Reja: kirish. Kurs ishining dolzarbligi,maqsadi va vazifalari


Asosiy qism 2.1.TUZLAR GIDROLIZI HAQIDA TUSHUNCHA



Yüklə 0,92 Mb.
səhifə2/10
tarix31.05.2022
ölçüsü0,92 Mb.
#60126
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
tuzlargidrolizi

Asosiy qism 2.1.TUZLAR GIDROLIZI HAQIDA TUSHUNCHA
Suvning vodorod va gidroksil ionlariga dissosilanishi juda muhim hodisa – tuzlar gidroliziga sabab bo’ladi.
Keng ma’noda olganda gidrolizlanish bu turli moddalar va suv orasida sodir bo’ladigan almashinib parchalanadigan reaksiyadir.Bunday ta’rif organik birikmalarning murakkab - efirlari yog’lar uglevodlar oqsillarning gidrolizlanishiga va noorganik moddalar-tuzlar ,karbidlar,galogenlar,metalmaslarning galogenidlari va boshqalarning gidrolizlanishiga ham taaluqlidir.
Umuman, biror moddaga suv ta’sir ettirilganda, shu moddaning tarkibiy qismlari suvning tarkibiy qismlari bilan birikishiga olib boradigan har qanday reaksiya gidroliz deb ataladi.Agar erituvchi suvdan boshqa modda (spirt,benzol,atseton,ammiak…) bo’lsa,bunday reaksiyalar solvoliz deyiladi.
Gidroliz so’zi yunoncha “gidro-suv, “lizis-parchalayman degan ma’noni bildiradi.
Gidroliz reaksiyalarini quydagicha umumiy tenglama bilan ifodalash mumkin:
Kat An +H2O↔Kat OH+H An
Tuz+suv↔asos+kislota
Tenglamadan ko’rinibturibdiki,tuz suvda eriganda u suv molekulalari bilan reaksiyaga kirishib,yomon dissotsialanuvchi modda hosil qiladi,ya’ni gidroliz reaksiyasi natijasida eritmadagi [OH-] va [H+] ionlarning miqdori keskin o’zgaradi.Aniqrog’i gidroliz natijasida eritmaning pH I o’zgaradi va bu o’zgarish harqanday tuz gidrolizinin gmexanizmi tushunishda, gidroliz tenglamasini tuzishda gidroliz reksiyalaridan amaliyotda foydalanishda asosiy ko’rsatgich hisoblanadi.
Masalan: Fosfor(III)xlorid PCl3suv bilan o’zaro ta’rir etib, fosfit kislota H3PO3 bilan xlorid kislotani hosil qiladi:

PCl3 + 3H2O = P(OH)3 + 3HCl


Ma’lumki, kislotalarni asoslar bilan neytrallab, tuzlar hosil qilish mumkin. Demak, normal tuzlarning, kislota molekulasidagi hamma vodorod atomlarining metallga butunlay almashinishidan hosil bo’lgan tuzlarning eritmalari neytral reaksiyaga ega bo’lishi kerak, deb o’ylash tabiiydir. Biroq bu fikr, kuchli kislota bilan kuchli asosdan hosil bo’lgan tuzlar to’g’risidagina o’rinli bo’la oladi. Kuchsiz kislota bilan kuchli asosdan yoki buning aksicha, kuchli kislota bilan kuchsiz asoslardan hosil bo’lgan tuzlar suvda eriganda, neytral reaksiya bera olmaydi. Masalan: temir (III)- xlorid FeCl3 eritmasi, bizga ma’lumki, vodorod ionlari (gidroksoniy ionlari) borligini ko’rsatuvchi kislotali reasiyani nomoyon qiladi; natriy gipoxlorid NaClO eritmasi gidroksil ionlariga xos bo’lgan ishqoriy reaksiyaga ega; kaliy sianid KCN ( kuchsiz sianid kislota HCN tuzi ) eritmasi ham ishqoriy reaksiya beradi va hokazo.


Bu hodisalarga eritilgan tuz ionlari bilan suv ionlarining o’zaro ta’sir qilishi sabab bo’ladi deb tushuntirish mumkin, ularning o’zaro ta’siri natijasida ortiqcha vodorod va gidroksil ionlari hosil bo’ladi. Suvda vodorod va gidroksil ionlarining konsentratsiyasi juda kam bo’lsa ham, bu ionlar suvning dissosilanmagan bir talay molekulalari bilan muvozanatda turadi. Suv ionlaridan birortasining tuz ionlari bilan bog’lanishi muvozanatni buzib, suvning boshqa molekulalarini dissosialanishiga va eritmada suvning boshqa ioni xiyla ko’p to’planishiga sabab bo’ladi, buning natijasida, eritma kislotali yoki ishqoriy reaksiyaga ega bo’lib qoladi.
Tuz ionlari bilan suv ionlari orasida bo’ladigan va odatda suvdagi vodorod va gidroksil ionlari konsentratsiyasining o’zgarishi bilan birga boradigan o’zaro ta’sirtuzlar gidrolizi deb ataladi.
Gidrolizning asosiy sababi, kam dissosialangan moddalar ( molekula yoki ionlar) hosil bo’lishidir.



Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin