Reja: Mehnat bozori tushunchasi va statistikasining vazifalari



Yüklə 158,09 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/6
tarix25.03.2023
ölçüsü158,09 Kb.
#89787
  1   2   3   4   5   6
3. мавзуга маьрузалар матни мехнат бозори



MAVZU. MEHNAT BOZORI STATISTIKASI
*
REJA: 
1. Mehnat bozori tushunchasi va statistikasining vazifalari 
2. Mehnat resurslari statistikasi 
3. Mehnat resurslari balansi 
4. Aholining ish bilan bandligi statistikasi 
5. Mehnat bozorini statistik ko’rsatkichlari tizimi 
Mehnat bozori deganda bir tomondan ish beruvchilar, ikkinchi tomondan 
ishga talabgorlarning (yollanuvchilarning) o’zaro munosabati amalga oshuvchi 
bozor iqtisodiyotining maxsus bo’lagi tushuniladi va u quyidagi komponentlardan 
tashkil topadi: mehnatga talab; mehnat taklifi; ishchi kuchi bahosi; ishchi kuchi 
qiymati; raqobat. 
Samarali va egiluvchan mehnat bozori deganda doimo o’zgarib boruvchi 
tizim, aniqrog’i o’zida quyidagi xarakteristikalarni mujassamlashtiruvchi model 
tushuniladi: 
– ishga yollanuvchi va ish beruvchining faoliyati shaxsiy manfaatlarni maksimal 
qondirilishiga yo’naltirilgan. Sotib oluvchida u foyda summasi bo’lsa, sotuvchida u 
juda murakkab tarkibga ega
– ishchi kuchini sotuvchi va sotib oluvchi turli variantlar mavjudligi haqida 
ma’lumotlarga ega va
o’zi uchun eng manfaatlisini tanlash qobiliyatiga ega; 
– mehnat bozorida bir xil tipdagi mehnat xizmatlari sotiladi va sotib olinadi.
Sotiladigan va sotib olinadigan tovar, aniqrog’i ishchilar bir biridan deyarli 
farq qilmaydi: 
– ishchi kuchiga qilinadigan xarajatlar faqat vaqtga mos ravishda ish haqlaridan 
tashkil topadi, mehnat unumdorligi esa doimiy miqdor bo’lib hisoblanadi va ish 
vaqtining uzunligiga bog’liq emas; 
– mehnat xizmatlarini sotib olish va sotish faqat raqobat asosida amalga oshiriladi.
Buning asosiy sharti sifatida bozorda bir biriga bog’liq bo’lmagan ko’plab 
sotuvchi va sotib oluvchilarning qatnashishi hisoblanadi. 
*


2. Mehnat resurslari statistikasi 
Mehnat resurslari – mehnatga qobiliyatli yoshdagi aholi hamda qonun 
hujjatlarida belgilangan iqtisodiy faollikning quyi va yuqori yosh chegaralariga 
kirmaydigan ishlayotgan shaxslar. 
MR=MQA+IO’P. 
Iqtisodiy faol aholi – mehnat faoliyatining daromad keltiruvchi har qanday 
turi bilan shug’ullanuvchi shaxslar, shuningdek ishga joylashtirishga muhtoj ish 
bilan ta’minlanmagan aholi. Iqtisodiy faol aholi shuningdek Qurolli kuchlarda 
xizmatni o’tayotgan shaxslarni ham qamrab oladi. 
IF=IT+IM 
Ish bilan ta’minlanganlar bu: pul yoki naturada taqdirlash uchun yollanish 
bo’yicha haftada kamida 2 soat mobaynida ish bajargan shaxslar, shuningdek o’z 
faoliyati uchun taqdirlash yoki daromad olish muddatidan qat’i nazar foyda yoki 
daromad olish uchun yollanmagan tarzda ish bajaruvchi shaxslar; kasallik yoki 
jarohat, bemorni parvarish qilish tufayli; har yillik ta’til yoki dam olish kunlari; o’z 
ish joyidan tashqarida o’qish; ma’muriyatning tashabbusi bilan ish haqi saqlangan 
yoki saqlanmagan holdagi ta’til hamda shunga o’xshash sabablarga ko’ra ishda 
vaqtincha bo’lmagan shaxslar; haq to’lanmagan holda oilaviy korxonada ishlarni 
bajargan shaxslar. 
Ishga joylashtirishga muhtoj ish bilan ta’minlanmagan aholi (ishsizlar) – 
amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq rasman ishsiz sifatida ro’yxatdan o’tkazilgan 
shaxslar, shuningdek haq to’lanadigan ishga yoki daromad keltiruvchi 
mashg’ulotga, mehnat organlari ko’magida yoki mustaqil ravishda faol ish izlovchi 
va bunday ish taklif etilsa, ishga joylashishga tayyor bo’lgan mehnatga qobiliyatli 
yoshdagi vaqtincha ish bilan ta’minlanmagan shaxslar. 
Iqtisodiy faol bo’lmagan aholi – iqtisodiy faol aholi tarkibiga kirmaydigan 
mehnat yoshidagi mehnatga qobiliyatli aholi.
Mehnat bilan bandlar soni quyidagi formula bo’yicha hisoblab chiqiladi: 

Yüklə 158,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin