Reja: Kirish Investitsiyalarni loyihaviy moliyalashtirish tushunchasi. Investitsiya loyihalarini loyihaviy moliyalashtirish xususiyatlari



Yüklə 80,5 Kb.
səhifə1/5
tarix20.10.2023
ölçüsü80,5 Kb.
#158041
  1   2   3   4   5
Investitsiyalarni loyihaviy moliyalashtirish


Investitsiyalarni loyihaviy moliyalashtirish

Reja:
Kirish


1. Investitsiyalarni loyihaviy moliyalashtirish tushunchasi. Investitsiya loyihalarini loyihaviy moliyalashtirish xususiyatlari.
2. Investitsiyalarni loyihaviy moliyalashtirish sxemalari.
3. Sindikatli kreditlash va uning yuzaga kelish tarixi. Sindikatli kreditlash xususiyatlari.
4. Sindikatli kreditlashni tashkil etish.
Xulosa


Kirish

Loyihaviy moliyalashtirish mazmuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy bankining yo‘riqnomalarida quyidagicha izohlanadi: “loyihaviy moliyalashtirish - bu bank tomonidan kreditni berish, baholash va monitoringini olib borish jarayoni bo‘lib, bunda kredit ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish ob’ektlarining normal ishlashi uchun qurilish, qayta ta’mirlash yoki texnik qayta qurollantirish, shu jumladan, asbob-uskunani sotib olish yoki asosiy fondlarni tashkil etish hamda ishchi kapitalni sotib olishga yo‘naltiriladi”.


Loyihani amalga oshirish orqali ko‘rilgan qo‘shimcha daromad kreditni qaytarishning asosiy manbai bo‘lib hisoblanadi. Agarda loyihani amalga oshirish orqali qo‘shimcha daromad olinmasa yoki loyiha bo‘yicha ishlab chiqarishni modernizatsiyalash orqali iqtisodga erishilmasa, bunday moliyalashtirishni loyihaviy moliyalashtirish, deb bo‘lmadi, u biznes-reja asosida amalga oshiriladigan moliyalashtirish hisoblanadi.
Loyihaviy moliyalashtirish usullari G‘arbiy Evropa mamlakatlarida o‘tgan asrning 80-yillarining boshida turli xil moliyaviy operatsiyalarni bajarish maqsadida foydalana boshlandi. Bu operatsiyalar loyiha tashabbuschilariga qarz to‘lovlariga bo‘lgan xarajatlarni kamaytirishga, moliya-kredit institutlarining yordamidan foylanishga imkoniyat yaratgan edi.
Umuman olganda, loyihaviy moliyalashtirish - bu investitsiya loyihalarini kreditlashtirishning bir turi bo‘lib, kreditor bu loyihani amalga oshirish bilan bog‘liq risklarni qisman yoki to‘liq o‘z zimmasiga oladi. Agar banklarning oddiy kredit operatsiyalarida, eng avvalo, qarzdorning kreditga qobiliyatliligini o‘rganishga, uning moliyaviy va iqtisodiy holatini, barqarorligini, shuningdek, garov sifatida foydalanadigan mol-mulklarni baholashga asosiy ahamiyat berilsa, loyihaviy moliyalashtirishda esa loyihaviy tahlilga asosiy e’tibor qaratiladi.



Yüklə 80,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin