Reja: Magnit oqimi



Yüklə 0,63 Mb.
səhifə9/10
tarix09.09.2023
ölçüsü0,63 Mb.
#142280
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Elektromagnit induksiya hodisasi

Transformatorlar.
O’zaro induksiya xodisasiga asoslanib ishlaydigan qurilmalardan biri –transformatorlardir
Transformatorlar deganda - o’zgaruvchanlik tok kuchlanishi va tok kuchini qayta o’zgartiradigan, ikki yoki undan ortiq chulg’amli statikelektromagnit asbob tushiniladi.
Transformatorning tuzilish. Transformatorni birinchi bo’lib, rus olimi P. Yablochkov (1847-1894) va I. Usachinlar(1855-1919) tomonidan yasalgan va amalda qo’llanilgan . Transformatorning prinspial sxemasi 182 –rasm ko’rinishida bo’lib temir o’zakka maxkamlangan N1 va N2 o’ram soniga ega chulg’amlardan iborat.
Birinchi chulg’amning uchlari E1EYUK li o’zgaruvchan tok manbaiga ulangan bo’lib, unda o’zgaruvchan I1 tok oqadi va transformator o’zagida o’zgaruvchan magnit oqim F ni vujudga keltiradi.

Bu oqimning o’zgarishi ikkinchi chulg’amda o’zaro induksiya EYUK ni vujudga kelt iradi.
Transformatorning ishlashi Birinchi chulg’am uchun OM jqonuni quyidagi ko’rinishga ega bo’ladi.
E1=d/d t(N1 F)=I1 R1
Bu erda R1- ni birinchi chulg’amning qarshiligi.



N1 N2


E1 E2





Tez o’zgaruvchan maydonlar uchun R1 qarshilikdagi kuchlanish tushishi I1 R1 boshqa hadlarga nisbatan juda kichik bo’lganligi uchun uni xisobga olmaslik mumkin, ya’ni
E2=N1 d F/dt
Ikkinchi chulg’amda vujudga keladigan o’zaro induksiya EYUK esa
E2=-d(N2F) /dt=-N2 dt/dt
Har ikkala ifodadan ham dF /dt ni topsak ,
;
va ularni tenglashtirsak,
E2 =-N2/ N1E1
ni olamiz. Tranfarmatsiya kaifsenti. Transformatorning ikkinchi chulg’amidagi EYUK birinchisinikiga nisbatan necha marta ko’p (yoki kam)ekanligini ko’rsatuvchi N2/N1 o’ramlar sonining nisbatiga transformatsiya koefisenti deyiladi.
Zamonaviy transformatorlar energiyaning behuda sarfi 2% atrofida bo’ladi. Bu energiya chulg’amlarida issiqlik ajratishiga va o’zakda tok vujudga kelishiga sarflanadi.Agar energiyaning behuda sarflanishini hisobga olmasak, unda transformatorning har ikkala cho`lg`amlariga tokning quvvati teng bo`ladi, yani
E2I2 E1I1
Demak, (108.3) ga asosan
E2 / E1 =I1 / I2 =N2 / N1

ya`ni Chulg’amdagi tok kuchi o’ramlar soniga teskari proportsional. Agar N2 / N1 1 bo’lsa, bunday transformatorga kuchaytiruvchi transformator deyiladi.


U o’zgaruvchi EYUK ni orttirib, tok kuchini kamaytiradi. Bunday transformatorlar elektr energiyasini uzoq masofaga uzatishda ishlatiladi.
Agar N2 / N1 1 bo’lsa, pasaytiruvchi transformator bo’ladi va EYUK pasaytirilib, tok kuchi orttiriladi. Bunday transformatorlar yuqori kuchlanishli tokni qabul qilib, iste’molchini ta’minlash uchun ishlatiladi.
Transformatorning ishlatilishi. Biz ikki chulg’amli transformatorlarning ish printsipini ko’rdik. Umuman olganda, texnikada turli kuchlanishlarni hosil qiluvchi 4-5 chulg’amli transformatorlar ham mavjud.

Biz bilamizki bitta chulg’amdan iborat transformatorlarga aftotransformatorlar deyiladi. Buni 9- rasm ko’rinishida chizsak.
Bundan ko’rinib turibdiki, chulg’amning bir qismi ikkinchi chulg’am vazifasini bajaradi.



u1


u2 9 - расм

Transformatorlar ish davomida qiziydi va shuning uchun ham ularda sovutish sistemalari ham bo’ladi. Sovutish sistemasi havo bilan ham , transformatorlar yog’I bilan ham ishlashi mumkin.
Hozirgi kunda zamonaviy transformatorlarning quvvati 109 vt, EYUK esa 750 kv gacha etadi. Bunday transformatorlar juda ulkan bo’lib, vazni yuzlab tonnani tashkil qiladi. Ularning quvvati 99 % gacha etishi mumkin ekan.
Xulosa
Magnit maydonning o’zgarishi tufayli berk konturda hosil bo’lgan tok induksion tok deb atalsa, hodisaning o’zi esa elektromagnit induksiya hodisasi deb ataladi.
Konturdan o’tayotgan tok kuchining o’zgarishi konturda qo’shimcha tok kuchi hosil qiladigan konturdagi EYUK ni hosil bo’lishiga olib keladi bu hodisaga o’zinduksiya hodisasi deb ataymiz.
Texnikalarda va radiotexnikalarda turli kuchlanishlarni hosil qiluvchi 4-5 chulg’amli transformatorlar mavjud.
Transformatorlar ish davomida qiziydi, shuning uchun ham ularning sovutish sistemalari bo’ladi. Sovutish sistemasi havo bilan ham, transformator yog’I bilan ham ishlashi mumkin.

Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin