Mavzu: Psixologiya fan sifatida. Ilmiy psixologik bilimlarning o'ziga xos xususiyatlari
Reja: Kirish. I.BOB. 2.1. Psixologiya haqida tushuncha 2.2.Psixologiya fan sifatida 2.3 Miya va psixika II.BOB. 3.1. Inson hayotidagi reflekslar 3.1. Ong haqida tushuncha Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish
I.BOB 2.1 Psixologiya haqida tushuncha Inson mavjud ekan, u o’z hayotiy tajribaciga asoslanib, u yoki bu holda idrok etish, olamni anglash, narsa va hodisalarni ajratish kabi xususiyatlarga ega ekanligi haqida o’ziga o’zi hisob beradi.
Biz kunda qushlarning sho’x navosini, musiqa asboblarining xonishini, inson nutqini, uchib o’tayotgan samolyot shovqinini eshitamiz, atrofimizni o’rab turgan narsa, daraxt, hayvonlar, mashinalarni ko’ramiz. Ularning rangi va hajmini ajrata olamiz. Mazkur jarayonlar insondagi aks ettirish xususiyati bilan chambarchas bog’liq.
Psixologiya fanining predmetini tahlil qilishda asosiy e'tiborni quyidagilarga qaratish lozim. Jumladan, shaxs haqida fikr yurituvchi fanlar sirasiga psixologiya va pedagogika fanlarini kiritish mumkin. Shunga ko’ra pedagogika shaxsni ta'lim- tarbiya jarayonida kamol topishini tadqiq qilsa, psixologiya shaxsda kechadigan ruhiy jarayonlarni o’rganadi. Shundan xulosa qilishimiz mumkinki, psixologiya fanining predmetini - shaxsning psixikasi va uning psixologik xususiyatlari tashkil qiladi.
Psixologiya so’zining lug’aviy ma'nosi grekcha psyuxe - jon, ruh, logos - fan, ta'limot degan ma'noni anglatadi. Psixologiya fan sifatida psixik faktlar, ularning qonuniyatlari va mexanizmlarini o’rganadi.
Psixologiya asosan psixikani keng doirada tadqiq qiladi. Shunga ko’ra psixikaning yuzga keltiruvchi asosiy psixik faoliyatlari ko’rsatilgan. Aynan psixik faoliyatlar quyidagi jarayonlarni o’z ichiga oladi: