Investitsiyalami moliyalashtirishning lizing
mexanizmi
Reja:
Lizingning iqtisodiy mohiyati va turlari
Lizing to’lovlarini va lizingning moliyaviy samaradorligini aniqlash, banklarda lizing hisobi.
Lizingshartnomasi va lizing ob’ekti bilan bog’liq risklar
O ’zbekistonda lizing kompaniyalari Lizingning iqtisodiy mohiyati va turlari
Lizing muomilallarini yuzaga kelishining uzoq tarixiy bosqichlarini harakterlash mumkin. Ilk bor "lizing" atamasi 1877 yilda qo’llanilgan, o’sha davrda "Bell" telefon kompaniyasi o’zining telefon apparatlarini mijozlarga sotmasdan, balki ijaraga berish to’g’risida qaror qabul qilish bilan uning dastlabki qadamlarini boshlagan edilar. Bunga ko’ra, o’rnatiladigan asbob-uskunalar mijozning uyi yoki ofisiga faqat ijara to’lovlari bo’yicha o’rnatiladigan bo’ldi.
Lizing jarayonlari bo’yicha asosiy ish faoliyati yuritadigan dastlabki aktsionerlik jamiyati 1952 yilda San-Frantsiskoda tashkil etilgan "United States Leasing Corporation" Amerika kompaniyasidir. Frantsiyada birinchi lizing kompaniyasi 1957 yil, Angliyada-1960 yil, Germaniyada-1962 yil, Italiyada-1963 yil, Yaponiyada-1969 yilda tashkil etilgan. Bunday kompaniyalar vatanimizda 1990 yillarning o’rtalariga kelib tashkil etila boshlandi.
Lizing ayrim mamlakatlarda shakllanib, jahon miqiyosida juda keng rivoj topdi. Lekin davrlar o’tishi bilan bu soha bo’yicha xalqaro xamkorlikni huquqiy jihatdan tartibga solishda muammolar paydo bo’la boshladi. Unga ko’ra lizing tushunchasini aniq tasniflash lozimligi talab qilindi. Inglizcha "Leasing", "Lesson" va "Lessee" atamalari o’zbek tilida to’liq o’z ifodasini topmagan. "Leasing" so’zi "ijara" ma’nosida qo’llanib kelinmoqda. Biroq lizing shartnomasi mazmuniga ko’ra, uskunalarni vaqtinchalik foydalanishga berish bo’yicha tomonlarning kelishuvi kelib chiqiladigan va uning kelishuv muddatini tugashi bilan o’z mulkiga o’tishi uni aynan ijara tushunchasi bilan bir xil mazmunda qarashga olib kelmaydi.
Hozirgi vaqtda ham "lizing" va "ijara" tushunchalarini ta’riflashda har xil fikrlar mavjud. Buning mohiyati shundaki, mamlakatimiz amaliyotida bu ikki termin turlicha tushunchalardir. To’g’ri, "ijara", "moliyaviy ijara (lizing)", "moliyaviy lizing" va boshqa tushunchalar alohida me’yoriy hujjatlar bilan amaliyotga kiritilgan. Boshqacha qilib aytganda, ijara jarayonlarining ma’lum bir qismi xorijiy "lizing" so’zi bilan nomlanadi. Lekin albatta ularning farqlanish belgilari mavjud.
O’zbekiston Respublikasining 14 aprel 1999 yil qabul qilingan “Lizing to’g’risida”gi Qonunida lizing tushunchasiga quyidagicha ta’rif berilgan: “Lizing ijara munosabatlarining alohida to’ri bo’lib, unda bir taraf (lizing beruvchi) ikkinchi tarafning (lizing oluvchining) topshirig’iga binoan uchunchi tarafdan (sotuvchidan) haq evaziga egalik qilish va foydalanish uchun lizing shartnomasida belgilangan shartlarda berib qo’yish maqsadida mol - mulkni (lizing ob’ektini) oladi”.1 "Tadbirkorlik faoliyati uchun foydalaniladigan iste’mol qilinmaydigan har qanday ashyolar, shu jumladan korxonalar, mulkiy komplekslar, binolar, inshootlar, uskunalar, transport vositalari hamda ko’char va ko’chmas mulk lizing ob’ektlari bo’lishi mumkin.
Yer uchastkalari va boshqa tabiat ob’ektlari, shuningdek erkin muomalada bo’lishi qonun hujjatlari bilan taqiqlangan yoki muomalada bo’lishining alohida tartibi belgilangan mol-mulk lizing ob’ektlari bo’lishi mumkin emas." («Lizing to’g’risida»gi Qonunning 3-moddasi)
Jahon amaliyotida, lizingning asosiy tiplari ijara muddati bo’yicha: uzoq muddatli - lizing (uch yil yoki ko’proq muddatda amalga oshiriluvchi); o’rta muddatli - xayring (bir yildan uch yilgacha); qisqa muddatli - reyting (bir yildan kam bo’lgan muddatli).
Lizingning asosiy turlariga moliyaviy va operativ lizingni kiritishimiz mumkin. Moliyaviy lizing - lizing beruvchi lizing oluvchi tomonidan belgilangan mulkni sotuvchidan sotib olish va lizing oluvchiga belgilangan to’lov va lizing predmeti to’liq amortizatsiya muddatiga teng bo’lgan muddatga ma’lum bir shartlar asosida vaqtinchalik foydalanishga berishdir.
1-rasm. Moliyaviy lizing sxemasi.
Qaytariluvchi lizing - moliyaviy lizing turi bo’lib, bunda lizing predmeti sotuvchisi bir vaqtning o’zida lizing oluvchi sifatida namoyon bo’ladi.
Operativ lizing- lizing beruvchi mulkni sotib olib, uni lizing predmeti sifatida belgilangan to’lov hisobiga, shartnomada belgilangan ma’lum bir muddatda tegishli shartlar asosida vaqtinchalik egalik qilish va foydalanishni lizingga oluvchiga beradi. Operativ lizingda lizing predmeti uni to’liq amortizatsiya muddati o’tib bo’lgunga qadar bir necha marotaba lizingga berilishi mumkin. 12.2 - rasmga qarang.
2002 yil 13 dekabrda qabul qilingan “O’zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o’zgartirishlar va qo’shimchalar kiritish to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasining Qonuniga binoan “Lizing to’g’risida”gi Qonunda lizingning faqat moliyaviy turi qoldirilgan.
2 - rasm. Operativ lizing sxemasi.
Moliyaviy lizingning kamchiliklariga quyidagilami kiritish mumkin: lizing oluvchida lizing to’lovlarini olishdagi tavakkalchiligi va mulkni ma’naviy eskirish xatari lizing oluvchi o’z mablag’lari hisobiga olgandagiga qaraganda yuqori bo’lishi, ayrim hollarda esa bank krediti evaziga sotib olgan mulkka nisbatan lizingga olingan mulk bahosining yuqori bo’lishi, oshirib yuborilgan lizing to’lovlari mahsulot bahosining oshib ketishi va uning raqobatbardoshligini kamayishiga olib kelishi mumkin.
Keltirilgan kamchiliklar kapital qo’yilmalar shaklidagi harajatlashning ushbu usuliga berilgan umumiy ijobiy bahoga unchalik ta’sir ko’rsatmaydi.
Lizing jarayonlarining iqtisodiy samarasi ko’p hollarda ularning nechog’lik puxta rasmiylashtirilishiga bog’liq.
Investitsiya faoliyati uchun moliyaviy lizingni qulay ekanligini aniqlash uchun investitsiyalarni moliyalashning an’anaviy shakllariga nisbatan lizing jarayonlarining afzallik va kamchiliklarini tahlil qilish natijasida quyidagi xulosalarga kelindi. Lizing munosabatlarining asosiy afzalliklari quyidagi jadvalda keltirilgan.