Reja: Kirish. I. Bob



Yüklə 116,92 Kb.
səhifə2/10
tarix20.11.2023
ölçüsü116,92 Kb.
#164325
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Psixologiya fan sifatida

bilish faoliyatlari: diqqat, nutq, faoliyat;

  • bilish jarayonlari: sezgi, idrok, xotira, xayol, tafakkur;

  • shaxsning, hissiy, irodaviy sohasi: - hissiyot, iroda;

  • shaxsning individual psixologik xususiyatlari: temperament, xarakter, qobiliyat.

    Psixikaning paydo bo’lishining asosiy shakllari M.Gamezo va Domashenkolarning "Atlas po psixologii" nomli qo’llanmasida quyidagicha ifodalanadi:

    Shunga muvofiq bir qator olimlar tomonidan psixikaga ta'riflar berilib, uning mazmun mohiyati ochib berilgan. Jumladan, professor M.G.Davletshin fikricha, psixika deganda - oliy darajadagi materiyaning (miyaning) xususiyati tushunilib, u ob'ektiv borliqni aks ettirilishida namoyon bo’ladi, sub'ekt faoliyatini ma'lum maqsad asosida yo’naltiradi hamda xulq-atvor negizida shakllanadi, professor V.M.Karimova fikricha psixika - inson ruhiyatining shunday holatiki, u tashqi olamni (ichki ruhiy olamni) ongli tarzda aks ettirishimizni, ya'ni bilishimiz, anglashimizni ta'minlaydi.
    Psixika bu aks ettirishdir. Jonli va jonsiz tabiatda aks ettirishning o’ziga xos usullari mavjud. Aks ettirish jarayonini quyidagicha ifodalash mumkin.

    Jonsiz materiya uchun aks ettirishning mexanik, kimyoviy va fizik turlari xosdir. Masalan, ko’zguning aks ettirishi, suvdagi ta'sir va boshqalar. Jonli materiya uchun aks ettirishning fiziologik, psixik aks ettirish turlari xos bo’lib, ong va o’zini-o’zi anglash uning eng yuqori bosqichidir. Psixik aks ettirish quyidagi xususiyatlarga ega:

    1. ob'ektiv borliqni to’g’ri aks ettirish imkoniyatini beradi;

    2. shaxsning faoliyati davomida mukammallikka erishib boradi;

    3. doimo rivojlanib va takomillashib boradi.

    4. Shaxsning individualligi orqali namoyon bo’ladi.



    2.2.Psixologiyaning fan sifatida shakllanishi
    Insonda jismoniy tanadan tashqari undan farqlanuvchi yana nimadir borligi haqidagi tasavvurlar qadimdanoq mavjud bo’lgan. Eng qadimgi davrlardayoq inson tush ko’rish hodisasi orqali ayrim odamlarning noyob qobiliyatlari (masalan, ovdagi muvaffaqiyatlar) o’lim va boshqa hodisalarning sabablarini tushuntirishga intilgan. Ammo dastlabki qarashlar mifologik xarakterda edi. Ular fikrlash orqali emas, ko’r-ko’rona ishonch vositasida egallanardi. Ruh haqidagi qarashlar ko’pincha nafas bilan bog’lanardi, ruhni esa uchar mahluq sifatida tasavvur etardilar.
    Psixologiya haqidagi fikrlar qadim zamonlardan beri mavjuddir. Ilk davrlarda psixologik xususiyatlarni jonning ishi deb tushuntirilgan. Jonning o’zi esa odam tanasidagi maxsus ikkilamchi jism deb qaralgan. Bunday tasavvurlar "animizm" deb ataladi. Animizm so’zi -anima "jon" degan ma'noni anglatadi. Jon o’z mohiyatiga ko’ra olovsimon uchqundan iborat ekanligi Geraklit tomonidan, yoki olovsimon atomdan iboratligi Demokrit tomonidan ta'kidlangan.

    Yüklə 116,92 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin