Reja kirish O’zbekistonda Demografiya maktabining rivojlanish tarixi


DEMOGRAFIYANING IJTIMOIY-IQTISODIY TUZUM AHOLISINING KO’PAYISHI VA RIVOJLANISHIGA TA’SIRI



Yüklə 44,42 Kb.
səhifə3/5
tarix18.05.2023
ölçüsü44,42 Kb.
#116226
1   2   3   4   5
Demografiya

DEMOGRAFIYANING IJTIMOIY-IQTISODIY TUZUM AHOLISINING KO’PAYISHI VA RIVOJLANISHIGA TA’SIRI
Demografiya har bir ijtimoiy-iqtisodiy tuzum aholisining koʻpayishi va rivojlanish qonuniyatlarini alohida-alohida oʻrganadi, chunki har bir ijtimoiyiqtisodiy formatsiyaga xos aholi oʻsish qonuni demografik vaziyatga ham bevosita taʼsir koʻrsatadi. 20-asrning 2-yarmiga qadar Oʻzbekistonda aholining ijtimoiy-iqtisodiy turmush darajasi nisbatan pastligi tufayli aholi oʻrtasida oʻlim yuqori boʻlgan. Garchi tugʻilish yuqori boʻlsa ham aholi juda sekin koʻpaygan. 20-asrning 2-yarmidan Oʻzbekistonda aholi oʻrtasida oʻlim bir oz kamayib, aholining oʻrtacha umr koʻrishi uzaydi. Natijada aholining miqdor va sifat oʻsishi roʻy berdi. Shu davrda Oʻzbekistonda Demografiyaning rivojlanishiga eʼtibor berildi. Demografik tadqiqotlar Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston milliy universiteti Aholishunoslik ilmiy tadqiqot lab., demografiya, ijtimoiy geogr. va mintaqaviy iqtisod, sotsiologiya kafedralari, Respublika "Oila" ilmiy-amaliy markazi, Mehnat, aholi bandligi va ijtimoiy muhofazani oʻrganish Respublika ilmiy markazi, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining iqtisodiyot instituti, Oʻz-bekiston Respublikasi "Ijtimoiy fikr" jamoatchilik markazida olib boriladi.
Oʻzbekistonning demografik taraqqiyoti, uning xususiyatlari, omillari va muammolari I. Mullajonov, R. Ubaydullayeva, M. Qoraxonov, E. Ahmedov, O. Otamirzayev, L. P. Maksakova, A. Soliyev, H. Salimov, A. Qayumov, M. Boʻriyeva, O. A. Ergashev, E. Safarov, O. Saidahmedov, G. Murtazina, Z. X. Rayimjonov, R.K. Ortiqboyev va b. olimlarning ilmiy tadqiqotlarida keng oʻrganilgan. 1993 yildan Oʻzbekistonda BMTning Aholishunoslik jamgʻarmasi (UNFPA) oʻz faoliyatini boshlagan. Uning faoliyati mintaqa davlatlarini, Qozogʻiston va Ozarbayjonni qamrab oladi. Jamgʻarma aholi salomatligi, ayniqsa, ayollar salomatligini yaxshilash borasida tadbirlarni amalga oshiradi, mamlakatda milliy tashkilotlar, tibbiyot muassasalariga sogʻlom oilani shakllantirish maqsadida keng qam-rovli sotsiologik-demografik tadqiqotlar oʻtkazadi.


Yüklə 44,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin