IV. Malakali tibbiy yordam (ATO). Tibbiy saralash vaqtida yaradorlarni
4 guruhga ajratish maqsadga muvofiqdir.
1-guruh - hayotiy ko‘rsatmalar b o ‘yicha jarrohlik yordamiga muhtoj
b o ‘lgan k o ‘krak ja ro h a tla ri; y a r a d o r la r o g ‘ir ja ro h a tla r u c h u n
moMjallangan bog‘lov xonasiga yoki operatsiya xonasiga yuboriladilar.
Shu toifaga yurak jarohatlari, davom etuvchi plevra ichki qon ketishlari,
katta ochiq pnevmatoraksi, tashqi yoki ichki klapanli pnevmatoraksi
yoki ko‘krak-qorin qo‘shma jarohati bo‘lgan yaradorlar kiradi.
2-guruh — operativ davolashni talab qilmagan og‘ir plevrapulmonal
shoki va og‘ir o ‘tkir anemiya holatidagi yaradorlar shokini d av o -
lash chodiriga yuboriladi.
3-guruh - hayotiy ko‘rsatmalar b o ‘yicha malakali jarrohlik yordamiga muhtoj bo’lm ag an o ‘rta og‘irlik darajasidagi yaradorlar. Qisqa
vaqtli tayyorgarlikdan keyin ularni front ortidagi ixtisoslashgan gospitallarga
yuborish kerak.
4-guruh - yumshoq to ‘qimalari uncha ko‘p jarohatlanmagan,
k o ‘krak teshib kirmagan jarohatlari boMgan yengil yaradorlar.
ATOning tuzaiuvchilar guruhiga yoki yengil yaradorlar gospitaliga
yuboriladilar.
Hozirgi vaqtda o ‘q tekkan ko‘krak jarohatlarida aktiv jarrohlik davolash
usullari (torakotomiya)ga bo‘lgan ko‘rsatmalar anchagina cheklangan.
Faqatgina ko'krak drenaji samarasizligiga ishonch hosil qilganda
bajarilishi mumkin. Gematoraksda kech muddatlarda qon quyulib
qolganda ham operatsiya ko‘rsatilgan. Qizilo‘ngachning shikasti ham
operatsiya boMishga ko‘rsatma bo‘la oladi. Davom etuvchi ichki qon
ketishlar va boshqa yuqorida ko‘rsatilgan asoratlari boMmagan o ‘q tekkan
ko‘krak jarohatlarida aktiv jarrohlik harakatlar maqsadga muvofiq emas.
Bular qatoriga uncha katta boMmagan ko‘krak devori shikastlari, kichik
pnevmotoraks, nafas faoliyati buzilmagan va umumiy ahvoli nisbatan
qoniqarli boMgan yaradorlar kiradi. Ulaiga nisbatan konservativ ja rrohlik
yo‘nalishi boMishi kerak. Ko‘krak devoriga birlamchi jarrohlik
ishlovi berilgandan keyin ko‘krak bo‘shlig‘iga naycha (drenaj) qo‘yiladi.
Maxsus idishlar yordamida Pertes-Subbotin usuli b o ‘yicha plevra
b o ‘shlig‘ini drenaj qilib sekin-asta havo yoki suyuqlikni tortib olish
o ‘pkani rostlanib, nafas faoliyatiga qaytishiga olib keladi. Plevra
b o ‘shlig‘iga naycha (drenaj) q o ‘yilishidan boshlab yarador og‘riqni
qoldiruvchi vositalar, antibiotiklar olishi shart va nafas gimnastikasi
bilan shug‘ullanishi kerak, ikkilamchi asoratlaming oldini olish maqsadida
shifokor nazoratida b o lish i kerak. Har 12 soatda rentgen tekshiruvlari
yordamida drenaj nazorat qilinadi. Uchinchi sutkada yana
b ir b o r drenajning oMkazuvchanligini tekshirib, o ‘pka nafas olayotganiga
ishonch hosil qilib, drenajni olib tashlash mumkin. Agar yaradomi
nazorat qilish jarayonida u qaytalagan gematoraks qayd etilsa yoki
doimiy ravishda havo kirayotgan bo‘lsa, torakotomiya qilib jarrohlik
y o ‘li bilan patologik chokni bartaraf etish shart. Torakotomiyada eng
katta xavf tug‘diradigan omil bu infeksiyadir. Oldini olish uchun yot
jismlarni olib tashlash kerak, plevra bo‘shlig‘i antiseptiklar bilan yuviladi,
antibakterial terapiya o ‘tkaziladi va uchinchi sutkadan kechiktirmasdan
drenaj olib tashlanadi.
Urush davridagi yurak jarohatlarida operativ kirish yo‘li oddiy
b o ‘lib, snaryad parchalarini olib tashlash, gemoperikardni bartaraf etish
va yurak chokini qo ‘yishga imkoniyat yaratish kerak.
C h ap tomonlama yon torakotomiyasi u qovurg‘a oralig‘ida to ‘sh
suyagi yonida tog‘ay qismlarini kesish bilan bajarilsa standart deb
hisoblanadi.
Torakoabdominal jarohatlarni jarro h lik bilan davolash qiyin v a z ifadir.
Operatsiyani yuqori o ‘rta loparotomiyadan boshlagan m a ’qul.
Ushbu kirish yo‘l¡ quyidagi imkoniyatlarni beradi: l) shikastlariga
baho berib, qorin bo ‘shlig‘i organlarida operatsiyani bajarish; 2) d ia fragma
gumbazi jarohatiga va ko‘krak organlarning jarohatlariga b a h o
berish; 3) diafragmaga chok qo‘yish. Olingan ma’lumotlarga q a ra b
yoki ko'krak bo ‘shlig‘iga drenaj q o ‘yiladi yoki torakotomiya q ilib ,
ko‘krak bo‘shlig‘i organlarida operatsiya bajariladi.
Dostları ilə paylaş: |