Lizing munosabatlari sub’ektlari uchun lizingning qulayligi Uskunalarni ishlab chiqaruvchi uchun -Sotish bozorining kengayishi -Texnikaga kafolatli xizmat ko’rsatish tizimini kengayishi Lizing beruvchi uchun -Foyda olish -Amortizatsiya va soliq imtiyozlarining mavjudligi -Mulk shaklida sarmoyalash - moliyaviy xatarlarni yo’qligi Lizing oluvchi uchun -Kam miqdordagi boshlang’ich kapital hisobiga ham ishni tashkil etish imkoni -Yuz foizli kreditlash -To’lovlarni zudlik bilan amalga oshirishni talab etilmasligi -To’lovlarning qulay sxemasini ishlab chiqish imkoniyati -lizing oluvchini mulk solig’idan ozod bo’lishi -Lizing to’lovlarini ishlab chiqarish va muomala harajatlari tarkibiga kiritilishi -Vaqtinchalik foydalanishga olingan mulkni jismoniy va ma’naviy eskirish xatarini kamligi -Yangi mahsulot ishlab chiqarishda xatarni kamayishi -Soliq to’lashdagi imtiyozlar va jadal amortizatsiyani qo’llash imkoniyati
2. Lizing to’lovlarini va lizingning moliyaviy samaradorligini aniqlash, banklarda lizing hisobi. Lizing to’lovlari o’z tarkibiga shartnomada ta’kidlangan mulkning to’la yoki qisman holdagi qiymatini hamda, ko’rsatilgan lizing xizmati va qo’shimcha servis xizmatlari to’lovini oladi.
Natijada, lizing beruvchida tijorat nuqtai-nazaridan lizing bitimi quyidagicha ko’rinishda bo’ladi:
Lizing beruvchining kelishuv asosidagi umumiy harajatlari quyidagi tenglik bilan izohlanadi:
Lt=Bq+Kt+Qt
Kt - kredit resurslaridan foydalanganlik uchun to’lov, so’mda;
Qt- qo’shimcha xizmatlar uchun to’lov, so’mda;
Bq - lizing shartnomasi predmeti hisoblangan mulkning balans qiymati,
so’mda;
Lizing bitimi asosida lizing oluvchining lizing to’lovlari harajatlari quyidagicha hisoblanadi:
Lt=A+Kt+Tkomis+Qt+QQS+BB
Bunda,
A - lizing beruvchida joriy yilda hisobga olinadigan amortizatsiya ajratmalari miqdor o’lchovi, so’mda;
Tkomis - lizing shartnomasi asosida lizing beruvchining komission mukofot puli, so’mda;
QQS - lizing beruvchi xizmatlari bo’yicha lizing oluvchi tomonidan to’lanadigan qo’shilgan qiymat solig’i, so’mda;
BB - bojxona boji, so’mda;
Kt - kredit resurslaridan foydalanganlik uchun to’lov, so’mda;
Qt - qo’shimcha xizmatlari uchun to’lov, so’mda.
O’z navbatida, amortizatsiya ajratmalari quyidagi formula bilan hisoblaniladi: