Reja: Klinik farmakogenetika


Uridindkfosfoglyukurontransferaza (UDFGT)



Yüklə 76 Kb.
səhifə6/7
tarix22.10.2023
ölçüsü76 Kb.
#159929
1   2   3   4   5   6   7
Klinik farmakologiyaning pediatriyadagi o‘ziga xos tomonlari

2.5. Uridindkfosfoglyukurontransferaza (UDFGT)
yetishmovchiligi

Bu enzimopatiya yetishmovchiligi bilan tug‘ilgan bolaga jigarda glyukuronlanishga uchraydigan dorilar (K va RRvitaminlari, estrogenlar, androgenlar, glyukokortikoidlar) kiritilganda qon gemolizisiz kamqonlik va bog‘lanmagan bilirubin miqdori ko‘payib ketishi bilan kechadi. Irsiy beriladigan enzimopatiya (UDFGT yetishmovchiligi) yuqoridagi dori moddalari yuborilganda aniqlanadi.


Gemolizsiz irsiy sariqlik ikki ko‘rinishda: yadroli sariqlik bilan kechadigan giperbilirubinemiya (KriglerNayyar sindromi) va o‘smirlar idiopatik oilaviy giperbilirubinemiyasi (JilberMeylengraxt sindromi) uchraydi.
Novobiotsin, streptomitsin, xloramfenikol, progesteronlar normada urindin difosfoglyukuron transferaza (UDFGT) faolligini falajlaydi, shu sababli bu dorilarni yuqoridagi bemorlarga tavsiya etilmaydi; kortizon, xlormitsetin metabolizmi irsiy beriladigan sariqliklarda buzilgan: ular glyukuronidlarga aylanmaydi va organizmda to‘planib qoladi, shu sababli bu preparatlarni yuqoridagi kasalliklarda juda oz miqdorlargacha kamaytirish tavsiya etiladi.
Fenobarbital, ziksorin kabi dorilar esa UDFGT faolligini oshiradi, shu sababli bu dorilar irsiy beriladigan sariqliklarni, ferment yetilmasligi yoki progesteronning fermentga falajlovchi ta’siridan kelib chikadigan chaqaloklarda uchraydigan fiziologik sariqlikni davolash uchun tavsiya etiladi.


2. Modda almashinuvining irsiy buzilishlarida
dorilarga atipik reaksiyalar

Modda almashinuvining irsiy buzilishi natijasida uchraydigal kasalliklar: turma metgemoglobinemiya, chaqaloqlar irsiy gemolitik sariqligi, podagra va qand kasalliklarida dorilarga sezuvchanlik o‘zgaradi.


Tug‘ma metgemoglobinemiya. Oksigemoglobindan farqli o‘laroq metgemoglobin kislorod bilan kuchli bog‘lanadigan 3valentli temir saqlaganligi uchun kislorod tashish vazifasini bajara olmaydi. Eritrotsitlar normada 0,5—3 foizgacha metgemoglobin saqlaydi. Quyidagi dorilar (nitroglitserin, sulfanilamidlar, xloramfenikol, PASK, antipirin va boshqalar) katta miqdorda, uzoq vaqt ishlatilganda metgemoglobinmetgemoglobinreduktaza yoki diaforazalar ta’sirida tezda qaytariladi. Metgemoglobinreduktaza irsiy yetishmovchiligi bor bemorlar qonida metgemoglobin miqdori 30—40 foizgacha oshishi mumkin. Bu bemorlarning yuqorida sanab o‘tilgan (metgemoglobin hosil qiluvchilar) dorilarga sezuvchanligi yuqori bo‘lib, bemor qonida metgemoglobin hosil bo‘lishi kuchayib, bemorning ko‘karib ketishiga sabab bo‘ladi, buni esa davolashga to‘g‘ri keladi. Metgemoglobinreduktaza yetishmovchiligi autosomretsessiv yo‘l bilan beriladi. Uning quyidagi: 1) metgemaglobinreduktazaning butunlay bo‘lmasligi: 2) faolligi susaygan ferment borligi: 3) atipik tuzilishdagi ferment yetishmovchiligi ko‘rinishi farq qilinadi. Eng og‘iri metgemoglobinreduktaza butunlay yo‘qligi bo‘lib, bunda bemorda kislorod yetishmasligi doim saqlanadi. Yashirin kechadigan metgemoglobinreduktaza buzilishi maxsus belgilarsiz kechadi va metgemoglobin hosil qiluvchi dorilar kiritilganda aniqlanadi. Bu dorilar kiritilishi natijasida kelib chiqqan yoki kuchaygan metgemoglobinemiyalarni davolash bemor vena qon tomiriga 1—2 mg/kg metil ko‘ki yoki 0,3 g 3 mahal askorbin kislotasi berishdan iborat.
Metgemobinreduktaza yetishmovchiligining oldini olish bunday bemorlarni o‘z vaqtida aniqlash va ularga metgemoglobin hosil qiluvchi dorilar kiritishdan (ichishdan) saqlashdan iborat.
Metgemobinreduktaza yetishmovchiligi bor odamlarning sianid kislotaga sezuvchanligi juda kamligi (adabiyotlarda bunday odamlar kaliy sianidni o‘lim chaqiradigan miqdoridan 40 barobar ortiq qabul qilganda ham zaharlanish belgilari kuzatilmaganligi haqida yozilgan) aniqlangan.
Qonda metgemoglobinreduktaza fermenti haddan tashqari yuqori bo‘lishi bilan kechadigai yashirin jigar porfiriya kasalligidir. Yashirin kechayotgan jigar porfiriyasi bor odamlarda sintetazalarning kuchli faolligi natijasida ular qonida, siydigida saminolevulin va porfobilinogen miqdori yuqori ekanligini aniqlangan. Bu kasallik o‘tkir ichak sanchigi, qo‘llardan boshlanadigan polinevrit va mushak falajligi, ruhiy buzilishlar va epileptik tutqanoqlar ko‘rinishida kechadi.
Barbitura,tlar, sulfanilamidlar, estrogenlar (kontratseptik estrogenlar ham), amindopinin, grizeofulvin, ba’zi tinchlantiruvchi va epilepsiyaga qarshi dorilar bu kasallikning boshlanishiga va qaytalachishiga sabab bo‘lishi mumkin. Bunga bu dorilar tomonidan epsilonaminolevulin kislota miqdorining qonda ko‘payishi sabab bo‘ladi. Porfiriya kasalligi bor bemorlarda ruhiy buzilishlar va epileptik talvasa xurujlari borligi sababli, bunday bemorlarda tinchlantiruvchi dorilar va barbituratlar ishlatishning xavfi katta. Bu dorilarni kiritish og‘ir asoratlarga, hatto o‘limga sabab bo‘lishi mumkinligini nazarda tutish kerak. Porfiriya kasalligi Shvetsiya, Norvegiya, Janubiy Afrikada keng tarqalgan.
Adabiyotlarda shu kungacha yozilgan enzimopatiyalarning mavjudligi, ularni o‘z vaqtida aniqlash, oldini olish va davolash farmakogenetika fanining asosiy maqsadidir.
Biroq vrachlik amaliyotida bemorlarni farmakogenetika talablari darajasida tekshirish (enzimopatiyalarni aniqlash) qiyinligini hisobga olgan holda real hayot uchun turli kasalliklar va dorilar haqidagi farmakogenetik ma’lumotlar bankini yaratish va vrachga o‘z vaqtida yetkazib turish bilan inson salomatligi uchun yuqorida sanab o‘tilgan xatarli enzimopatiyalar xavfini kamaytirish mumkin.



Yüklə 76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin