Reja Kompyuterlarning texnik ta’minoti



Yüklə 0,68 Mb.
səhifə2/2
tarix21.05.2023
ölçüsü0,68 Mb.
#119071
1   2
mustaqil ish

Оглавление

Kampyuterning qo’shimcha qurilmalari


Sistema bloki- yassi (desktop) yoki minora (town) ko‘rinishida ishlab chiqariladi. Kompyuterning asosiy qismlari sistema blokida joylashgan bo‘lib, ular quyidagilardir:
Tezkor xotira (RAM- Random Access Memory –ixtiyoriy kirish mumkin bo‘lgan mikroprotsessor. Tezkor xotira qurilmasi registrlardan tashkil topgan.
Registr-ma‘lumotlarni ikkilik shaklida vaqtinchalik saqlab turish uchun mo‘ljallangan qurilma. Har bir registr o‘z navbatida triggerlardan tashkil topgan. Trigger-bu kichik kondensator bo‘lib, u elektr toki bilan zaryadlangan holda 1 ni , aks holda 0 ni ifodalaydi.
Registrdagi triggerlarning miqdori Kompyuterni necha razryadli ekanini bildiradi. Registrlar-bu yacheykalar deb xam yuritiladi. Bu yacheykalarning xar bir razryadida bir bit axborot joylashadi ya‘ni 0 yoki 1
Razryadlar soni deganda bir vaqtda qayta ishlanadigan ikkilik razryadlar soni tushiniladi.
Qurilmalar nazoratchilari (bu kontrolerlar, adapterlar, elektr manbai bilan ta‘minlash bloki).
Yumshoq disk qurilmasi (FDD-Floppy Disk Driver)
Qattiq disk qurilmasi (HDD-Hard Disk Driver)
Faqat o‘qish uchun mo‘ljallangan lazer disk qurilmasi (CD-ROM Compact Disk Read Only Memory), shinalar, modem va boshqa qurilmalardan iborat.
Sistema blokiga uning parallel (LPT) va ketma-ket (COM) portlari orqali ko‘plab tashqi qurilmalarni ulash mumkin.
Ular mos ravishda LPT1, LPT4 va COM1 – COM3 deb nomlanadi. Odatda LPT portga printer va COM portga faks-modem, sichqoncha va boshqa qurilmalar ulanadi.

Monitor. Monitor (displey) Kompyuterda matn va grafik ma‘lumotlarni tasvirlash ko‘rish uchun ishlatiladi. Monitorlarning har xil ko‘rinishlari mavjud, ya‘ni ular o‘zidan chiqaruvchi past radiatsiyali (Lowe radiation) so‘zlarini uchratish mumkin.Shuning uchun inson organizimiga tas‘iri juda kam miqdorda bo‘lgan 17-21 dyuymli SVGA (Super Video Grafic Adapter-ya‘ni katta video grafik adapter) monitorlar ishlab chiqarilmoqda.


Ekranning gorizontal va vertikal nuqtalar soni bilan beriladi. Masalan: 14 dyuymli Kompyuterlarda tasvirlash qobiliyati 800 x 600, 15 dyuymli monitorda 1024 x 768, 17 dyuymli monitorda 1280 x 1024 va 21 dyuymli monitorda 1600 x 1200. Bundan tashqari ularning yana bir xususiyati piksellar sonining kata kichikligidir. Tasvirlash qobiliyati 800 x 600 ga teng bo‘lgan monitorlarda piksel 0,31 mm ga , 1024 x 768 ga teng bo‘lgan monitorlarda esa piksel 0,28 yoki 0,25 mm teng bo‘lishi kerak. Monitorning tez ishlashi adapterga bog‘liq. Matn rejimida monitor tez ishlaydi, grafik rejimda sekinroq ishlaydi. Ularni tez ishlashini o‘rnatish mumkin.
Modem. Kompyuter telefon tarmog‘i orqali axborot almashish maqsadida ishlayotganida, telefon tarmog‘idan olingan signalni qabul qiluvchi va uni raqamli axborotga aylantiruvchi qurilma kerak bo‘ladi. Qurilmaning kirishida axborot modulyatsiya qilinadi, chiqishida esa demodulyatsiyaga uchraydi, shundan modem nomi kelib chiqqan. Modemning asosiy vazifasi Kompyuterdan kelgan signalni telefon tarmog‘i ish chastotasi diapozoniga mos chastotadagi elektr signaliga aylantirib berishdan iborat. Bu tarmoqning akustik kanalini modem quyi va yuqori chastota yo‘laklariga ajratadi. Quyi chastotali yo‘lak ma‘lumotlarni uzatishda, yuqori yo‘lakli chastotalar esa qabul qilish uchun qo‘llaniladi. IBM rusumidagi Kompyuterlarni ishlab chiqaruvchi firmalar:
IBM, Compaq, Hewlett-Packard, Packard Bell, Toshiba, Apple, Siemens Nixdors, Aser, Olivetti, Gateway, Sun va boshqa firmalardir.

Ishlab chiqarilishiga qarab Kompyuterlar ikki xil bo‘ladi: Oq yasalgan va lintsenziya asosida ishlab chiqargan Kompyuterlar Sariq yasalgan Kompyuterlar hisoblanadi. Yuqoridagi zikr etilgan komponiyalar ishlab chiqargan Kompyuterlar oq Kompyuterlar, Malayziya, Xitoy, Tayland, Koreya davlatlarida ishlab chiqarilgan Kompyuterlar Sariq yasalgan Kompyuterlar hisoblanadi.


Noutbuk Kompyuterlar- bu Kompyuterlar hajmi ancha ixcham bo‘lib, batareya asosida ishlaydi. Hozirda bunday Kompyuterlarni IBM, Compaq, Toshiba va boshqa firmalar ishlab chiqarmoqda.
Kompyuterning dasturiy ta’minoti
1. Sistemaviy dasturiy ta’minot.
Shaxsiy kompyuter ikkita tashkiliy qismlardan iborat. Bular apparat ta’minot (hardware) va dasturiy ta’minot (software) lardir.
Apparat ta’minoti ─ bu, birinchi navbatda kompyuterning asosiy texnik qismlari va qo’shimcha (atrof) qurilmalaridir.
Dasturiy ta’minot kompyuterning ikkinchi muhim qisimi bo’lib, u ma’lumotlarga ishlov beruvchi dasturlar majmuasini va kompyuterni ishlatish uchun zarur bo’lgan hujjatlarni o’z ichiga oladi. Dasturiy ta’minotsiz har qanday kompyuter bamisoli bir parcha temirga aylanib qoladi.
Kompyuterning apparat va dasturiy ta’minoti orasidagi bog’lanish qanday amalgam oshiriladi? Avvalo ular orasidagi bog’lanish interfeys deb atalishini bilib olishimiz lozim. Kompyuterning turli texnik qismlari orasidagi o’zaro bog’lanish ─ bu, apparat interfeysi, dasturlar orasidagi o’zaro bog’lanish esa ─ dasturiy interfeys, apparat qismlari va dasturlar orasidagi o’zaro bog’lanish ─ apparat ─ dasturiy interfeys deyiladi.

Shaxsiy kompyuterlar haqida gap ketganda kompyuter tizimi bilan ishlashda uchinchi ishtirokchini, ya’ni insonni (foydalanuvchini) ham nazarda tutish lozim. Inson kompyuterning ham apparat, ham dasturiy vositalari bilan muloqotda bo’ladi. Insonning dastur bilan va dasturni inson bilan o’zaro muloqoti ─ foydalanuvchi interfeys deyiladi.


Endi kompyuterning dasturiy ta’minoti bilan tanishib chiqaylik. Barcha dasturiy ta’minotlarni uchta kategoriya bo’yicha tasniflash mumkin:
─ sistemaviy dasturiy ta’minot;
─ amaliy dasturiy ta’minot;
─ dasturlash texnologiyasining uskunaviy vositalari.
Sistemaviy dasturiy ta’minot (System software) ─ kompyuterning va kompyuter tarmoqlarining ishini ta’minlovchi dasturlar majmuasidir.
Amaliy dasturiy ta’minot (Aplication program package) ─ bu aniq bir predmet sohasi bo’yicha ma’lum bir masalalar sinfini mo’ljallangan dasturlar majmuasidir.
Dasturlash texnologiyasining uskunaviy vositalari ─ yangi dasturlarni ishlab chiqish jarayonida qo’llaniladigan maxsus dasturlar majmuasidan iborat vositalardir. Bu vositalar dasturchining uskunaviy vositalari bo’lib xizmat qiladi, ya’ni ular dasturlarni ishlab chiqish (shu jumladan, avtomatik ravishda ham), saqlash va joriy etishga mo’ljallangan.
Komyuterning dasturiy ta’minoti orasida eng ko’p qo’llaniladigani amaliy dasturiy ta’minot (АДТ) dir. Bunga asosiy sabab ─ kompyuterlardan inson faoliyatining barcha sohalarida keng foydalanishi, turli predmet sohalarida avtomatlashtirilgan tizimlarning yaratilishi va qo’llanilishidir.
Amaliy dasturiy ta’minotni quyidagicha tasniflash mumkin.
Muammoga yo’naltirilgan АДТ ga quyidagilar kiradi:
─ bugalteriya uchun ДТ;
─ personalni boshqarish ДТ;
─ jarayonlarni boshqarish ДТ;
─ bank axborot tizimlari va boshqalar.
Umumiy maqsadli АДТ ─ soha mutaxassisi bo’lgan foydalanuvchi axborot texnologiyasini qo’llaganda uning ishiga yordam beruvchi ko’plab dasturlarni o’z ichiga oladi. Bular:

─ kompyuterlarda ma’lumotlar bazasini tashkil etish va saqlashni ta’minlovchi ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari (МББТ);


─ matnli hujjatlarni avtomatik ravishda bichimlashtiruvchi, ularni tegishli holatda rasmiylashtiruvchi va chop etuvchi matn muxarrirlari;
─ grafik muxarrirlar;
─ hisoblashlar uchun qulay muhitni ta’minlovchi elektron jadvallar;
─ taqdimot qilish vositalari, ayni tasvirlar hosil qilish, ularni ekranda namoyish etish, slaydlar, animatsiya, filmlar tayyorlashga mo’ljallangan maxsus dasturlar.
XULOSA
Xulosa shundan iboratki mavzu haqida qisqacha nazariya va malumotlarga ega bo’ldim, Kampyuterning tuzilishi va ichki tuzilishi haqidaham malumotlarga ega boldim
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yhati
Yüklə 0,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin