Reja: Madaniyatning mohiyatini bilish «Sivilizatsiya» atamasi va madaniyat



Yüklə 356,55 Kb.
səhifə4/50
tarix20.11.2023
ölçüsü356,55 Kb.
#165811
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50
Reja Madaniyatning mohiyatini bilish «Sivilizatsiya» atamasi va

2. Iqtisodiy tafakkur va amaliyot


Bozor iqtisodiyotiga о’tish tufayli о’tkazilgan iqtisodiy islohotlar va hozirgi bosqichda ularni yanada chuqurlashtirish shaxsni har tomonlama kamolotga yetkazishga, turmush farovonligini kо’tarishga qaratilgan.
Inson muayyan maqsad sari intilar ekan, uning faoliyati zaminida о’z oilasining moddiy sharoiti va manfaatlari ustuvor ahamiyatga ega bо’ladi. Inson hayotida iqtisodiy faoliyat, uning natijasida yaratilgan ne‘matlar asosiy о’rin tutadi. Ana shu ne‘matlarni qay tarzda qanday xarajatlar bilan yaratilishida iqtisodiy bilimlar muhim о’rin tutadi.
Iqtisodiy tafakkurning kuchi - uni amaliyot hayot bilan bog’liqligida. Abstraktlik bilan aniqlik, nazariya bilan amaliyot birligi, iqtisodiy reallikni bilish va uni anglab yetish tafakkurning zaruriy, asosiy shartidir.
Hozirgi taraqqiyot darajasida iqtisodiy fanlarsiz, ularni chuqur о’rganmay, uzoqqa borib bо’lmaydi. Bozor iqtisodiyotida xо’jalik yuritish uchun har tomonlama puxta о’ylash, lekin doimo amaliyot bilan bog’lanishi zarur.
Insonlarda yangicha iqtisodiy tafakkurni yuqori darajada bо’lishi uchun iqtisodiy fanlar rivojlanishi hamda iqtisodiy fikr yurita bilish zarur.
Iqtisodiy tarbiya ta‘lim jarayonini ajralmas tarkibiy qismi sifatida uni tо’ldirishi va amaliy kо’nikmalar bilan boyitishi lozim. 4
Bozor iqtisodiyotining ichki о’ziga xos ilg’or xususiyati bu barchaga, har bir kishiga teng iqtisodiy erkinliklarni berish, ularni mustaqil faoliyat kо’rsatishi, farovon hayot kechirish, о’zi va davlat manfaatlarini rо’yobga chiqarish uchun qulay imkoniyatlar, har qanday faoliyatning huquqiy, adolatli negizini yaratishdir. Buning uchun: a) mamlakatimizning har bir fuqarosida ana shunday imkoniyatlardan foydalana oladigan iqtisodiy fikrlash qobiliyatini tarbiyalash lozim; b) iqtisodiy bilimlar iqtisodiyotimizni rivojlantirishning kuchli omiliga aylanayotganini hisobga olib, iqtisodiy fanlarni chuqur о’rganishni yо’lga qо’yish lozim.
Iqtisodiy tafakkurni izchil rivojlanishi nazariya va amaliyotning uzviy bog’liqligidan kelib chiqadi. Aynan iqtisodiy nazariya va iqtisodiy siyosatning uzviy bog’liqligiga erishish iqtisodiy madaniyat yuksalishiga ijobiy ta‘sir qiladi.
Iqtisodiy manfaatdorlikni adolatli hal etish, jamiyatni haddan tashqari tabaqalanishini kuchayishiga yо’l qо’ymaslik muhim rol о’ynaydi.
Milliy iqtisodiy tafakkurni mustaqillik yillarida rivojlanishi xususiy mulkchilikni e‘tirof etish, milliy iqtisodiyot tarmoklarida tub tarkibiy о’zgarishlarni ta‘minlash, kichik biznes va xususiy tadbirkorlar salmog’ini oshirish bilan bir qatorda mutaxassis kadrlarni xalqaro miqyosda raqobatbardoshlikka qodir bо’lgan bilimlarni о’zlashtirishini talab etadi.
Hozirgi kunda iqtisodiyotning talabi: har bir kishi о’z bilimlaridan foydalana olishi, yangicha dunyoqarashga ega bо’lishi va iqtisodiy masalalarga tо’g’ri yechim topa olishi kerak.
Bunga kо’p jihatdan dars jarayonida iqtisodiy tafakkurni rivojlantiradigan metodlarni qо’llashga ahamiyat berish orqali erishish mumkin.
Tafakkurni rivojlantirish о’z navbatida ongni ham rivojlantirish omilidir. Tafakkur va ongning о’zaro munosabatida tafakkur faol bо’lib, iqtisodiy ongni qayta yо’naltirish uchun yangi tafakkur tarkib topishini rag’batlantirish va rivojlantirish lozim. U yoki bu qarashlar jamiyatda keng tarqalishi, biroq faqat bilimlar darajasida qolishi, e‘tiqodga aylanmasligi, amaliyotda keng qо’llanmasligi mumkin.
Mutaxassislar tafakkurni ‘tanballigi’ni inson zaifligining eng kо’p tarqalgan sohalaridan biri deyishadi. Buning ma‘nosi shuki boshqalarnini fikriga tayanib, xulosalar qilish hamma vaqt oson, mustaqil fikrlash esa qiyin kechadi. Kо’pincha odamlarning, jumladan, rahbarlarning hamon yuqori tashkilotlardan kо’rsatmalar kutib, shaxsiy tashabbus kо’rsatmayotganini boisini shu bilan izohlash mumkin.

Yüklə 356,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin