Reja: Kompyuter tarmoqlari haqida tushuncha



Yüklə 89 Kb.
səhifə5/6
tarix06.06.2023
ölçüsü89 Kb.
#125958
1   2   3   4   5   6
10-Ma’ruza

INTERNET ga ulanish
Internet bilan ishlash uchun biz ishlayotgan kompyuter avalom bor internet tarmog‘iga ulangan bo‘lishi kerak. Ushbu qismda internetga ulanish usullari ko‘riladi.
Internetga ulanish uchun kuyidagilar mavjud bo‘lishi zarur:
Tashqi modem uchun ketma – ket portga, ichki modem uchun uni qo‘shish uchun joyga ega bo‘lgan kompyuter; telefon; modem (ichki yoki tashqi); kommunikatsion dasturlar; SLIP yoki PPP kaydnomalar dastur ta’minoti;
Internet provayderda (Internet xizmati ko‘rsatuvchi tashkilotda) almashish kaydnomasi (SLIP yoki PPP); ro‘yxatdan o‘tkazish.
Internetga telefon orqali ulanish. Internetga ulanish usullari ko‘p va ular takomillashib turadi. Telefon orqali internet bilan ishlashni ikki yo‘li bor. Kommutatsiya qilinuvchi kanalga terminal orqali kirish (conventional dialup, shell account) va Internet qaydnomasiga kommutatsiya orqali kirish (IP over dial – up). Ba’zi provayderlar terminal kirishni taklif qilsa, boshqa provayderlar ikkalasini ham taklif qilishi mumkin. Terminal kirishda foydalanuvchi kompyuteri go‘yoki terminaldek (ma’lumotlarni kompyuterga kirituvchi qurilma) bo‘lib, uzoqdagi kompyuter (Internet orqali ulangan) bo‘lsa, sizning kompyuteringizday bo‘ladi.
Internet qaydnomasiga kommutatsiya qilingan kirishda foydalanuvchi kompyuteri RRR (Point to Point Protocol – nuqtama–nuqta qaydnoma) qaydnomasining qo‘shimcha imkoniyatidan foydalaniladi. Internetga ulanishning ikkala usuli birgalikda ishlasa, u albatta yaxshi natija beradi. Terminal kirishda foydalunuvchi o‘z kompyuteridagi modem va kommunikatsiya dasturlari (terminalni emmulyatsiya kiluvchi) yordamida o‘z provayderiga uy telefonidan

qo‘ng‘iroq qilinadi va uzoqlashgan kompyuter modemi javobidan so‘ng u bilan ulanadi. Bu holda foydalanuvchi kompyuteri endi uzoqlashgan kompyuterga ulangan terminaldek ishlaydi va uzoqdagi kompyuter bilan bog‘lanib, o‘z nomingiz (log bilan) va parolingizni kiritasiz. Internetga kirgandan so‘ng undan butun dunyoga oid sizni qiziqtirgan barcha masalalar bo‘yicha ayohat qilish imkoniyati paydo bo‘ladi. Kommutatsiya yo’llari orqali IP bog‘lanishda foydalanuvchi modemi provayder kompyuteriga bog‘lanadi (telefon orqali). Bunday bog‘lanishning mohiyati shundan iboratki, bu holda TSR/IP qaydnomasi formatida maxsus qaydnoma asosida ma’lumotlar almashishni ta’minlovchi dastur ta’minotidan foydalanadi. Uzoqlashgan kompyuter javob bergandan keyin



bu dastur ta’minot foydalanuvchi haqidagi ma’lumotlarni unga jo‘natadi. Ro‘yxatdan o‘tish muvaffaqiyatli kechsa, unda bemalol ish boshlash mumkin.

Yüklə 89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin