hokazo. 1-misol. Tekislikda radiuslari o’zaro teng bo’lgan aylanalar bir- biriga uringan holda yuqoridan 1 - qatorda bitta, 2 - qatorda ikkita, 3 - qatorda uchta va hokazo, joylashtirilgan bo’lsin. Masalan, aylanalar bunday joylashuvining dastlabki to’rt qatori 1 - shaklda tasvirlangan. Bu yerda qatorlardagi aylanalar sonlari ketmaketligi birinchi tartibli figurali sonlarni tashkil qiladi. Bu tuzilmadan foydalanib, ikkinchi tartibli figurali sonlarni quyidagicha hosil qilish mumkin. Dastlab 1 – qatordagi aylanalar soni (1), keyin dastlabki ikkita qatordagi aylanalar soni (3), undan keyin dastlabki uchta qatordagi aylanalar soni
(6), va hokazo. Kombinatorika iborasi nemis matematigi G.Leybnis (1646- 1716) ning “Kombinatorik sanat haqidagi mulohazalar” nomli asarida birinchi bor 1665- yilda keltirilgan. Bu asarda birlashmalar nazariyasi ilmiy jihatdan ilk bor asoslangan. O’rinlashtirishlarni o„rganish bilan birinchi bo„lib Yakob Bernulli Shug’ullangan va bu haqdagi malumotlarni 1713 - yilda bosilib chiqqan “Ars conjectandi” (Bashorat qilish sanati) nomli kitobining ikkinchi qismida bayon qilgan. Hozirgi vaqtda kombinatorikada qollanilayotgan belgilashlar XIX asrga kelib shakllandi. |A| deb chekli A to‘plam elementlari sonini belgilaymiz. Kombinatorikada sodda, o‘z-o‘zidan ravshan bo‘lgan, ammo muhim qoidalar bor. Bunday qoidalar sifatida jamlash, ko‘paytirish hamda kiritish va chiqarish qoidalari deb ataluvchi qoidalarni ko‘rsatish mumkin. Qo‘shish (jamlash) qoidasi: Agar A to‘plam n ta elementdan, B to‘plam esa m ta elementdan iborat bo‘lib, bu ikki to‘plam o‘zaro kesishmasa, u holda A va B ning barcha elementlaridan iborat A \/B