Reja: Maktabgacha ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiya bo’yicha ishlar



Yüklə 37,89 Kb.
səhifə2/6
tarix03.05.2023
ölçüsü37,89 Kb.
#107060
1   2   3   4   5   6
Maktabgacha yoshdagi bolalarning umumiy jismoniy tayyorgarligi asoslari

Jismoniy tarbiya tamoyillari.
Jismoniy tarbiya tamoyillari shaxsni har tomonlama komil inson qilib rivojlantirishga bolalarda jismoniy qobiliyatni, harakat malakalari va ko‘nikmalarini rivojlantirishga yordam beradigan, bola shaxsini tarbiyalashni birgalikda va har tomonlama tarbiyalashni amalga oshirishga mujassam holda yondashishni ko‘zda tutadi. Jismoniy tarbiya tizimidagi bunday yondashuv bolalarning o‘ziga xos xususiyatlari, yosh rivojlanish bosqichlari xususiyatlari, hayotning u yoki bu davrida asosiy faoliyat sifatida tanlanadigan jismoniy tarbiya faoliyati turlari xususiyatlariga ham bog‘liq bo‘ladi.
Jismoniy tarbiyaning umumiy tamoyillariga quyidagilar kiradi:
Jismoniy tarbiya va sportning hayot bilan bog‘liqlik tamoyili. Maktabgacha tarbiya yoshidagi muassasa bolalarini tegishli dastur asosida jismoniy va sport mashqlariga, o‘yinlarga o‘rgatib, ulardagi bu qiziqish qo‘llab-quvvatlab turiladi. Ta’limning maqsadi bolalarda maktabga o‘tish va kelajakda jismoniy tarbiyadan meyoriy ko‘rsatkichlar majmuasi talablarini muvaffaqiyatli o‘zlashtirish uchun jismoniy tayyorgarlik hosil qilishdan iboratdir, shu asosda bolalarda O‘zbekistonning mashxur sportchilari, ularning vatanparvarligi, ishchanligi, jasurligi, bardoshliligi, mahorati, do‘st-birodarligi va o‘zaro yordam kabi xislatlariga hurmat hissi tarbiyalanadi.
Sog‘lomlashtirishga yo‘nalgan tamoyilining mohiyati bolalar sog‘ligini mustahkamlash vazifalarini bajarishda namoyon bo‘ladi. Shuning uchun jismoniy mashqlarni tanlashda bola organizmini har tomonlama sog‘lomlashtirishga intilish, uning jismoniy sifatlarini hissiy-ijobiy holat, hayotdagi xushchaqchaq kayfiyat bilan yaxlitlikda rivojlantirish ham ko‘zda tutiladi. Jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarini rejalashtirishda salomatlikni mustahkamlash qonuniyatlari hisobga olingan jismoniy yuklama albatta idora qilinadi. Bu ish tarbiyachi, vrach va mudiraning muntazam vrachpedagoglik nazorati ostida amalga oshiriladi.
Bolalarga jismoniy ta’lim va tarbiya berish jarayonida quyidagi didaktik-ta’limiy tamoyillar qo‘llaniladi:
-tizimlilik va izchillik,
-onglilik, mustaqillik va ijodiy faollik,
-ta’limning ko‘rgazmali og‘zaki va amaliy usullarini birga qo‘shib olib borish;
-tushunarlilik va individuallashtirish tamoyili;
-ta’limning frontal, gruh va yakka tarzdagi shakllarini birligi;
-talablarni tobora oshirib borish tamoyili.

Yüklə 37,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin