nalishi va shunga munosib bo‘lgan harakat yo‘nalishi aniqlanib, shiddat bilan yugurish qadamlari tashlanadi. Bu qismda ijro etiladigan malakalar hujumchini jismoniy, texnik va taktik imkoniyatlariga qarab u yoki bu tomonga o‘zgarishi mumkin.
Yugurishning uchinchi qismida tana og‘irlik markazini pastroq tushirib, o‘ng oyoq bilan shiddatli katta qadam qo‘yiladi, avval erga oyoqning tovon qismi qo‘yiladi, so‘ng chap oyoqni birlashtirish bilan bir qatorda ikki oyoqning tizza qismlari yanada bukiladi, ikki qo‘l orqadan oldinga tezlik bilan harakatlanib, inerstiyadan foydalangan holda depsinish ijro etiladi.
Ikkinchi faza – sakrash. Vertikal ravishda, qo‘llarni oldinga–yuqoriga shiddatli harakati to‘rga tegmasdan va ikki oyoq bilan depsinish evaziga amalga oshiriladi. Sakrash fazasining so‘nggi damida gavda orqa tomonga egiladi, zarba beruvchi qo‘l, shiddat bilan yoy shaklida yuqoriga harakatlantiriladi, qo‘l tirsak qismidan past tomonga bukiladi.
Uchinchi faza – to‘pni zarba bilan urish. O‘ng qo‘lni (zarba beruvchi qo‘l) tirsak qismidan yozilishi, uni yuqoriga – oldinga qarab ijro etilgan harakati bilan ifodalanib, qo‘l aynan vertikal holatgacha yozilgan vaqtda qo‘ldan tashqari qorin-ko‘krak-bel mushaklarini baravariga keskin qisqarishi yordam berishi zarur. Zarbani taktik maksadga qarabbarcha mushaklarni qisqarish kuchi va ishtirok etish foizi turlicha bo‘lishi mumkin.
To‘rtinchi faza – qo‘nish. Oyoqlarni egilgan holatida amortizastiya qarshiligida ijro etiladi.
Zarba berish texnikasi – to‘g‘ri yo‘nalishda, ya’ni chopishni yo‘nalishida, gavdani burmasdan va burib turli yo‘nalishda zarba berishni o‘z ichiga oladi. Zarbaning mazkur turlaridan tashqari sakrab yon tomomn bilan zarba berish turi mavjud. Lekin zarbaning ushbu turi so‘nggi yillarda, afsuski, kam ijro etilmoqda.