Rеja: Kirish Raqobatlashgan bozor va uning shartlari


-rasm. Raqobatlashuvchi firmaning qisqa muddatli oraliqdagi taklif chizig`i



Yüklə 39,3 Kb.
səhifə7/11
tarix05.12.2023
ölçüsü39,3 Kb.
#172648
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Rеja Kirish Raqobatlashgan bozor va uning shartlari-fayllar.org

8-rasm. Raqobatlashuvchi firmaning qisqa muddatli oraliqdagi taklif chizig`i.
Raqobatlashgan bozorda narxning oshishi bozordagi firmalarni ishlab chiqarish hajmini oshirishga undaydi, shuning uchun ham raqobatlashgan firmaning qisqa muddatli oraliqdagi taklif chizig`i o`suvchi bo`ladi.
Endi raqobatlashgan bozorda qisqa muddatli oraliqdagi tarmoq muvozanatini qaraymiz. Ma`lumki, bir turdagi (bir xil ehtiyojni qondiradigan) tovarlarni ishlab chiqaradigan firmalar birgalikda tarmoqni tashkil qiladi. U holda tarmoq taklifi tarmoqni tashkil qiluvchi firmalarning takliflari yig`indisidan iborat bo`ladi.
, (11)
bu erda -firmalar taklifi chiziqlari;
-tarmoq taklifi chizig`i.
Agar tarmoq mahsulotiga talabni bilan belgilasak, bilan chiziqlari kesishgan nuqtasi tarmoqning muvozanat nuqtasini beradi va kesishgan nuqta ga mos keluvchi narx tarmoq muvozanat narxi, esa tarmoq muvozanat tovar hajmi deyiladi.


9-rasm. Firma foydasini maksimallashtirish sharti (E muvozanat nuqta), S korxona taklifi.
Uzoq muddatli oraliqda ishlab chiqarish hajmini tanlash. Uzoq muddatli oraliqda firma foydalanadigan barcha omillarini o`zgartiradi, shu jumladan ishlab chiqarish quvvatlarini ham. Uzoq muddatli oraliqda firma o`z kapitali hajmini o`zgartirishi, ya`ni ishlab chiqarish quvvatini o`zgartirishi mumkinligi firmaga ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirishga imkon beradi. Firma ishlab chiqarish xarajatlarining qanday o`zgarishi ishlab chiqarish masshtabi samaradorligining o`sishi, o`zgarmasligi va kamayishi bilan aniqlanadi. Yana shuni eslatib o`tish kerakki, firmaning uzoq muddatli oraliqdagi faoliyatini tahlil qilganimizda uning o`rtacha xarajatlari muhim ahamiyat kasb etadi. Faraz qilaylik, firmaning ishlab chiqarish jarayonida barcha ishlab chiqarish hajmlari uchun o`zgarmas masshtab samarasiga ega. Bunda ishlab chiqarish omillari sarfi ikki barobar oshganda ishlab chiqarish hajmi ham ikki barobarga o`sadi. Demak, ishlab chiqarish hajmi oshgani bilan o`rtacha ishlab chiqarish xarajatlari o`zgarmaydi.
Endi faraz qilaylik, masshtab samarasi o`suvchi bo`lsin. Ishlab chiqarish omillaridan foydalanishni ikki barobar oshirganimizda, ishlab chiqarish hajmi ikki barobardan ko`proqqa oshadi (masalan, uch barobarga oshirishi mumkin). Bunday holda o`rtacha ishlab chiqarish xarajatlari qisqaradi, nima uchun deganda, ishlab chiqarish hajmining o`sish sur`ati, omillar sarfi sur`atidan ko`p. Xuddi shunday, masshtab samarasi pasayganda, ya`ni ishlab chiqarish omillari sarfini o`sishi sur`atidan ishlab chiqarish hajmining o`sish sur`ati kichik bo`lganda ortib boradi.
Odatda, ishlab chiqarishning boshida masshtab samarasining oshishi, undan keyin o`zgarmas va keyinchalik kamayishi ko`pgina firmalarga xosdir. SHuning uchun ham uzoq muddatli oraliqda umumiy o`rtacha xarajatlar chizig`i botiq ko`rinishga ega bo`ladi (10-rasm).

Yüklə 39,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin