2. Ertaklarni sahnalashtirish uchun sakrovchi o’yinchoqlarni yasash. Bunday o‟yinchoqlarni yasash uchun dumaloq rezina kerak bo‟ladi. Qog‟oz
bo‟laklaridan uyum hosil qilinadi. Bu uyumdan turli ertak qahramonlarining bosh
qismi yasaladi. Bu kabi o‟yinchoqlarni yasashda qog‟oz, turli mato, paralon, sim
kerak bo‟ladi. Bolalar hayotini muhofaza qilish maqsadida uchi o‟tkir simlar‚
to‟g‟nog‟ich, skrepka va boshqa shikastlantiruvchi asboblardan ehtiyot bo‟lish
kerak.
Sakrovchi o‟yinchoqlarni yasash uchun kichik kartonga shaxs va
hayvonlarning tasviri chiziladi, ammo, oyoqlar chizilmaydi. Chizilgan tasvir qirqib
olinadi. Figuralar bolalar kaftining orqa tomoniga rezina bilan mustahkamlanadi,
ko‟rsatgich yoki o‟rta barmoqqa atir shishasining qopqog‟i yordamida
tayyorlangan o‟yinchoq yoki qo‟g‟irchoq kiygiziladi. Barmoqlar stol ustida
harakatga keltiriladi. Katta va tayyorlov guruhlarining bolalari bunday
o‟yinchoqlarni mustaqil tayyorlashlari mumkin.
3. Ertaklarni sahnalashtirish uchun qo’lqop (barmoqli yoki barmoqsiz qo’lqop) qo’g’irchoqlarini yasash. Bolalarning eski qo‟lqoplari shu nomdagi
qo‟g‟irchoqlarni yasash uchun xomashyo bo‟lib xizmat qiladi. Bunday
qo‟g‟irchoqlarni ham bolalarning o‟zlari yasashlari mumkin.
Qo‟lqopning asosiy qismi qo‟g‟irchoqning boshi, katta barmoq esa dumi
vazifasini bajaradi. Qo‟lqopni to‟lig‟icha muayyan hayvonga aylantirib olish ham
mumkin. Bunda katta barmoq dum vazifasini o‟taydi, qo‟lqopning asosiy qismi
qo‟g‟irchoqning tanasi bo‟ladi. Unga yetishmayotgan bosh va boshqa detallar
qo‟shimcha ravishda biriktiriladi.
Bordi-yu, qo‟lqop topilmasa‚ qo‟g‟irchoqlarni yasashda to‟qilgan buyum
yoki
matodan foydalaniladi. Ba‟zan ertaklarning qahramonlarini, masalan, kuchukcha,
mushukcha, quyoncha, bo‟ri, tulkichalarni ikkita qo‟lqopdan yasash ham
mumkin. Bu nihoyatda oson.
Qo‟lqopning katta barmog‟i dum bo‟ladi, uning ortiqcha qismlari tikib
tashlanadi. Qahramonlarning ayrim detallarini jihozlashda tugmachalar, dur
donachalarini ishlatish mumkin.