Teri osti emfizemasi.
Pnevmotoraksda teri osti yoki mediastenal emfizema holati ko'p hollarda kuzatiladi. O‘z -o‘zidan teriosti em fizemasi xavfli emas, ammo yuz, bo‘yin, qovoqlar shishidan yomon hissiyot paydo bo‘ladi. Agarda teri osti emfizemasi faqatgina bo‘yin sohasida chegaralansa, traxeya yoki bronxlar jarohatlanganidan dalolat beradi.
BOSQICHLI DAVOLASH QOIDALARI
Birinchi tibbiy yordam. O‘z-o‘ziga, o'zaro yordam ko‘rsatish, aseptik
bog‘lam qo‘yishdan iborat. Ko‘krakning ochiq pnevmotoraksli jarohatlari
okklyuzion bog‘lamlar qo'yish bilan amalga oshiriladi. Buning
uchun individual paketchaning klyonka qobig‘i ishlatiladi.
Dostları ilə paylaş: |