ED ning muqovasi imkoniyat darajasida chiroyli bo‘lishi kerak.
Buning uchun uni grafika va multimedia, animatsiya kabi elementlar bilan boyitish maqsadga muvofiq. ED ning muqovasida darslikning nomi, yuqori tashkilot haqida ma’lumot (masalan, vazirlik), mualliflik huquqi, yaratilgan vaqti, ED ni yaratgan tashkilotning nomi, mualliflari haqida qisqacha ma’lumot. Bu ma’lumotlarni ma’lum bir qismi (mualliflar haqida ma’lumot, ED ni yaratgan tashkilot, mualliflik huquqi) kabilar maxsus tugmalar yordamida amalga oshiriladi.
Zamonaviy elektron qo‘llanmalardan biri bo‘lgan elektron darslik multimediali mahsulot bo‘lib, mustaqil ta’lim va mustaqil ishlarni bajarishda o‘qitishni samarali tashkil etish va tinglovchilarning ijodiy fikrlash doirasini kengaytirishda muhim ahamiyatga ega. Bunday darsliklardan uzluksiz o‘qitish tartibida foydalanish tinglovchilar bilimi sifatini oshirishga yordam beradi. Biror-bir fan bo‘yicha elektron qo‘llanma yaratilyotganda kursning ajratilgan qismi amaliy (mashqlar) va nazorat (test savollari) mashg‘uloti, kursning katta bo‘limi esa testli mashg‘ulot va sinov bilan tugashi lozim.