Reja: Kommunikatsiya tushunchasi va uning tashkilot samaradorligiga tasiri Tashkilotlardagi kommunikatsiyalar turlari


Telekommunikatsion aloqa vositalari



Yüklə 53,8 Kb.
səhifə8/8
tarix02.04.2023
ölçüsü53,8 Kb.
#92536
1   2   3   4   5   6   7   8
KOMMUNIKATSION JARAYON

2. Telekommunikatsion aloqa vositalari
Telekommunikatsiyada esa yuboruvchi tomon signallarni uzatishda kabel simlari aloqa vositalaridan foydalanadi.
Agar kommunikatsiyani insonlar misolida tasavvur qilsangiz, uning tarkibiy qismlarini osonlikcha anglab yetish mumkin. Insonlar o‘zaro yuzma-yuz gaplashganlarida bir-birlariga xabar uzatadilar. Kishi, ayni paytda, yuboruvchi va bir ozdan so‘ng esa qabul qiluvchi bo‘lishi ham mumkin.
Demak, bir kishining o‘zi ham yuboruvchi, ham qabul qiluvchi, yoki ikkalasi ham bo‘lishi mumkin. Bu ikki tomonlama kommunikatsiyaning oddiy ko‘rinishidir.
Xabarlarni yetkazib berishda ishlatadiganimiz signallar – bu biz qo‘llaydigan so‘zlar, biz so‘zlashadigan til. Muloqot samarali chiqishi uchun esa ikkala tomon ham yuboruvchi va qabul qiluvchi signallarni tushunishlari va bir xil talqin qila bilishlari lozim. Yana shu narsani ta’kidlash joizki, kommunikatsiya sinxron yoki asinxron bo‘lishi mumkin. Sinxron kommunikatsiyada qabul qiluvchi xabarlarni to‘g‘ridan to‘g‘ri, yuborilgan paytning o‘zida qabul qilib oladi.
Oddiy so‘zlashuv va telefon so‘zlashuvlari sinxron kommunikatsiyaga misol bo‘lishi mumkin. Asinxron kommunikatsiyadaesa, qabul qiluvchi xabarlarni ular jo‘natilganidan bir qancha vaqt o‘tgach – biror soat yoki biror kundan keyin qabul qilib oladi.
Pochtadan yoki Internet orqali elektron pochtadan xat jo‘natish asinxron kommunikatsiyaga misol bo‘ladi. Akademik tadqiqotchilar faollik bilan sinxron va asinxron kommunikatsiyalarning samaradorligi, natijaviyligi hamda tashkiliy jihatlari ustida izlanishlar olib boryaptilar. Ikkala turdagi kommunikatsiya ham elektron yoki oddiy yo‘l bilan amalga oshirilishidan qat’i nazar, axborot-kutubxona ishida muhim rol o‘ynaydi.
Telekommunikatsiya deganda, signallarning muloqot uchun elektron uzatilishi tushuniladi va u telefon, radio va televizor kabi vositalarni o‘z ichiga oladi. Telekommuniktsiyaning axborot-kutubxona sohasida sezilarli o‘zgarishlarga olib kelish imkoniyati bor, chunki u vaqt va masofa bilan to‘siqlarni ancha kamaytiradi. Telekommunikatsiya axborot-kutubxonaning faoliyat yo‘nalishini o‘zgartiribgina qolmay, tijorat yo‘siniga ham ta’sir ko‘rsatmoqda.
Yüklə 53,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin