tomosha rekvizitlarini bolalarning o‟zlari tayyorlagani ma‟qul.
Bunday sahna va
figuralar hajm jihatidan ancha katta bo‟ladi.
Karton teatrlarini sahnalashtirishda kartondan yasalgan yassi va hajmsiz
qo‟g‟irchoqlar ishtirok etadi. Bir tomonli shakllar ip, sim va shu kabilar yordamida
faqat bir tomonga harakat qiladi. Kartonning ikkinchi tomoniga ikkinchi rasm
yopishtiriladi, shu bilan figura tayyor hisoblanadi. Shundan so‟ng yarimta g‟altak
va cho‟p orqali balandligi 9-10 sm bo‟lgan taglik tayyorlanadi. Cho‟pning uchiga
figura o‟rnatiladi, g‟altak yiqilib tushmasligi uchun uning tagiga doira qilib
qirqilgan karton yopishtiriladi.
Karton teatrlarini sahnalashtirishda
yuqoridan turib ip, sim bilan
boshqariladigan shakllardan ham foydalanish mumkin. Bunday qo‟g‟irchoqlar
yengil harakat qiladi, burila oladi.
Jonivorlar shakllarini bolalar badiiy kitoblardan kalkaga ko‟chirishlari
mumkin. Kalkadagi rasmdan nusxa olinib, ikkita oq qog‟ozga tushiriladi.
Tushirilgan rasmlar rangli qalam bilan bo‟yaladi, bittasi kartonga yopishtiriladi va
karton shu rasm konturi bo‟ylab qirqiladi.
Sahna uch bo‟lak karton yoki fanerdan yasaladi. Uning asosiy qismlari:
orqa devor, pol va oldi peshtoqli devordir.
Devorlarga ikki tomondan karton polosalar yopishtiriladi, bu polosalarga
dekoratsiyalar osiladi. Dekoratsiyalarni ularning o‟zlaridan katta va qalin kartonga
yopishtirish kerak. Chunki dekoratsiyalar yopishtirilganda
ular qirqilib ketishi
mumkin.
Pardaning rasmi ham o‟zidan kattaroq kartonga yopishtiriladi, bu uni
ko‟tarish va tushirishga qulaydir.
Sahna (shirma)ning tagligi ko‟rinmasligi zarur. Buning uchun uni bo‟yash
yoki unga rangli qog‟oz yopishtirish talab qilinadi.
Ayrim spektakllar uchun harakatlanuvchi dekoratsiyalar kerak bo‟ladi.
Bunday dekoratsiyalar figuralarning tez harakat qilayotganligini bildirish uchun
qo‟llaniladi.
Shirmadan 20-22 sm oraliq dekoratsiya o‟rnatiladi.
Agarda tomoshada
o‟rmon, dala, daryo, tog‟larni tasvirlash lozim bo‟lsa, ularga mos keladigan suratni
topib‚ unga oq ramka qilish, rasmni kartonga yopishtirish kerak. Dekoratsiyani
yarim doira shaklida egish ham mumkin.
Sahna (shirma) stol ustiga qo‟yiladi, uning
orqasida esa figuralarni
yurgazadigan va ular uchun gapiradigan bolalar turadi.
Agarda pesa davomida dekoratsiya o‟zgarib turishi kerak bo‟lsa, ularni kitob
shaklida birlashtirilgan kartonga yopishtirilishi lozim. Uning har bir sahifasidan
bitta dekoratsiya joy oladi.
Harakatlanuvchi dekoratsiya 3-4 metrli qog‟oz lentadan ishlanib, orqa
devorga qilingan teshikdan o‟tkaziladi va kerak vaqtda tortib‚ harakatga keltiriladi.
Aytaylik, figura chap tomonga harakat qildirilmoqchi bo‟lsa, dekoratsiya o‟ng
tomonga tortilib tez harakat qilayotgandek tasavvur hosil qilinadi.
Sahnani o‟zgacha shaklda qurish ham mumkin, bunday holda uning old qismi
trilyajga o‟xshaydi. Unda peshtoq – sahna oynasi qirqiladi. Bunday holda oyna
orqasida undan 2-3 sm oraliqda ingichka dumaloq cho‟p o‟rnatiladi. Cho‟pni
o‟rnatishdan oldin unga 10 tacha sim aylanalar kirgizilib, ularga suriladigan parda
o‟rnatiladi. Parda burma bo‟lishi uchun tanlangan mato kengroq bo‟lishi kerak.
Bunday qurilgan sahna dekoratsiyalar ko‟p qavatli parda ko‟rinishiga ega
bo‟ladi yoki karton doiraga joylashadi. Bu
doira ingichka mixda aylanib,
dekoratsiyani tezda almashtirish, ba‟zi hollarda harakatlanuvchi dekoratsiyani
ko‟rsatish imkonini beradi.
Sahnani yoritish katta ahamiyatga ega. Ularni shunday joylashtirish kerakki,
ular
sahnani yoritsin, ammo uning nuri tomoshabin-bolalarga tushmasin.
Musiqa barcha sahnalashtirilgan postanovkalarining asosiy elementlaridan
biri hisoblanadi. Ma‟lumki, spektakl musiqali kirishdan boshlanadi. Musiqali
tanaffus vaqtida dekoratsiya almashadi. Tovush va yorug‟lik effekti bilan birikkan
musiqa soya teatri tomoshadarida ham, stol teatrlarini
sahnalashtirishda ham
mukammal badiiy tasvirni yaratish imkonini beradi. Bu ko‟rinishlarda ovozga
taqlid qilish‚ xo‟rozning qichqirishi, mushukning miyovlashi, ayiqning o‟kirishi
hamda shovqin effektlari-yog‟ayotgan yomg‟ir ovozi, parovozning pishillashi
va
shu kabilardan
foydalaniladi.
Dostları ilə paylaş: