Reja: Korxona avtomatlashtirilgan boshqaruv obyekti sifatida 2 Menejmentning axborot texnologiyalari Katta hajmli kalendar rejali axborot texnologiyalari Materiallarga



Yüklə 86,5 Kb.
səhifə2/6
tarix20.11.2023
ölçüsü86,5 Kb.
#163549
1   2   3   4   5   6
Menejment Tizimida Axborot Taminoti

Sexlar turi;

  1. Asosiy — tarmoqli mahsulot ishlab chiqaradi yoki ishlab chiqarish jarayonining tugallangan qismi (asosiy sexning tayyorlovchi, qayta ishlovchi va chiqaruvchi).

  2. Ta’minlovchi — asosiy sexlar uchun mahsulot tayyorlanishi bo‘yicha yordamchi ishlab chiqarish (instrumental, ta’mirlangan sexlar).

  3. Xizmat ko‘rsatuvchi — asosiy, ta’minlovchi sexlarga ishlab chiqarish xizmatlarini ko‘rsatadi (transpor xo‘jaligi, energetika xo‘jaligi, qurilish sexi).

  4. Tajriba-eksperimental — mahsulotning maket va tajriba namunalarini tayyorlaydi.

  5. Qo‘shimcha va boshqa — qo‘shimcha materiallarni olish va qayta ishlashni amalga oshiradi, mahsulotni joylash uchun yashiklar ishlab chiqarish va hokazo.

  6. Yordamchi — qo‘shimcha yordamchi ishlarni bajaradi (zavod hududini tozalash, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sug‘orish va boshqalar).

Ishlab chiqarish bo‘limlari faoliyatini boshqarish uchun ko‘pincha turlicha iqtisodiy usullar qo‘llanadi:

  • sex rejasi— ishlab chiqarish buyurtmalarini tanqidiy ish markazlariga navbatini shakllantirish, uskunalar yuklanishini optimallashtirish, mahsulot chiqarilishini maksimallashtirish, rejadan orqada qolishni minimallashtirish va hokazo;

  • Ishlab chiqarish dasturini o‘rtacha so‘rov o‘lchami asosida rejalashtirish (so‘rov teng bo‘lmaganda) yoki katta ishlab chiqarish hajmida modellashtirish yo‘li bilan sifat nazoratini ta’minlash;

  • katta hajm, jarayonli va konveyerli ishlab chiqarish, yarim fabrikatlarga bir xil so‘rovni ta’minlash uchun mehnat taqsimoti, uskunalarni qayta sozlash vaqtini qisqartirish, mahsulot ishlab chiqarishning texnologik jarayon sifatini ta’minlash, standart texnologiyalarni qo‘llashda material xarajatlarini hisobga olib ishlab chiqarish hududlarining ish grafigini tuzish;

  • individual buyurtmalar bilan boshqarish, birinchi aloqadanoq potensialli buyurtmachi bilan buyurtmani ro‘yxatga olish, mahsulotni tayyorlashning optimal variantini tanlash, tannarxini baholash va buyurtmani tayyorlashning vaqti, narx hisob-kitoblari, buyurtmaning materiallarini ta’minlash, buyurtmani ishlab chiqarishga uzatish, buyurtmani tayyorlash uchun texnologiyalarni optimallashtirish, ishlab chiqarish jarayonini rejalashtirish, ishlab chiqarishda mahsulotni nazorat qilish, tayyor mahsulotni tushirish va buyurtmachilar bilan oxirgi hisob-kitobni tugatish (asosan standart bo‘lmagan buyurtmalar uchun);

  • ishlab chiqarish «konfiguratori» — buyurtmachi talabining turli variantlarini hisobga olib standartlashgan mahsulotni tayyorlash (variantli mahsulot o‘ziga xoslining turli ko‘rinishlariga ega;

  • mahsulotga ketadigan xarajatlarni nazorat qilish – mahsulot tannarxini turli usullar bilan hisob-kitob qilish (standart tannarx, jarayon tannarxi, xarajatning gibrid modeli, sex buyurtmasi bo‘yicha xarajatlarning taxminiy va hozirgi hisob-kitobi) va boshqalar.

Ko‘plab zamonaviy korxonalarda menejment tizimining ISO-9000 sifati va European Foundation for Quality Management (EFQM) modeli joriy etilgan, uning xususiyatlari quyida keltirilgan:

  • har tomonlama mos keladigan natijalar mo‘ljallash;

  • istemolchini aniqlash, istemolchi qiymatini tuzish;

  • rahbarlik va menejmentda doimo sifatni maqsad qilish;

  • sifatli boshqaruv uchun jarayon va faktlar menejmenti;

  • inson resurslarining rivojlanishi va xodimlarni sifatni ta’minlashga jalb etish;

  • innovatsiya va yaxshilash bo‘yicha uzluksiz o‘qitish;

  • qiymatni oshiradigan hamkorlik munosabatlarini rivojlantirish; ishlab chiqaruvchining ijtimoiy javobgarligi.


Yüklə 86,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin