Reja: Klinik farmakogenetika


Akatalaziya va gipokatalaziya



Yüklə 76 Kb.
səhifə5/7
tarix22.10.2023
ölçüsü76 Kb.
#159929
1   2   3   4   5   6   7
Klinik farmakologiyaning pediatriyadagi o‘ziga xos tomonlari

2.4. Akatalaziya va gipokatalaziya

Katalaza vazifasi modda almashinuvi va dorilar ta’sirida organizmda hosil bo‘layotgan peroksidlarni quyidagi tenglamada (2N202 <'(katadaza)>2NO2+02) ko‘r


atilganidek parchalashdan iborat. Vodorod peroksid tibbiyot amaliyotida yaralar va jarohatlarni mexanik tozalash maqsadida ishlatiladi. Katalazalash yana etil va metil alkogoli metabolizmida ham qatnashadi. Qatalaza faol bo‘lganda endogen va ekzogen hosil bo‘lgan peroksidlar va boshqa endogen moddalar, shu jumladan gemoglobinni oksidlab ulgurmaydi.
Odam qonida va to‘qimalarida katalaza bo‘lmasligini yapon olimlari Takaxara va Midjomoto aniqlashgan. Bular burun sinuslarning gangrenali granulomasi bor 11 yoshli qiz bola yarasini peroksid bilan yuvganlarida kislorod pufakchalari hosil bo‘lmagan, qon rangi jigarrang qora tusga bo‘yalganligini kuzatganlar. Biokimyoviy tekshiruvlar bu qizcha qonida va to‘qimalarida katalaza yo‘ligini tasdiqlagan. Bu kasallik akatalaziya deb nomlangan.
Bu kasallikka chalingan oila a’zolarini irsiy tekshiruv natijalari ko‘rsatishicha, akatalaziya autosomretsessiv yo‘l bilan berilishini ko‘rsatdi. 1978 yilga kelib dunyo bo‘yicha 100 mingdan ortiq akatalaziya kasalligi tasvirlangan, bu bemorlarning 50 foizidan ortig‘ida kasallik og‘iz va burunhalqum gangrenasi ko‘rinishida kechganligi aniqlangan.
Akatalaziya balorat yoshiga yetmagan bolalarda qaytalanib turadigan tish milklari yarasi bilan kechadi. Kasallik og‘ir o‘tganda milk gangrenasi, milk atrofiyasi va tishlarning tushishi kuzatiladi.
Akatalaziya (gipokatalaziya)ga tashxis qo‘yish anamnez ma’lumotlari va maxsus biokimyoviy tekshiruvlar ko‘rsatkichlariga asoslanadi. Bemor anamnezida teztez og‘iz bo‘shlig‘i va burunhalqum sohasida shamollash kasalliklari borligi va bunday bemorlarning spirtli ichimliklarga yuqori sezuvchanligi aniqlangan. Akatalaziyada etanol sekin oksidlanishi natijasida spirtning parchalanishidan hosil bo‘layotgan formaldegid (spirt yonishidan hosil bo‘ladigan oraliq mahsulot) qonda kam to‘planganligi sababli etanoldan zaharlanish belgilari kuchsizroq namoyon bo‘ladi.
Akatalaziyani aniqlashning oddiy usuli bemor qoniga vodorod peroksid eritmasi qo‘shilganda uning ko‘piklashuvi akatalaziya belgisi hisoblanadi. Yarim soat muddat o‘tgach qonning jigarrang qora ko‘rinishi yo‘qoladi, oqsil denaturatsiyasi natijasida oqsariq cho‘kma paydo bo‘ladi. Cho‘kma usti suyuqligida gemoglobin parchalanishidan hosil bo‘ladigan pentdiopentni topiSH mumkin.
Akatalaziyani davolashning maxsz^s usuli yo‘q. Yallig‘lanish o‘chog‘i bo‘lganda antibiotiklar, sulfanila
midlar tavsiya etish, antiseptiklardan foydalanish mumkin. Qasallik asoratlarining oldini olish uchun og‘iz, burunhalqum bo‘shliqlari gigiyenasiga rioya qilish tavsiya qilinadi.

Yüklə 76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin