Reja: kirish I. Turkistonda arxiv ishi tarixi


Ikkinchi jahon urushi (1941



Yüklə 53,91 Kb.
səhifə6/7
tarix12.06.2023
ölçüsü53,91 Kb.
#129034
1   2   3   4   5   6   7
Turkistonda arxiv ishi tarixi (1917-1924 yillarda)

2.2 Ikkinchi jahon urushi (19411945) yillarida O‘zbekistonda arxiv ishi
1941-yili yozidan boshlab SSSR qatorida O‘zbekiston SSR ham ikkinchi jahon urushi girdobiga tortildi. Urush tufayli O‘zbekistonga frontga yaqin hududlardan zavod-fabrikalar bilan bir qatorda oliy o‘quv yurtlari ham evakuatsiya qilindi. Ikkinchi jahon urushi munosabati bilan Toshkentga juda ko‘p olimlar, sharqshunoslar, tarixchi, tilshunoslar va boshqalar kelishdi. Natijada Sovet Ittifoqi va O‘zbekiston SSR olimlari o‘rtasida juda yaxshi ilmiy aloqa o‘rnatildi. 1940-yil yanvar oyida sobiq SSSR Fanlar Akademiyasining O‘zbekistondagi filiali ochildi. Uning tarkibida Tilshunoslik instituti, adabiyot, tarix va ijtimoiy yo‘nalishlarni yorituvchi sohalar shu jumladan, arxivshunoslik sohasi ham yo‘lga qo‘yildi. Ikkinchi jahon urushi yillari O‘zbekiston SSRda arxiv ishi tarixida eng og‘ir davrlardan biri bo‘ldi. Adolatsiz urushning boshlanishi respublikamiz mehnatkashlarining dushmanga nafratini va Vatanga mehrini, vatanparvarligini kuchaytirdi. Bir necha arxivchilar ixtiyoriy ravishda frontga jo‘nab ketdilar. Arxiv tashkilotlari xodimlari dushmanni tezda tor-mor etishga, g‘alabaga erishishga qaratilgan ijtimoiy tadbirlarda faol ishtirok etdilar. Toshkent shahar arxiv tashkilotlari jamoalari mudofaa jamg‘armasiga har oy o‘z maoshlarining 2 foizini o‘tkazib turdilar. Arxivchilar evakuatsiya qilingan gospital, bolalar uylarini otaliqqa oldilar. Ularga moddiy va ma’naviy yordam ko‘rsatib bordilar. Bayramlarda sovg‘alar tashkil qilib, jangchilarga jo‘natib turdilar.1941-yilda arxiv idoralarida 98 ta tashkilotning arxivlari tartibga keltirildi. Shu yili O‘zSSR Markaziy arxiv va Markaziy harbiy davlat arxivi 35 ming saqlov birligidagi hujjatlarni qabul qildi. 1942 yilda yuqorida tilga olingan arxiv va Toshkent viloyati davlat arxivlari tomonidan 65 mingga yaqin saqlov birligidagi hujjatlar qabul qilindi. O‘sha yillardagi arxiv sohasida olib borilgan ishlarning umumiy ma’lumoti quyidagicha edi. Ya’ni, 1940-yil respublika arxivlarida 1.263.786, 1942-yilda esa 1.710.177 saqlov birligiga oshdi. Lekin keyingi yillarda hujjatlarni davlat arxiviga qabul qilish kamaydi. Arxivlarda hujjatlarni qabul qilish va saqlashga joy yetishmas edi. 1944-1945-yillarda davlat arxivlariga bor-yo‘g‘i 48 ming saqlov birligi qabul qilindi1. 1942-yil noyabrda Toshkent shahrida O‘rta Osiyo va Qozog‘iston respublikalari arxiv xodimlarining kengashi bo‘lib o‘tdi. Qabul qilingan qarorda bu respublikalar arxiv idoralarining hujjatlarni ehtiyot qilishni ta’minlash, tartibga solish va ulardan urush manfaatlari yo‘lida foydalanishda katta yutuqlarga erishgani etirof etildi. Shu bilan birga O‘zbekiston SSR arxiv idoralari ishida ayrim kamchiliklar mavjudligi ko‘rsatib o‘tildi. Shuningdek, tuman davlat arxivlari inqirozga uchraganligi, zaiflashganligi, markaziy arxivlarda ishchilarning, arxivchilarning etishmasligi, O‘zSSRda kino-foto-fonohujjatlar davlat arxivi tashkil etilmaganligi ko‘rsatib o‘tildi. Kengash arxiv hujjatlarini ehtiyot qilish choralarini ko‘rish, ilmiy va tashviqot maqsadlariga hujjatlardan keng foydalanishni tashkil etish zarurligi ta’kidlandi.1941-yili O‘zSSR tarkibida Andijon, Namangan, Surxandaryo va keyinroq, 1943-yili Qashqadaryo viloyatlari tashkil etilishi munosabati bilan viloyat Ichki Ishlar Xalq Komissarligi (IIXK) boshqarmasida arxiv bo‘linmalari va viloyat davlat arxivlari tashkil qilindi.Urush davrining qiyinchiliklariga qaramay, respublika hukumati arxiv ishini yaxshilash sohasida ancha ishlarni amalga oshirdi. O‘zbekiston SSR XKSning 1943- yil 18-fevral qarori bilan O‘zSSR kino-foto-fonohujjatlar Markaziy arxivi tashkil qilindi. Yangi tashkil qilingan kino-foto-fonohujjatlar Markaziy davlat arxivi 19441945-yillarda 15 mingdan ortiq fotohujjatlarni qabul qildi.Urush sharoitida davlat arxivlari tartibga solinmagan arxivlarni, asosan frontga jo‘natilgan harbiy qismlar arxivlarini qabul qilishga majbur bo‘ldilar. Davlat arxivlarining asosiy vazifalaridan biri tartibga solinmagan arxiv jamg‘armalarini tartibga solish edi. Respublika davlat arxivlarida 1941-yili 100 ming, 1944-1945- yillarda esa 136 ming saqlov birligidagi hujjat tartibga solindi. Arxiv hujjatlaridan foydalanish sohasida ham bir qator ishlar qilindi. Xalq xo‘jaligi maqsadida foydalanish uchun ko‘p hujjatlar topilib, tegishli tashkilotlarga yuborildi. Bu hujjatlardan foydalanish tashkilotlarga ancha iqtisodiy samara keltirdi. Arxiv tashkilotlari “Frontga xatlar” va boshqa bir necha hujjatlar to‘plamlarini tayyorlashga kirishdilar. Arxivchilar tomonidan arxiv hujjatlari asosida yozilgan maqolalar gazeta va jurnallarda e’lon qilinib turildi. Arxiv o‘qish xonalarida bir necha yuzlab tadqiqotchilar ilmish ishlari uchun arxiv hujjatlaridan foydalandilar.Shunday qilib, arxivchilar urush davrida ham faol mehnat qilishdi. Arxiv hujjatlarini ehtiyot qilib saqlash, hujjatlarni qabul qilish, tartibga solish, ulardan foydalanishni tashkil etish sohasida samarali ish olib borildi. Ikkinchi jahon urushdan keyingi yillarda arxivchilar oldida turgan muhim vazifa arxiv materiallarining saqlanish holatini yaxshilash edi. Hujjatlardan foydalanishni yaxshilash uchun ko‘rsatgich (putevoditel)lar, ilmiy ro‘yxatlar, kataloglar va boshqa axborotnomalar tayyorlash zarur edi1. Bu ishlarni amalga oshirishdan avval arxivchilar davlat arxivlarida saqlanayotgan tartibsiz arxiv fondlarini tartibga soldilar. 19461951-yillarida 280 mingga yaqin saqlov birligi tartibga solindi, 150 ming keraksiz, ahamiyatsiz yig‘majildlar yo‘q qilishga ajratildi. Shunday qilib, davlat arxivlaridagi hujjatlarning barchasi tartibga solindi. Bu esa, arxiv hujjatlaridan foydalanishni osonlashtiradigan ilmiy axborotnomalar tuzish ishiga kirishishga imkon berdi.Urushdan keyingi yillarda O‘zSSR Markaziy davlat tarix arxivining ko‘rsatgichi tayyorlandi va O‘zSSR Oktyabr inqilobi markaziy davlat arxivi ko‘rsatgichi ustida ish boshlandi. Bundan tashqari, 10 dan ortiq arxiv fondlarining sharhi axborotnomasi tuzildi, tematik sharhlar yozildi. Ayrim muhim arxiv fondlarining ro‘yxatlari nashr qilish uchun tayyorlangan edi, lekin e’lon qilinmay qoldi.Xorijlik arxivshunos olim A.Burton O‘zbekiston SSRda ikkinchi jahon urushidan keyingi arxiv hujjatlariga bo‘lgan munosabat haqida fikr yuritar ekan jumladan shunday degan edi: “Tarixchilar 1930-yillarda oxir oqibatda milliy bo‘linishlarni emas, ijtimoiy tabaqalanishni aks ettiradigan hujjatlarni izlashga kirishdilar. 1937-yilgacha Stalin Rossiya imperiyasining yangi talqinini shakllantirdi. Tarixchilar uni jabr sitam etkazuvchi hukumat emas, balki qattiqqo‘l hokimiyat deb ta’riflay boshladilar. Go‘yoki Evropaga qaraganda imperiyaning ichki sinfi Rossiya hukumronligi ostidagi qatlam holati ancha yaxshilangandek edi. Urushdan keyingi davrda ham sovet tarixchilari tarixni qo‘llashda davom etdilar. 1953-yilda Rossiyaning tarixiy adabiyotlarida "bosib olish" so‘zining o‘rniga qo‘llaniladigan "birlashtirish" terminining ahamiyatli tomonlarini muhokama qilina boshlandi. Bu kabi ta’riflar jamoatchilikning ko‘ngliga yo‘l topishga imkon yaratdi. Sovet Ittifoqi qardosh xalqlari deb nomlanuvchi o‘zbek kommunistik partiyasining 1-sekretari 1956-yildagi nutqi chor hukumati bosqiniga qarshi o‘zbek-rus xalqlarining ittifoqqa kirishi haqida edi. Pravdo Vostoka deb ataluvchi partiya gazetasida mazkur mavzu xususida fikr bildirilgan. Bunda ushbu mavzu yuzasidan turli konferensiyalarning o’kazish kerakligi ta’kidlangan. Ammo bu masala mahalliy tarixchilarda noqulayliklar tug‘dirganini ko‘rsatdi. Ma’lum bir o‘zbek tarixchilari iqtisodiy o‘sish izchil rivojlanayotgan masalalar xususida va Rossiya tomonidan olib borilayotgan ba’zi bir ishlarni ochiqdan-ochiq qoraladilar. Ular mahalliy aholini oyoq osti qilishga qarshi ochiqdan-ochiq so‘zga chiqdilar. Arxivlarda saqlanayotgan ularning nutqi bugungi taqiqotchilar uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Urushdan keyingi yillarda fotohujjatlar uchun ham tematik va ismlar kataloglari tashkil qilindi. Bu qilingan ishlar davlat arxivlarida saqlanayotgan arxiv hujjatlari haqida tadqiqotchilarga to‘laroq axborot olish va ulardan kengroq foydalanish uchun imkoniyat ochib berdi. Arxiv tashkilotlarining muhim ishlaridan yana biri idoralar arxivlarini tartibga solish va hujjatlarni ehtiyot qilib saqlashni tashkil etish edi. Bu ishda O‘zSSR Ministrlar Sovetining 1949-yil 13-yanvardagi davlat va idoraviy arxivlar ishini yaxshilash to‘g‘risidagi qarori muhim ahamiyat kasb etdi. Bu qaror e’lon qilingandan keyin ko‘plab tashkilotlar arxivlari uchun maxsus binolar ajratdilar, arxivlarini tartibga soldilar. 1951-1954-yillari Toshkentda 378 tashkilot arxivlari tartibga solindi.Idoralar arxiv ishlarini yaxshilash uchun bir necha metodik qo‘llanma tayyorlandi. Masalan, «Tashkilotlarda arxiv hujjatlarining ekspertizasini o‘tkazish uchun esdalik», «Idoralar arxivlari ishini nazorat qilish uchun ko‘rsatmalar», «Ministrliklar arxivlari ishini rejalashtirish va hisobot qilish bo‘yicha ko‘rsatmalar» shular jumlasidandir. 1963-yil 14-oktyabrda O‘zSSR Ministrlar Soveti «O‘zSSRda arxiv ishini yaxshilash tadbirlari to‘g‘risida» qaror qabul qildi. Bu qaror idoraviy arxivlar, ya’ni tashkilotlar arxivlari ishini yaxshilashda muhim rol o‘ynadi. Unga ko‘ra idora arxivlarini yaqin 2-3 yil ichida tartibga solishni tugatish, doimiy saqlanadigan hujjatlarni davlat arxivlariga topshirish, arxivlarning o‘zini esa, hujjatlarini beshikast saqlashga yaraydigan binolarga joylashtirish va ularni malakali kadrlar bilan ta’minlash keng yo‘lga qo‘yildi.Davlat arxivlari tashkilotlar arxivlari ishini nazorat qilishni kuchaytirdilar. Shu bilan birga, ularga yordam berishga katta e’tibor qaratdilar. Bu ishlar natijasida respublikada 1964-yili 1809 tashkilotda, 1965-yili 1759 tashkilotda arxiv hujjatlari tartibga solindi. Idoraviy arxivlar bilan bir qatorda tashkilotlarda ish yuritish ishini yaxshilashga ham katta e’tibor berildi. Davlat arxivlari idoralarda ish yuritishni yaxshilashga yaqindan yordam berishdi. 1959-yili Toshkent shahrida birinchi bor ish yuritish kursi ochilib, kotiba va ish yurituvchilar malakasi oshirildi. Keyingi yillarda bunday tadbirlar doimiy amalga oshirilib turildi. Bu masalaga oid har xil qo‘llanmalar, ko‘rsatmalar ishlab chiqildi. Bu qo‘llanmalar idoraviy arxivlar ishini va ish yuritishini yaxshilashga katta hissa qo‘shdi.Davlat arxivlari uchun maxsus binolar ham qurildi. 1964-yili O‘zbekiston SSR Markaziy Davlat arxiviga yangi bino qurilib foydalanishga topshirildi. 1970-yili O‘zSSR kino-foto-fonohujjatlar MDAga maxsus bino qurib berildi. Lekin viloyatlarda ko‘p arxivlar eski binolarda faoliyat yuritib kelar, ularda hujjatlarni saqlash uchun zarur shart-sharoitlar yaratilmagan edi. Davlat arxivlari hujjatlarni qabul qilish sohasida ham anchagina ishlar qildi. 1946-1955-yillarda 600 mingdan ko‘proq saqlov birligidagi hujjatlar vazirliklar, idoralar arxivlaridan qabul qilib olindi. Bu sohada joylarda ham ancha tadbirlar o‘tkazildi. 1947-yili respublikada 118 tuman va 5 ta shahar arxivida 137 ming saqlov birligida yig‘majildlar saqlangan bo‘lsa, 1955-yili 8 shahar va 138 tuman davlat arxivlarida 642 ming saqlov birligida hujjatlar saqlangan.19461955-yillarda 5 ta hujjatlar to‘plami nashr qilindi. «Frontdan xatlar» (1949-yil), «Afg‘onistonda Angliya agressiyasi» (1889-1917-yillar) ana shunday hujjatlar to‘plamidir.Arxiv hujjatlaridan ilmiy maqsadda foydalanishni yaxshilashda O‘zSSR Ministrlar Sovetining 1956-yil 31-martdagi «O‘zSSR Ministrliklari va idoralar arxiv materiallarini saqlash usullarini tartibga solish va ulardan foydalanishni yaxshilash tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori muhim rol o‘ynadi. Respublika hukumati arxiv tashkilotlariga hujjatlardan foydalanishni kengaytirish, hujjatli to‘plamlar, ma’lumotnomalar, arxiv fondlari axborotnomalarini tayyorlashni va«O‘zdavlatnashr»ga ularni nashr qilishni topshirdi1. Bu qaror arxiv tashkilotlarining ilmiy ishlarni, hujjatlarni e’lon qilish borasidagi ishlarini jonlantirib yubordi. Bir necha yil ichida 20 ga yaqin hujjatlar to‘plamlari nashr qilindi. Shu jumladan Oktyabr to‘ntarishiga oid 2 ta, "bosmachilar" harakatiga doir 2 ta, kollektivlashtirishga oid 4 ta, «O‘rta Osiyoni tadqiq qilgan rus olimlari» nomli seriyada 4 ta to‘plam tayyorlanib nashr qilindi.XX asr 60-yillaridan boshlab mavzular bo‘yicha arxiv hujjatlarining kataloglari tayyorlana boshlandi. 1963-1967-yillarda 50 mingdan ortiq kartochka yozilgan edi. Markaziy davlat arxivida ilmiy ma’lumotnoma apparati bo‘limi tashkil qilinib, bu bo‘lim xodimlari MDAning tizim (sistematik) katalogini tayyorlashgakirishdilar. Oldin tuzilgan tematik kartotekalar kartochkalari sistematik katalogiga qo‘shildi. Shuningdek, fotohujjatlarga ham 50 ming kartochka tuzildi. Bu kataloglar hozirgi kunga qadar to‘ldirib borilmoqda va tadqiqotchilarga hujjatlar qidirish ishlarini engillashtirmoqda. 1960-yili O‘zSSR MDA sovet fondlari ko‘rsatgichi (putevoditel) nashr qilindi. 1964-yili O‘zSSR kino-foto-fonohujjatlar MDA ko‘rsatgichi e’lon qilindi. Bu ko‘rsatgichlar tadqiqotchilarning arxiv materiallaridan foydalanishida juda katta qulayliklar yaratdi.50-yillarning oxiri va 60-yillar ichida arxiv ishini yaxshilash maqsadida davlat arxivlari va arxiv idoralarida qator tashkiliy qayta qurish ishlari amalga oshirildi. 1958-yili O‘zSSR Oktyabr inqilobi Markaziy davlat arxivi O‘zSSR Markaziy davlat tarix arxivi bilan birlashtirilib, yagona O‘zSSR Markaziy davlat arxivi tashkil qilindi. Bir yildan keyin bu arxivga O‘zSSR kino-foto-fonohujjatlar markaziy davlat arxivi ham qo‘shildi. Shunday qilib, 50-yillar oxiriga borib respublikada arxiv tashkilotlarining tartibli tizimi vujudga keldi. Bu tizim ilmiy va tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan barcha hujjatlarni ehtiyot qilnb saqlash va ulardan foydalanishni tashkil qilish imkoniyatiga ega bo‘ldi.1960-yillar boshida arxivlar taraqqiyotida yangi davr boshlandi. Arxiv tashkilotlarini bevosita O‘zbekiston Ministrlar Sovetiga bo‘ysundirilishi respublikada arxiv ishini rivojlanishiga yordam qilgan muhim omil bo‘ldi. Ministrlar Sovetining 1961-yil 9-maydagi qarori bilan O‘zbekiston Ichki ishlar ministrligining arxiv boshqarmasi O‘zbekiston Ministrlar Soveti huzuridagi Arxiv boshqarmasi qilib qayta tashkil qilindi. Shu qaror asosida mahalliy arxiv tashkilotlari Qoraqalpog‘iston ASSR Ministrlar Soveti va viloyatlar ijroiya qo‘mitalari arxiv bo‘limlari qilib qayta tashkil qilindi. Arxiv tashkilotlarini Ministrlar Soveti va viloyatlar ijroiya qo‘mitalari ixtiyoriga o‘tkazilishi ularni davlat apparati tizimidagi rolini orttirdi va arxiv ishi taraqqiyotida yangi bosqichni boshlab berdi1. Arxiv tashkilotlari respublika davlat hokimiyati va boshqaruv organlari bilan teng huququli bo‘lib qoldi va ular arxiv ishi hamda ish yuritishni tashkil qilish faoliyatini nazorat qilish huquqiga ega bo‘ldi. Arxiv tashkilotlarining asosiy vazifasi siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, ilmiy, amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan hujjatlar saqlanishini ta’minlash hisoblanadi. Ular tarixiy hujjatlarni davlat saqloviga tanlab olish, saqlanishini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. SHuning uchun arxiv tashkilotlari hujjatlar qimmatdorligini ekspertiza qilishga va ular bilan davlat arxivlarini butlashga katta e’tibor beradi.1960-1961-yillarda Ittifoq Bosh arxiv boshqarmasi ko‘rsatmasiga binoan respublikada arxivlarni butlash tamoyili tubdan qayta ko‘rib chiqildi. O‘z faoliyati natijasida ilmiy ahamiyatga ega hujjatlar vujudga kelmaydigan mayda, yordamchi va kommunal maishiy tashkilotlar (sartaroshxona, atele, oshxona, apteka, do‘konlar, hammomlar, ta’mirlash ustaxonalari, avtobazalar, mehmonxonalar va boshqalar)dan davlat saqloviga hujjatlar qabul qilish to‘xtatildi. Buning natijasida arxiv tashkilotlari o‘z faoliyatida asosiy e’tiborni hujjatlar saqlanishini nazorat qilishga, davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, muhim sanoat, qurilish hamda shunga o‘xshash korxonalar hujjatlarining qabul qilish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.Respublika davlat arxivlari hujjatlari qabul qilinadigan va qabul qilinmaydigan tashkilotlar, muassasalar, korxonalar ro‘yxatlarini tuzdilar va davlat arxivlari hujjatlarni qabul qilishda mana shu ro‘yxatga amal qiladigan bo‘ldilar.Arxivlarni butlash, ekspertiza qilish, idoraviy arxivlarni nazorat etish sohalaridagi qayta qurish ishlariga oid respublika Ministrlar Soveti xuzuridagi arxiv boshqarmasi qator metodik qo‘llanmalar tayyorladi. Arxivlarni butlash masalasi arxiv boshqarmasining ilmiy kengashida muhokama qilindi va uning qarori davlat arxivlariga ijro etish uchun yuborildi. 1961 yildan boshlab davlat arxivlarining ekspert tekshiruv komissiya (ETK) lari vazifalari tubdan o‘zgardi. ETKning ekspertiza masalasida asosiy vazifasi davlat arxivlarini nazorat qiladigan tashkilotlar topshirgan doimiy saqlanadigan hujjatlarning ro‘yxati (opisi)ni ko‘rib chiqish va tasdiqlash bo‘lib qoldi. Shuningdek ETK 5 yildan ortiq saqlanadigan materiallar dalolatnomasini va hujjatlarni saqlash muddati ko‘rsatilgan ro‘yxat (perechen) da ETK belgisi bor materiallar ro‘yxatini muhokama qilib, tasdiqlaydigan bo‘ldi.


Xulosa
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, O‘rta Osiyo respublikalarining milliy-hududiy chegaralanishi va 1925-1926 yillarda O‘zbekiston SSR tuzilishi bilan viloyat ijroiya qo‘mitalari huzurida hududiy arxiv byurolari tashkil etildi. 
1930 yildan O‘zbekiston Markaziy Arxiv boshqarmasi (O‘zMAB) vujudga keldi. 1931 yilda O‘zbekiston YaDAJ bo‘limlari o‘rniga Markaziy arxiv (MA), O‘zbekiston Markaziy Tarix arxivi (O‘zMTA), 1943 yil 18 martda O‘zbekiston kinosurat-ovozli hujjatlar Markaziy Davlat arxivi, 1959 yil 5 iyunda arxiv ishi, Markaziy davlat arxivi va respublikaning markaziy va viloyat arxivlari tarkibiga O‘z KFFH MA kiritildi. 1962 yilda O‘zbekiston Markaziy davlat tibbiyot arxivi (1965 yildan O‘zbekiston Tibbiyot va texnika hujjatlari Markaziy davlat arxivi deb o‘zgartirildi) tashkil etildi.   Arxivlar ishlarini uyg‘unlashtirish va boshqarish uchun 1959 yilda O‘zbekiston ichki ishlar vazirligi qoshida  boshqarma tuzildi. 1961 yildan mazkur Boshqarma Arxivlar Bosh boshqarmasiga aylantirilib, O‘zbekiston Ministrlar Sovetiga bo‘ysundirildi. 1992 yil 19 iyulda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Bosh arxiv boshqarmasi deb nomlandi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyat Arxivlari hamda muassasalar tasarrufidagi Arxivlar unga bo‘ysundirildi. O‘zbekiston Respublikasida jami 103 davlat Arxivi bo‘lib, ularda 8 mln.ga yaqin hujjatlar saqlanadi.O‘zbekiston xalqining moddiy va ma’naviy hayoti aks ettirilgan barcha Arxiv fondlarining majmui O‘zbekiston Respublikasi Milliy Arxiv fondi deb hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Milliy Arxiv fondi davlat va nodavlat Arxiv fondlaridan tashkil topadi. Davlat Arxivlarida va davlatning boshqa hujjatxonalarida doimiy saqlanayotgan hujjatlar, shuningdek davlat hokimiyati va boshqaruv organlarida, prokuraturalar, sudlar, banklar, davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlarida, O‘zbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalarida vaqtincha saqlanayotgan Arxiv hujjatlari davlat Arxiv fondini tashkil etadi.


Yüklə 53,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin