Reja: kirish.. O’zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o’tish nazariyasi


Bozor xo'jaligiga mos bo'lgan aholini ijtimoiy himoya-lash



Yüklə 46,88 Kb.
səhifə3/13
tarix15.04.2023
ölçüsü46,88 Kb.
#98345
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bozor iqtisodiyotida ijtimoiy fondlar, ularning turlari va manbalari

6. Bozor xo'jaligiga mos bo'lgan aholini ijtimoiy himoya-lash
tizimini shakllantirish. Bu tizim aholining nisbatan muhtoj
qatlamini aniq ijtimoiy qo'llab-quvvatlashga yo'naltirilgan.
10
Bozor tizimining ko'rsatib o'tilgan asosiy unsurlarini shakllanishining
yakuniga yetishi o'tish davri tugaganligidan darak beradi.
2.O'zbckistonda bozor iqtisodiyotiga o'tishning tamoyillari va
Xususiyatlari
Markazlashgan ma'muriy-buyruqbozlikka asoslangan iqtiso-diyotdan
bozor iqtisodiyotiga o'tishda maqsad bir xil bo'lsa-da, turli mamlakatlar turli
yo'llarni tanlashlari mumkin. Hammaga ma'lumki, bir tizimdan ikkinchi
tizimga o'tishda ikki yo'l, ya'ni revolyusion va evolyusion yo'llar mavjud.
Polsha, Chexoslova-kiya, Rossiya va boshqa ay rim mamlakatlar bozor
iqtisodiyotiga o'tishning revolyusion yo'lini, birdaniga katta to'ntarishlar qilish
yo'lini tanladilar. Boshqacha aytganda ular «karaxt qilib davolash» degan
usulni qo'lladilar. Bu yq'Ini amalga oshirish uchun Rossiyada «300 kun»,
«500 kun» degan o'tish dasturlari ishlab chiqildi. Bu dasturlarni tezkorlik
bilan amalga oshira boshladilar. Bunda ular bir tizimdan ikkinchi tizimga
o'tishda ancha uzoq muddatli o'tish davri bo'lishfni unutdilar. Natijada bu
mamlakatlarda ishlab chiqarish hajmi keskin tushib ketdi, ko'plab korxonalar
yopilib, ishsizlar soni ko'paydi, pulning qadri keskin pasayib ketdi, iqtisodiyot
hamon karaxtlikdan chiqqani yo'q, odamlarning ahvoli og'irlashdi
Shuning uchun O'zbekiston bu yo'ldan bormay boshqa yo'l tanladi. Bu
yo'1 O'zbekistonning o'ziga xos madaniy, tarixiy, iqtisodiy va tabiiy
xususiyatlarini hamda bu yo'ldagi jahon tajribasini hisobga olgan holda
revolyusion to'ntarishlarsiz, ijtimoiy to'qnashuvlarsiz, ijtimoiy himoyani
kuchaytirgan holda asta-sekinlik, lekin qat'iyatlilik bilan bosqichma-bosqich
rivojlangan bozor iqtisodiyotiga o'tishdan iboratdir.
11
«Bizning bozor munosabatlariga o'tish modelimiz Respub-likaning
o'ziga xos sharoitlari va xususiyatlarini, an'analar. urf-odatlar va turmush
tarzini har tomonlama hisobga olishga, o'tishdagi iqtisodiyotni bir yoqlama,
beso'naqay rivojlantirish-ning mudhish merosiga barham berishga
asoslanadi»2, deb yo-zadi mamlakatimiz birinchi Prezidenti Islom Karimov.
O'zbekistonda bozor munosabatlariga o'tish yo'li ijtimoiy yo'naltirilgan
bozor iqtisodiyotini shakllantirishga qaratilgan. Bu yo'lni amalga oshirishga,
iqtisodiyotni tubdan isloh qil-ishga birinchi Prezidentimiz I.Karimov tomonidan ishlab
chiqilgan beshta muhim tamoyil asos qilib olingan:
Birinchidan, iqtisodiyotni mafkuradan xoli qilish, uning ustunligini
ta'minlash.
Ikkinchidan, o'tish davrida davlatning o'zi bosh islohotchi bo'lishi.
Uchinchidan, butun yangilanish va taraqqiyot jarayoni qonunlarga
asoslanmog'i, qonunlarning ustunligi ta'minlanmog'i lozim.
To'rtinchidan, bozor munosabatlariga o'tish bilan bir qa-torda aholini
ijtimoiy himoyalash sohasida kuchli chora-tadbirlarni amalga oshirish
Nihoyat, beshinchidan, bozor munosabatlarini bosqichma-bosqich
qaror toptirish. Bozor munosabatlariga o'tishda bu tamoyillarning hammasi
ham muhim ahamiyatga egadir, lekin ularrilng ichida bozor iqtisodiyotiga
bosqichma-bosqich o'tish tamoyili alohida e'tiborga loyiq. Chunki tegishli
huquqiy ne-gizni, bozorning infratuzilmalarini yaratish, odamlarda bozor
ko'nikmalarini hosil qilish, yangi sharoitlarda ishlay oladigan kadrlarni
tayyorlash uchun vaqt kerak bo'ladi.
12
Bundan tashqari, bozor munosabatlariga o'tish faqatgina iqtisodiyot
sohalarini o'zgartirish bilan cheklanmaydi. U ijtimoiy hayotning bir-birlari
bilan uzviy bog'liq bo'lgan barcha sohalarini, shu jumladan, siyosiy, ma'naviyaxloqiy, maishiy va boshqa sohalarni ham tubdan o'zgartirishni taqozo qiladi.
Bularning hammasi bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich, evolyusion yo'l
bilan o'tish haqidagi g'oya juda muhim va afzal ekanligini ko'rsatadi.
Bozor munosabatlariga bosqichma-bosqich o'tish tamoyilini amalga
oshirish iqtisodiyotni isloh qilishning asosiy bosqichlarini aniq farqlash, bu
bosqichlarning har biri uchun aniq maqsadlarni, ularga erishish vositalarini
belgilab olishni talab qiladi.
Birinchi Prezidentimiz L.A. Karimovning asarlarida bozor iqtisodiyotiga
o'tishning birinchi bosqichida quyidagi ikkita vazifani birdaniga hal qilish
maqsad qilib qo'yilganligi ta'kidlanadi:
-totalitar tizimning og'ir-oqibatlarini yengish, tanglikka barham berish,
iqtisodiyotni barqarorlashtirish;
- Respublikaning o'ziga xos sharoitlari va xususiyatlarini hisobga olgan
holda bozor munosabatlarining negizlarini shakllantirish.3
Shu vazifalarni hal qilish uchun birinchi bosqichda isloh qilishning
muhim yo'nalishlari aniqlab olindi va bajarildi.
Birinchidan, o'tish jarayonining huquqiy asoslarini shakllantirish,
islohotlarning qonuniy-huquqiy negizini mustahkamlash.
Ikkinchidan, mahalliy sanoat, savdo, maishiy xizmat korxonalarini, uyjoy fondini
xususiylashtirish, qishloq xo'jaligida va xalq xo'jaligining boshqa sohalarida mulk
-chilikning yangi shakllarini vujudga keltirish.
13
Uchinchidan, ishlab chiqarishning pasayib borishiga bar-ham berish,
moliyaviy ahvolning barqarorlashuvini ta'minlash
Respublika iqtisodiyotini bozor munosabatlariga o'tkazish bo'yicha
birinchi bosqichda qo'yilgan vazifalarni amalga oshirish jarayonida
iqtisodiyot sohasiga tegishli bo'lgan, iqtiso-diy munosabatlarni
shakllantirishning huquqiy negizini barpo etadigan 100 ga yaqin asosiy qonun
- hujjatlar qabul qilindi.
Birinchi bosqichda kichik xususiylashtirish amalda tugallandi, davlat
mulkini boshqarish va uni mulkchilikning boshqa shakllariga aylantirish
uchun zarur bo'lgan muassasalar tizimi tuzildi.
Qishloq xo'jaligida agrar islohot jarayonida bozor iqtisodiyoti
talablariga mos keladigan yangi xo'jalik tizimi shakllandi va iqtiso-diyotning
davlatga qarashli bo'lmagan qismi keng rivojlandi.
Xalq xo'jaligini, tarmoqlar va hududlarni boshqarishning eng maqbul
va mavjud sharoitlarga mos bo'lgan tizimlari ishlab chiqildi. Narxlar to'liq
erkinlashtirildi, bozor infratuzilmasining asosiy qirra-lari shakllantirildi,
aholini ijtimoiy himoyalash tizimi amalga oshirila boshladi, iqtisodiy va
moliyaviy barqarorlikka erishildi.
Respublikada bozor munosabatlariga o'tishning birinchi bosqichida
iqtisodiyotda va ijtimoiy sohada yuz bergan tub o'zgarishlar uning o'z
taraqqiyotida keyingi sifat jihatdan yangi bosqichga o'ta boshlash uchun
mustahkam shart-sharoit yaratdi. Shu bilan birga isloh qilishning birinchi
bosqichi nati-jalari keyingi bosqichning strategik maqsadlari va ustun
yo'nalishlarini aniq belgilab olish imkonini berdi
14
Ikkinchi bosqichda investisiya faoliyatini kuchaytirish, chuqur tarkibiy
o'zgarishlarni amalga oshirish va shuning ne-gizida iqtisodiy o'sishni
ta'minlab, bozor munosabatlarini to'liq joriy qilish maqsad qilib qo'yiladi. Shu
maqsaddan kelib chiqib I.A.Karimov asarida bu bosqich uchun bir qator
vazifa -lar ajratib ko'rsatiladi:
Birinchi vazifa - davlat mulklarini xususiylashtirish soha-sida
boshlangan ishni oxiriga yetkazish. Bunda davlat mulkini xususiylashtirish,
tadbirkorlik faoliyatini keng qo'llab-quwatlash, kichik xususiy korxonalar
tashkil qilishni rag'batlantirish hisobiga ishlab chiqarishda davlatga qarashli
bo'lmagan qismning ulushini oshirish ko'zda tutiladi
Ikkinchi vazifa - ishlab chiqarishning pasayishiga barham berish va
makroiqtisodiy barqarorlikni ta'minlash. Bu ham korxonalar va
tarmoqlarning, umuman davlatning iqtisodiy va moliyaviy barqarorligiga
erishish imkonini beradi.
Uchinchi vazifa - milliy valyuta-so'mni yana ham mustahkam-lashdan
iborat.
Bu esa so'mning konvertasiyasi, qat'iy valyutalarga erkin sur'atda
almashtirish layoqati demakdir, unga pulning qadr-sizlanishiga qarshi
ta'sirchan choralarni qo'llash, iste'mol mollari ishlab chiqarishni ko'paytirish
hamda ichki bozorni shunday mollar bilan to'ldirish, korxonalarning chetga
mol chiqarishini kengaytirish hisobiga valyuta zahiralarini mustahkamlash
yo'li bilan erishiladi.
To'rtinchi vazifa - iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishini tubdan
o'zgartirish, xom ashyo yetkazib berishdan tayyor mahsulot ishlab chiqarishga
15
o'tish.
Bunda tarkibiy o'zgarishlarda Respublika uchun eng asosiy hisablangan
tarmoqlarni, jumladan, yoqilg'i, energetika va g'alla komplekslarini
rivojlantirish nazarda tutiladi.
O'tish davrining ikkinchi bosqichida aholining kam ta'minlangan
qatlamlarini ijtimoiy himoyalashni kuchaytirish, ularga tegishli yordam
ko'rsatish borasida birinchi bosqichda tutilgan yo'l davom ettiriladi.
Shunday qilib, O'zbekistonda iqtisodiyotni bozor munosabatlariga
o'tkazishda ikki bosqichli taraqqiyot yuzaga keladi. Birinchi bosqichda davlat
sektori va bozor xo'jaligidan iborat yarim erkinlashgan iqtisodiy tizim yuzaga
keladi. Ikkinchi bosqichda iqtisodiyot to'liq erkinlashtiriladi, xususiylashtirish
tugallanadi, narxlar erkin qo'yib yuboriladi, davlat korxonalarining monopol
mavqei tugatiladi.
Lekin bundan Respublikada iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish
maqsadiga to'liq erishildi va bu sohada qo'yilgan vazi-falar to'liq bajarildi
degan xulosa kelib chiqmaydi. Chunki bo-zor iqtisodiyotiga asoslangan erkin
demokratik davlat barpo etish, fuqarolik jamiyatining mustahkam poydevorini
shakllanti-rish bar bir davrda kun tartibiga yangi vazifalarni qo'yadi.
Birinchi Prezidentimiz I.Karimov ta'kidlab o'tganlaridek, hozirgi bosqichda
«erkinlashtirish va islohotlarni chuqurlashtirish nafaqat iqtisodiy, balki ham
ijtimoiy, ham siyosiy vazifalarni hal qilish-ning asosiy shartidir»5. Bu esa iqtisodiyot
sohasida quyidagi aniq vazifalarni amalga oshirishni ko'zda tutadi:
- iqtisodiyotning barcha sohalari va tarmoqlarida erkinlashtirish jarayonini izchillik
16
bilan o'tkazish va iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish;
- xususiylashtirish jarayonini yanada chuqurlashtirish va shu asosida
amalda mulkdorlar sinfmi shakllantirish;
- mamlakat iqtisodiyotiga xorij sarmoyasini, awalo, bevosita
yo'naltirilgan sarmoyalarni keng jalb etish uchun qulay xuquqiy shart-sharoit,
kafolat va iqtisodiy omillarni yanada kuchaytirish;
- kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning iqtisodiy ta-raqqiyotda
ustuvor o'rin olishiga erishish;
- mamlakatning eksport salohiyatini rivojlantirish va
mustahkamlash, iqtisodiyotimizning jahon iqtisodiy tizimiga keng ko'lamda
integrasiyalashuvini ta'minlash;
- iqtisodiyotda mamlakatimiz iqtisodiy mustaqilligini yanada
mustahkamlashga qaratilgan tarkibiy o'zgarishlarni iz-chil davom ettirish.


Yüklə 46,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin