Reja: Korxona avtomatlashtirilgan boshqaruv obyekti sifatida 2 Menejmentning axborot texnologiyalari Katta hajmli kalendar rejali axborot texnologiyalari Materiallarga


Ishlab chiqarish resurslarini rejalashtirish (MRP II)



Yüklə 86,5 Kb.
səhifə5/6
tarix20.11.2023
ölçüsü86,5 Kb.
#163549
1   2   3   4   5   6
Menejment Tizimida Axborot Taminoti

Ishlab chiqarish resurslarini rejalashtirish (MRP II)
Manufacturing Resource Planning (MRP II) standarti moliyaviy va “kishilik”
resurslarini o‘z ichiga olib rejalashtirish texnologiyalarini rivojlantirish va ishlab chiqarish resurslarining barcha turlarini boshqarishni ta’minlaydi. MRP II standartida rejali mexanizm tuzilishi 15.4.-rasmda tasvirlangan.
MRP II standartida rejalashtirish mexanizmining tuzilmaviy komponentlari:

  1. Savdo va ishlab chiqarishni (operatsiyalar) rejalashtirish — Sales & Operations Planning. Strategik, biznes reja va operatsion-kalendar rejalashtirish, rejalashtirishning barcha bosqichlarida byudjet chegaralanishlarni shakllantirish, qarshi aloqalarni qo‘llab quvvatlashning o‘zaro aloqasi.

  2. So‘rov orqali boshqarish (Demand Management). Korxonaning marketing siyosati, rejalashtirishni mustahkamlash va kalendar rejalarni ishlab chiqish jarayonining bir qismi.

  3. Tizimosti o‘ziga xoslik (Bill of Material Subsystem). Meyoriy-ma’lumot axborot, mahsulotlarning o‘ziga xosligini tasvirlash (VOM).

  4. xom-ashyolarga bo‘lgan talabni rejalashtirish (Material Requirements Planning).

Ma’lumotlarning so‘rov (prognoz yoki buyurtma) haqida asoslanishida mahsulotga bog‘liq so‘rov, ochiq buyurtmalar uchun ishlab chiqarish vazifalarini belgilash.

  1. Mustaqil so‘rov asosida ishlab chiqarishning asosiy kalendar rejasi (Master Production Schedule).

  2. operatsiyalarning zahiralar bilan tizimosti (Inventory Transaction Subsystem).

Nomenlaturali holatlar haqida ma’lumotlarni faollashtirilgan holatda ushlash.

  1. Ochiq buyurtmalar bo‘yicha rejalashtirilgan kirim tizim ostilari (Scheduled Receipts Subsystem). Ochiq buyurtmalar holati ishlab chiqarishning asosiy kalendar rejasiga yoki xomashyoga bo‘lgan talab rejasiga kiritilgan.

  2. Ishlab chiqarishnitezkor boshqarish (Shop Floor Control, Production Activity Control). Ishlab chiqarish buyurtmalarini sex, ishchi markaz, ishlab chiqarish operatsiyalari bosqichida o‘tkazishni rejalashtirish va dispetcherlash (Shop Scheduling and Dispatching).

  3. Quchga bo‘lgan talabni rejalashtirish (Capacity Requirements Planning). Ishchi markazlar yuklanishini ishlab chiqarishning asosiy kalendar rejasiga muvofiq boshqarish

(tayyorlangan komponentlarga bo‘lgan talabni hisoblashdan keyin).

  1. Katta hajmli kirgan/chiqqan xom ashyolarni boshqarish (Input/Output Control). CRP ishlab chiqarish kuchidan foydalanishni, kirgan va chiqqan katta hajmli xom-ashyo va ishchi markazlar uchun vazifalar hajmini, ishlab chiqarish kuchining yuklanishi bo‘yicha reja amalga oshirilishini baholashni nazorat qilish.

  2. Ta’minotni boshqarish (Purchasing). Ta’minlovchi buyurtmasiga sotib olish talabnomasini o‘zgartirish, sotib olish rejasini bajarilishini, shakllantirilgan MRPni, ta’minotning muddat, nomenklatura, ta’minotchilar bo‘yicha boshqa rejalarini nazorat.

  3. Resurslarni taqsimlashni rejalashtirish (Distribution Resource Planning). Resurslarni korxonalarga taqsimlash tarmog‘ining parametrlari (distribusiya): yetkazish vaqti, ushbu tarmoqning turli nuqtalaridagi ish kalendari, transportda tashish rejimi va narxi va hokazolar.

  4. Uskunalar ta’minoti (Tooling yoki Tool Planning and Control). MRP — CRP tizimosti uskunalar ta’minoti, zahiralarni boshqarish, yetkazib berishni boshqarish, mahsulotlarning o‘ziga xosligi va hokazo.

  5. Moliyaviy rejalashtirish tizimi bilan interfeys (Financial Planning Interfaces). Moliyaviy rejalashtirish tizimi uchun axborotning asosiy shakllari: tovar va xom- ashyo zahiralari narxi, ularning istiqbolli hajmi prognozi: operatsion pul hajmi (xom-ashyo sotib olish, mehnatga haq to‘lash, o‘zgaruvchan ustama xarajatlar, pul mablag‘lari tushishi va boshqalar); ustama xarajatlar hajmi va boshqalar.

  6. Modellash (Simulation). Boshlang‘ich ma’lumotlar o‘zgarishiga natijaviy ko‘rsatkichlarning sezuvchanligini baholash, ishlab chiqarishning tasodifiy omillariga statistik modellash uchun Monte-Karlo usuli va boshqalar.

  7. Faoliyatni baholash (Performance Measurement).


Yüklə 86,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin