Biznesingizning joylashishi O’z tovar va xizmatlaringizga baho belgilab bo’lgandan keyin hamda tehnik-iqtisodiy asosnomangizning navbatdagi bo’lishini to’ldirib bo’lgach, keyingi, muhimligi kam bo’lmagan – joylashish bo’limga o’tamiz.
Sizning korxonangizni joylashishi biznesning rivojlanishi, bu ayniqsa savdo yoki xizmat ko’rsatish sohasi uchun, katta ahamiyat kasb etadi. Bu holda biznes mijozlar uchun qulay bo’lgan joyda joylashishi kerak.
1 –misol. Botir shahar markazidan uncha uzoq bo’lmagan joydan katta va shinam ofis topdi. Uni biznesining joylashishi uncha muhim emas, chunki xizmatlar mijozlarga chaqiruvga borish orqali joylarda ko’rsatiladi. Biroq ayrim mijozlar o’zlari ofisga keladilar. U o’zining texnik–iqtisodiy asosnomasini “joylashish” bo’limini quyidagicha rasmiylashtirdi.
Joylashish 1. Siz o’z biznesingizni qaerda joylashtirishni rejalashtiryapsiz ?
Qarshi shahri markazidan uncha uzoq bo’lmagan xonani ijaraga olishni
mo’ljallayapman. U mebelь do’koni va turistik firma yonida joylashgan.
Ular bulguvsi mijoz bo’lishlari mumkin.
2. Biznesingiz joshlashishini tanlovini tushuntirib bering?
SHahar markazida juda ko’p bo’lajak mijozlar bor.
2-misol. Akmal o’zining avtoservisi uchun shahar markaziga yaqin yerdan xonani ijaraga olmoqchi. Bundan maqsad avtohavaskorlar avtoservisga tushlik paytida yoki ishdan keyin kirishlari mumkin bo’lsin. U texnik-iqtisodiy asosnomasining “Joylashish” bo’limini quyidagicha to’ldirdi.
Joylashish 1. Siz o’z biznesingizni qaerda joylashtirishni rejalashtiryapsiz ?
Men Qarshi shahri markazidan uncha uzoq bo’lmagan joyda bino qurishni
mo’ljallayapman. U keng shahar trassasi yonida joylashadi, bu esa
iste’molchilar uchun juda qulay bo’ladi.
2. Biznesingiz joylashish tanlovini tushuntirib bering?
SHahar markazida juda ko’p bulguvsi mijozlar bor.