Chet eldagi migrant mehnatchilarning uy xo’jaliklarini tadqiqot qilishda
bevosita qatnashmasligini (so’rov paytida bo’lmasligini) hisobga olib,
ushbu
shaxslar soni to’g’risidagi ma’lumotlar so’ralayotgan uy xo’jaliklari vakolatli
a’zolaridan so’ralgan holda olinadi.
b) migrant mehnatchilarni so’ralganlarning umumiy sonidagi salmog’i
bo’yicha migrant mehnatchilarning mehnatga layoqatli yoshdagi mehnatga
layoqatli aholi tarkibidagi umumiy soni quyidagi formula bo’yicha
hisoblab
chiqiladi:
100
MLA
MMS
MM
,
bunda:
MM - migrant mehnatchilar soni, jami;
MLA - mehnatga layoqatli yoshdagi
mehnatga layoqatli aholi soni.
v) zarurat bo’lganda, mehnat faoliyatini chet elda amalga oshirayotganlarning
soni jo’nab ketgan yo’nalishi (mamlakati) bo’yicha aniqlanadi.
Buning uchun:
-tadqiqotlar ma’lumotlari bo’yicha har qaysi mamlakatdagi mehnat faoliyatini
amalga oshirayotgan migrant mehnatchilarning so’ralganlar umumiy sonidagi
salmog’i aniqlanadi;
-mehnatga layoqatli yoshdagi mehnatga layoqatli aholi umumiy soniga
nisbatan salmoqni proportsional ravishda hisoblab chiqish va jamlash yo’li
bilan
muayyan mamlakatlarda mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan migrant
mehnatchilar soni aniqlanadi.
2. Ikkinchidan, umuman respublika bo’yicha mehnat
resurslarini hisoblab
chiqishda mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun chet elga ketgan shaxslar soni
hisobga olinadi. Ularning soni O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
"Mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun chet ellarga ketayotgan O’zbekiston
Respublikasi fuqarolarini hisobga olishni takomillashtirish to’g’risida" 2007 yil 15
maydagi 97-son qarori bilan tasdiqlangan cxema bo’yicha, quyidagilarni o’z ichiga
oluvchi integratsiyalashgan axborotlar moduli asosida aniqlanadi:
a) chet elga ketganlarning soni va maqsadi to’g’risida bojxona
deklaratsiyasining takomillashtirilgan shakli asosidagi har choraklik statistika
hisoboti ma’lumotlari;
b) mehnat emigratsiyasi masalalari bo’yicha har yilgi
sotsiologik tadqiqotlar
ma’lumotlari;
v) mehnat faoliyatini chet elda amalga oshirish uchun fuqarolarga Tashqi
mehnat migratsiyasi masalalari agentligi tomonidan berilgan ruxsatnomalar
ma’lumotlari;
g) tashqi ishlar vazirligining chet eldagi konsullik
muassasalaridan olingan
ma’lumotlar;
d) uy xo’jaliklarini mehnat bilan bandlik masalalari bo’yicha har choraklik
tadqiqotlar ma’lumotlari.
Dostları ilə paylaş: