matematik munosabatlar orqali ifodalash shu ob’ektning matematik modeli deb
ataladi.
Matematik model qurish va uni yechish jarayoni matematik modellashtirish deb ataladi.
Matematik model va matematik modellashtirish nima? Matematik modellashtirish jarayoni qanday bosqichlardan iborat?
1-bosqich. Ob’ektni o’rganish.
2-bosqich. Matematik model qurish.
3-bosqich. Modelni echish usulini tanlash yoki ishlab chiqish.
4-bosqich. Tanlangan yoki ishlab chiqilgan echish usuli algoritmi asosida dastur tuzish.
5-bosqich. Natijalar olish hamda ularni tahlil qilib,xulosalar qilish.
Modellashtirish jarayonini sxemasi quyidagicha:
Obyekt
Kuzatuvchi
Maqsad
model Natijalar va tahlil Ob’ekt Dastur Matematik model Algoritm Hisoblash usullari Matematik modellashtirish jarayonini sxematik ko’rinishda qanday ifodalash mumkin? 1
Моdel tuzilishi bilan kuzatuvchiga tajribalar qilish uchun keng maydon tug’iladi. Modelning parametrlarini bir necha marta o’zgartirib, ob’ektni eng optimal holatini aniqlab, undan hayotda qo’llash mumkin. Real ob’ektlar ustida tajriba qilish ko’plab xatolarga va xarajatlarga olib kelishi mumkin.
2
Model, shaklsiz tizimni, matematik formulalar yordamida shakllantirishga imkoniyat beradi va EXMlar yordamida tizimni boshqarishga yordam beradi.
3
Modellashtirish o’rganish va bilish jarayonini kengaytiradi. Model hosil qilish uchun ob’ekt har tomonlama o’rganiladi, tahlil qilinadi. Model tuzilganidan so’ng, uning yordamida ob’ekt to’g’risida yangi ma’lumotlar olish mumkin. Shunday qilib, ob’ekt to’g’risidagi bilish jarayoni to’xtovsiz jarayonga aylanadi.