Reja: kirish I. Turkistonda arxiv ishi tarixi


-bo‘lim. Ma’muriy-diplomatik (yuridik seksiyalarni birlashtiradi); 2-bo‘lim



Yüklə 53,91 Kb.
səhifə4/7
tarix12.06.2023
ölçüsü53,91 Kb.
#129034
1   2   3   4   5   6   7
Turkistonda arxiv ishi tarixi (1917-1924 yillarda)

1-bo‘lim. Ma’muriy-diplomatik (yuridik seksiyalarni birlashtiradi); 2-bo‘lim. Harbiy seksiya; bo‘lim. Maorif va iqtisodiyot seksiyalari;bo‘lim.Tarixiy-inqilobiy, Sharq va matbuot seksiyalaridan iborat bo‘lgan.
Davlat arxivi fondiga faqat 1917-yildan oldingi tashkilotlar arxiv hujjatlarigina emas, balki sovet tashkilotlari arxiv hujjatlari ham qabul qilingan. Tashkilotlarda hujjatlar 5 yil saqlanishi va keyin davlat arxiviga topshirilishi belgilangan. Shu davrdan boshlab YADAF tarkibidagi arxiv hujjatlari ekspertiza qilinib, doimiy saqlash uchun ajratilgan hujjatlar tartibga solindi va ro‘yxatlashtirildi. 1920- 1922-yillarda YADAFda 150 mingga yaqin hujjatlar ro‘yxatga olingan. 1924-yilga kelib butun saqlanayotgan arxiv materiallarining uchdan bir qismi tartibga solingan edi.Shunday qilib, arxiv hujjatlarini tartibga solish, ulardan ilmiy va amaliy maqsadda foydalanish imkoni berildi. Arxivning ilmiy xodimlari bir necha ilmiy ishlar tayyorlashdi. Masalan, A.A. Galperin “1918 yil martda Kolesovning Buxoroga yurishi” asarini yozgan edi. Arxiv ma’lumotlarini bosmadan chiqarish say-harakatlari 1922-yilda “Qizil arxiv” deb nomlanuvchi jurnalning nashr qilinishi bilan boshlangan. Uning birinchi galdagi vazifasi hech qanday yashirin sirning yo‘qligini ko‘rsatish edi. Jurnalda imperiyadagi mavjut korrupsiya va tengsizliklarni takidlaydigan izohlar bilan birgalikda chor Rossiyasi hujjatlari ham nashr qilingan. Ba’zi maqollalar esa masxara qilish uchun nashr qilingan. O‘rta Osiyo qo‘zg‘olonining yigirma yilligiga bag‘ishlangan, 1936-yilda nashr qilingan maqolada Farg‘ona viloyat harbiy gubernatori general-letenant Gippiusning tartibsizliklarni bostirish yo‘lidagi say- harakatlari aks ettirilgan (Antonina Burton. Archive Stories.(facts, fictions and the writing of history). – London.2005.–R.-50.). 1920-1924-yillarda Turkistonda metodik qo‘llanmalar ham yozildi. Masalan, arxiv fondlarini bayon qilish, tashkilotlarda joriy arxivlar ishlarini olib borish tartibi, joriy arxivlarni nazorat qilish va hisobga olish, hujjatlarni ajratish hamda yo‘q qilish to‘g‘risida yo‘riqnomalar tuzildi. Shunday qilib, oktyabr to‘ntarishidan keyingi dastlabki yillarda Turkiston arxivchilari respublika markazlashgan arxivni tashkil qilish uchun bor kuchlarini ayamadilar. Arxiv hujjatlarini tashish uchun transport va mablag‘ bo‘lmagan hollarda ularni arxivchilarning o‘zlari tashidilar, saqlab qolish uchun qo‘ldan kelgan barcha choralarni ko‘rdilar. O‘sha yillar og‘ir yillar bo‘lib, maoshlar yarim yillab berilmas edi. Lekin arxivchilar isitilmaydigan sovuq xonalarda, och holda ishlasalar ham ishni tashlamay davom ettirganlar. Turkiston Avtonom Sovet Respublikasining arxiv hodimlari oktyabr to‘ntarishidan oldingi tashkilotlarning, ya’ni Turkiston general-gubernatorligi tashkilotlarining arxivlarini saqlab qolish uchun katta ishlarni bajardilar. Yagona davlat arxiv fondining tashkil etilishi natijasida arxiv hujjatlarini yig‘ish bilan birgalikda ularni tartibga solish, bayon qilish, ulardan foydalanishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ham ko‘pgina ishlar amalga oshirildi. Oktyabr to‘ntarishidan keyin sho‘rolar tuzumi iqtisodiy, ijtimoiy-siyosyy va madaniy hayotning barcha sohalarini o‘zining istibdod yo‘rig‘iga soldi. Butun mamlakatdagi hujjatchilik, idoraviy ish yuritish tamoyillari ham bu yo‘riq sirtmog‘idan chetda qolmadi. Mohiyatan o‘ta g‘irrom til siyosati tufayli milliy jumhuriyatlardagi tillarning ijtimoiy mavqei pasayib bordi. O‘sha davrdagi o‘lka nufusining 37 foizini o‘zbeklar, 35 foizini qirg‘izlar (qozoqlar bilan birga), 17 foizini tojiklar va atigi 7 foizinigina ruslar tashkil etar edi. Bu hol hisobga olinsa, davlat tilini belgilashdagi mantiqning asossizligini aniq ko‘rish mumkin.Mehnatni ilmiy tashkil qilish muammolariga bag‘ishlab 1921-yilda o‘tkazilgan I Butun Rossiya konferensiyam kun tartibiga kiritilgan boshqarish mehnatini ilmiy tashkil qilish va hujjatlar bilan ishlash masalasi, shuningdek, mamlakatda bu ishlarni muvofiklashtiruvchi va yo‘lga solib turuvchi maxsus tashkilot tuzish masalasining asl mohiyati ham rus tilining ijtimoiy mavqeini yanada kuchaytirishdan iborat bo’lgan. Sho‘ro siyosati go‘yoki o‘zining "millatlar va tillarning tengligini ta’minlash" tamoyilini amalga oshirganday qilib ko‘rsatish maqsadida respublikamizda idoraviy ish yuritishni o‘zbekchalashtirish borasida ba’zi harakatlarni amalga oshirgan. 1923-yil 29-avgustda qabul qilingan Turkiston ASSR MIQning 130- qarori 14 ta moddadan iborat bo‘lib, uning 1-moddasida: “Barcha dekret va qarorlar albatta rus, o‘zbek, turkman hamda qirg‘iz tillarida nashr etiladi” deb, qayd qilingan. Mazkur qarorga binoan respublika hududidagi barcha muassasalarining ish yuritishi 4 ta: rus, o‘zbek, qirg‘iz [qozoq] va turkman tillarida olib borilishi tartibi belgilandi. Shundan kelib chiqib, Yettisuv, Sirdaryo va Amudaryo viloyatlari – qirg‘iz tilida, Farg‘ona va Samarqandda o‘zbek tilida va Turkman viloyatida esa turkman tilida ish yuritish tizimi joriy qilingan1. Keyinchalik O‘zbekiston SSR inqilobiy qo‘mitasi tomonidan aniqrog’i 1924- yilning 31-dekabrida 48-raqamli qarorni qabul qilgan. Qarorda hukumat, kooperativ, xo‘jalik idoralari va boshqa muassasa, tashkilot va korxonalar doiralarida butun yozuv ishlarini faqat o‘zbek tilida yurgizishga majbur etish vazifasi qo‘yiladi. Buning uchun korxona, tashkilot va muassasalarda ishlarni o‘zbek tilida yurgizish, yo‘riqnomalar nashr etish, yerlik xalqdan amaliy ishchilar (ish yuritish bo‘yicha) tayyorlash va boshqa tashkiliy ishlarni amalga oshirish lozimligi ko‘rsatib o‘tilgan. Bu qarorni joriy qilish yuzasidan, tabiiyki, muayyan ishlar amalga oshirila boshlagan, xususan, maxsus ish qog‘ozlari tayyorlangan. Lekin, XX asrning 30-yillari 2-yarmidan boshlab o‘zbek tiliga bo‘lgan e’tibor rasman susayib borgan. O‘sha murakkab tarixiy jarayon, xalklarning milliy o‘zliklarini anglashlaridan hokimiyatning dahshatli qo‘rquvi, bu qo‘rquv hukmron bo‘lgan qatag‘on davrining achchiq samarasi bugun hech kimga sir emas.
Aytish lozimki, yaqin o‘tmishimizda barmoq bilan sanarli miqdordagi hujjatlar o‘zbek tilida yozilgan. Ammo bu hujjatlarning tilini sof o‘zbekcha deb aytish ancha qiyin. Yaqin-yaqinlargacha "Berildi ushbu spravkani falonchievga shul hakdakim, haqikatan ham bu o‘rtoq shul joyda yashab turadi" qabilidagi 20-yillarda rus tilidan andoza olish tufayli paydo bo‘lgan, ya’ni shaklan o‘zbekcha ma’lumotnomalar yozib kelindi. Rus tilida mazkur matnning asli "Дана настоящая справка Иванову в том, что товарищ Иванов действительно проживает по такому-то адресу" tarzida bo‘lib, bu matn til nuqtai nazaridan benihoya tugal, lo‘nda va benuqson. Ammo o‘zbek tilida ayni so‘z tartibini saqlashning o‘ziyoq o‘zbek tilining tabiatiga mutlaqo zid. Rus tilidan andoza olish (aytish kerakki, bunday hol boshqa tillarda, masalan, tatar tilida ham kuzatiladi), biron-bir darajada bo‘lsin, o‘zini oqlay olmaydi. Umuman, o‘zbek hujjatchiligining boy va uzoq tariximizning ilk bosqichlaridan ibtido olgan an’anasi mavjud bo‘lsa-da, Oktyabr to‘ntarishidan keyin boshqa joylarda bo‘lgani kabi respublikamizda hujjatchilik bevosita o‘zbek tili negizida rivojlantirilmadi. Bu sohadagi asosiy yo‘nalish nusxa ko‘chirishdan iborat bo‘lib qoldi. Ana shuning va boshqa bir qancha omillarning oqibati natijasida o‘zbek tilining rasmiy ish uslubi deyarli takomil topmadi. Hujjatshunos A.S.Golovach shunday ta’kidlaydi: "Boshqaruv sohasidagi kamchiliklarning asosiy sabablaridan biri ayni soha xodimlarining ko‘pchiligida nazariy va amaliy tayyorgarlikning bo‘shligidir. Ular muassasa, tashkilot va korxonalarda qabul kilingan hujjatlar bilan ishlash yo‘riqlari, usullari va yo‘llari majmuini yetarli darajada bilmaydilar". Ba’zan hujjatlarga jiddiy munosabatda bo‘linmaydi, unga shunchaki bir qog‘ozbozlik, nokerak va ortiqcha bir ish sifatida qaraladi. Bu albatta, nomaqbul munosabatdir. Mukammal va oqilona tashkil etilgan hujjatchilik har qanday idoradagi ish yuritishning asosi ekanligini isbotlab o‘tirishning hojati yo‘q1. Barchaga ma’lumki, har qanday hujjat muayyan axborotni u yoki bu tarzda ifodalash uchun xizmat qiladi. Demak, har qanday hujjatdagi birlamchi va asosiy unsur bu tildir. Ayni paytda, hujjatchilikda til axborotni qayd etish vazifasinigana bajarib qolmasdan, boshqaruv faoliyatini izchil tartibga soluvchi vosita sifatida ham namoyon bo‘ladi. Shuning uchun ham, avvalo, o‘z qadimiy an’analarimizdan kelib chiqib va dunyo hujjatchiligidagi ilg‘or tajribalardan ijodiy foydalangan holda, hujjatchiligamizni takomillashtirish yo‘lidan bormoq kerak. Hujjatlarning sof o‘zbek tilidagi yagona andozalarini yaratish, ular bilan bog‘liq atamalarning bir xilligiga erishish borasida ish olib borish bugungi kundagi dolzarb muammolardan sanaladi.


Yüklə 53,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin