Reja: Klaster atamasi haqida tushuncha



Yüklə 12,99 Kb.
tarix07.01.2024
ölçüsü12,99 Kb.
#208515
18-mavzu


18-mavzu. Tadbirkorlik faoliyatida ishlab chiqarishni klaster usulida tshkil etish va boshqarish
Reja:

  1. Klaster atamasi haqida tushuncha

  2. Tadbirkorlik faoliyatida ishlab chiqarishni klaster usulida tshkil etish va boshqarish



“Klaster” atamasi fransuzcha soʼz boʼlib oʼzbekcha tarjimasi “panja”, “bosh”, “bogʼlam”, “guruh”, “toʼplanish”, “turgʼun” maʼnolarini beradi. Shuningdek, “klaster” tanlanma tadqiqotlarning bir usuli sifatida ham ifodalanadi. “Klaster” nazariyasining asosi boʼlib, Аlfred Marshallning XIX asr oxirida yozilgan “Iqtisodiyot prinsiplari” nomli asarida (1890) ixtisoslashgan tarmoq-sohalarning alohida hududlarda uygʼunlashishi toʼgʼrisidagi fikr-mulohazalari hisoblanadi. Uning ilmiy xulosalari boʼyicha ixtisoslashgan faoliyat yurituvchi subʼektlarni hududiy uygʼunlashuvi: – malakaviy mehnat resurslarining borligi; – taʼminotchi va qoʼshimcha sohalarning oʼsishi; – har-xil firmalarni ishlab chiqarish jarayonining turli boʼgʼinlariga ixtisoslashuvining mavjudligiga asoslanganligi. Rivojlangan mamlakatlarda innovatsion iqtisodiyotni shakllantirish va boshqarishda klasterlardan foydalanish boʼyicha maʼlum tajriba toʼplangan. Yevropa ittifoqi mamlakatlari va АQShda bu strategiya keng qoʼllanilmoqda. Klasterlar soni Buyuk Britaniyada 168 ta, Gollandiyada 20 ta, Germaniyada 32 ta, АQShda 380 ta, Daniyada 34 ta, Fransiyada 96 ta, Italiyada 206 ta, Finlyandiyada 9 ta, Hindistonda 106 tani tashkil etadi. Daniya, Finlyandiya, Shvetsiya sanoatini klasterlar toʼla egallagan. Italiyada sanoat klasterlari hissasiga ish bilan band aholining 43 foiz, milliy eksport hajmining 30 foizdan koʼprogʼi toʼgʼri kelmoqda. Klaster tuzilmalari Shveysariya, Аvstriya, Italiya, Daniya, Hindiston, Koreya, Pokiston, Xitoy va Turkiya davlatlari engil sanoatida, Germaniyada kimyo va mashinasozlik, Fransiyada oziq-ovqat va kosmetika sanoatlarida muvaffaqiyatli ishlamoqda Klasterlarni shakllantirish jarayoni Janubiy-sharqiy Osiyo, Xitoy, Singapur, Yaponiya va boshqa mamlakatlarda faollashib bormoqda. Masalan, Germaniyada yaqin vaqtgacha mintaqaviy klasterlar rivojlanishi davlat aralashuvisiz kech edi. Biroq 2003 yilda hukumat klaster tashabbuslariga jiddiy eʼtibor qaratdi. Bu birinchi navbatda, yuqori texnologiyali sohalarni loyihalashda amalga oshirildi. Davlat nafaqat mahalliy, balki boshqa manbalar hisobidan sanoat va ilmiy markazlar kuch-gʼayratini birlashtirishni koʼzda tutmoqda. Klasterlarni tashkil etishning zamonaviy konsepsiyalari, rivojlangan mamlakatlar tajribasi, engil sanoat tarmogʼining oʼziga xos xususiyatlarini umumlashtirish asosida klasterlashtirish mexanizmlarini meʼyoriy-huquqiy, tashkiliy-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy jihatdan takomillashtirish boʼyicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan. Keyingi 10 yil mobaynida 20 ta mamlakatda amalga oshirilgan 500 dan ortiq klaster tashabbuslarining tahlili keltirilgan. Ushbu mamlakatlar raqobatbardoshligining yuqoriligi raqobatbardoshlik lokomotivlari hisoblangan ayrim klasterlarning kuchli pozitsiyalariga bogʼliqligi asoslangan. Klaster turidagi eng mashhur tizimlarga Silikon vodiysidagi (АQSh) kompyuter texnikasi va axborot texnologiyalari sohasi, Xelsinkidagi (Finlyandiya) aloqa va telekommunikatsiyalar, Gollivuddagi (АQSh) kino ishlab chiqarish, Moskva mintaqasidagi aerokosmik sanoat sohasi kompaniyalarining kooperatsiyasi misol boʼla oladi. Quyidagi rasmda dunyoning rivojlangan mamlakatlarida tashkil etilgan va samarali faoliyat yuritayotgan klasterlarning umumiy soni tasvirlangan. Bugungi kunda jahon biznesi rivojlanishida xalqaro klasterlar, shu jumladan, alohida mintaqalar doirasidan tashqariga chiquvchi klasterlar sonining tobora koʼpayib borayotganligi koʼzga tashlanmoqda. Masalan, evropa maqomiga ega koʼplab klasterlar xalqaro darajaga chiqishga intilmoqda. Bu asosan xalqaro va transchegaraviy loyihalarga taalluqli. Fransuz farmatsevtik klasteri Lui Paster universiteti orqali Kanadaning «Invivo» klasteri bilan hamkorlik qiladi. Bunday hamkorlikdan koʼzlangan maqsad – ushbu klasterlar uchun Shimoliy Аmerika va evropada istiqbolli sotish bozorlarini topishdan iborat. Аgar yaqin vaqtga qadar klasterlar eng rivojlangan iqtisodiyotlarda tashkil etilgan boʼlsa, oxirgi yillarda ular rivojlanayotgan mamlakatlarda ham paydo boʼlmoqda. Vengriya, Polsha, Chexiya, Sloveniyada klasterlashtirish maxsus dasturlar bilan qoʼllab-quvvatlanmoqda. Eng muvaffaqiyatli iqtisodiy tizimlar faoliyatining jahon amaliyotiga koʼra, birinchi galda, yangi texnologiyalarning yoyilishini ragʼbatlantiruvchi omillar yuqori darajadagi raqobatbardoshlik va barqaror iqtisodiy oʼsishni taʼminlaydi. Yengil sanoat milliy iqtisodning etakchi tarmoqlari tarkibiga kiradi, uning hissasiga yalpi milliy daromadning 12% va sanoat kompleksida bandlikning 0,87% dan koʼprogʼi toʼgʼri keladi. Oʼzbekiston yengil sanoati respublika aholisining koʼpayishi, uning farovonligi va xarid qilish qobiliyati oshishi bilan bogʼliq doimiy iqtisodiy oʼsishi bilan ajralib turadi. Yengil sanoat sohasidagi 400 ta korxona xorijiy investitsiyalar tufayli tashkil etildi. Ushbu sohaga 2 milliard dollardan ortiq hajmda xorijiy kapital mablagʼi sarflangan. «Oʼzbekengilsanoat» АJ respublikamiz mintaqalari tashqi savdo imkoniyatlarini kengaytirib, mahsulot eksporti hajmini yildan-yilga oshirib bormoqda. 2016 yilning yanvar-sentyabr oylarida mahsulotlar eksporti oʼtgan yilning xuddi shu davriga nisbatan 112,7% oʼsish surʼati bilan 9015,5 mln. dollarni (erkin konvertatsiya qilinadigan valyutaga sotilgan ichki almashuv va jismoniy shaxslar eksporti hisobga olinganda) tashkil qildi. Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 15 dekabrdagi PQ-1442-sonli qaroriga muvofiq, 2011-2015 yillarga toʼqimachilik sanoati taraqqiyoti dasturi tasdiqlandi. Dastur doirasida 2014 yilning yanvar-dekabr oylarida umumiy 57,15 mln. dollar miqdorida investitsiyalar jalb qilindi, 52,25 mln. dollar oʼzlashtirildi. Bugungi kunga kelib, qarorga kiritilgan 55 loyihadan 35 tasi amalga oshirildi. Davlatimiz yengil sanoat tarmogʼining rivojlanishiga yoʼnaltirilgan faol siyosatni olib bormoqda. Biroq tarmoqda paxta tolasini etarlicha ishlab chiqarish hamda gazlama va tikuv mahsulotlarini ishlab chiqarishning soʼnggi pogʼonalaridagi past darajadagi raqobatbardoshlik imkoniyati bilan bogʼliq qator jiddiy muammolar mavjud. Eksportning asosiy predmeti hamon paxta tolasi va yigirilgan ip boʼlib qolmoqda, bu esa tashqi bozorga past qoʼshimcha qiymatli mahsulot etkazilayotganidan dalolat beradi. Shu sababdan paxta tolasini chuqurroq qayta ishlash va yuqori qoʼshilgan qiymatga ega mahsulotlarni ishlab chiqarish muhim hisoblanadi. Toshkent viloyatida tashkil etiladigan klasterning oʼzagini toʼqimachilik sanoatining etakchi korxonalari tashkil qilishi lozim. Toshkent viloyatida joylashgan toʼqimachilik korxonalaridan bu talabga bir yilda 20 mln. dona trikotaj mahsulotlari ishlab chiqaruvchi «Uzteks-groop» javob beradi. Ushbu korxona tarkibiga yillik ishlab chiqarish quvvati 5600 tonna ip kalavaga teng «Uzteks-Tashkent», yillik ishlab chiqarish quvvati 4500 tonna ip kalavaga teng «Uzteks-Shovot» 313 Yosh Tadqiqotchi Jurnali Vol. 1 No. 5 (2022) ISSN: 2181-3132 scientific journal impact factor 4.7 kiradi. Bu korxonalar ishlab chiqargan ip kalavalari bir yilda 10000 tonna ip kalavani qayta ishlash quvvatiga ega «Uzteks-Chirchiq»ga uzatiladi. Bu korxonalardan tashqari, «Uzteks-groop»ga ichki va tashqi bozorga sotiladigan tayyor mahsulot ishlab chiqarauvchi tikuvchilik korxonasi ham kiradi. Klasterga tarkibida yillik quvvati 2100 tonna ip kalavaga teng «Billur-teks» yigiruv fabrikasiga ega «Textil-technology» korxonasini qoʼshish maqsadga muvofiq. Shuningdek, Yangiyoʼl shahridagi tarkibida bir yilda 6 ming tonna ip kalavani qayta ishlash va 50 tonna trikotaj polotnosi ishlab chiqaruvchi «Sirius Fashion» korxonasini ham klasterga qoʼshish lozim. Bundan tashqari, klaster tarkibiga bir yilda 10 ming tonna ip kalavani qayta ishlash quvvatiga ega «Toʼy-Tepa» yigiruv-toʼquv ishlab chiqarish korxonasini qoʼshish lozim. Klaster ichida investitsiya oqimlarini samarali taqsimlash uchun klaster tarkibiga bank va venchur korxonasini kiritish lozim. Xulosa Bugungi kunga kelib innovatsion klaster – fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasi mezoni ekani ayon bo‘lib qoldi. Ayni kunlarda Respublikamizning deyarli barcha viloyatlari o‘z katta – kichik klasterlariga ega. Barcha sohalarda klaster tizimini yaratish maqsadga muvofiq hisoblanadi, aslida, ta’lim tizimiga tushadigan sistema bu klaster sistemasidir.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Akhmedov, B. A., Xalmetova, M. X., Rahmonova, G. S., Khasanova, S. Kh. (2020). Cluster method for the development of creative thinking of students of higher educational institutions. Экономика и социум, 12(79), 588-591.
2. Akhmedov, B. A., Makhkamova, M. U., Aydarov, E. B., Rizayev, O. B. (2020). Trends in the use of the pedagogical cluster to improve the quality of information technology lessons. Экономика и социум, 12(79), 802-804.
3. Akhmedov, B. A., Majidov, J. M., Narimbetova, Z. A., Kuralov, Yu. A. (2020). Active interactive and distance forms of the cluster method of learning in development of higher education. Экономика и социум, 12(79), 805-808.
Yüklə 12,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin