Reja: Mif va uning turlari haqida umumiy tushuncha



Yüklə 383,3 Kb.
səhifə3/3
tarix01.01.2022
ölçüsü383,3 Kb.
#50598
1   2   3
Mif

Dunyo va xudolarning paydo bo`lishi haqida yunon afsonalari

  • Antik madaniyatning barcha Yevropa xalqlari taraqqiyotiga ko`rsatgan ta’siri mutlaqo shak-shubhasizdir. Shuni e’tirof etish kerakki, mo`jazgina grek xalqining miflari umumbashariy madaniyat asosini tashkil etgan holda ohanrabo qudratiga molik bo`lib, u hozirgi zamon kishisining tasavvuri va tafakkuri tarziga juda chuqur kirib borgandir. Badiiy adabiyotda kuchli inson Gerkules (greklarda Gerakl)ga, jasur va barqaror ayol amazonkaga o`xshatiladi. Rassomlar, shoirlar va haykaltaroshlarni dastavval mifik timsollarning teranligi va badiiyligi jalb etadi. Odamlarga ta’sir etadigan o`sha kuch-qudrat izohi faqat yunon mifologiyasida mujassamdir deyish tamoman o`rinli emas. Chunki mifologiya qadimgilarning yerda hayotda paydo bo`lishini, tabiatdagi stixiyali hodisalarning yuz berishi sabablarini tushuntirishga bo`lgan urinishi sifatida, inson o`z atrof-muhitidagi o`rnini aniqlashga ojiz bo`lgan davrda paydo bo`lgan edi.

Miflar yaratilishining o`zi insonning ijodga va o`z-o`zini bilib olishga qo`tgan ilk qadami edi. Tadrijiy suratda yunon zaminining turfa viloyatlarida vujudga kelgan ayrim asotirlardan qahramonlar va ularga homiylik qilgan ma’budlarning taqdirlari haqida butun boshli turkumlar tarkib topgan. Elma-el kezib yurgan aed – qo`shiqchilar tomonidan ijro etilgan barcha afsonalar, madhiyalar va qo`shiqlar zamonlar o`tishi bilan Homerning “Iliada” va “Odisseya”, Hesiodning “Teogoniya” hamda “Mehnat va kunlar”, bizning davrimizgacha yetib kelmaganjuda ko`p narsalar katta epik dostonlarga aylanib ketgan. Miloddan avvalgi V asrda yashagan qadimgi buyuk yunon shoir-dramaturglari – Esxil, Sofokl, Yevripidlar o`z tragediyalarini xudolar va qahramonlar haqidagi qadimgi asotirlar mazmuniga asoslanib yaratgan edilar.

  • Miflar yaratilishining o`zi insonning ijodga va o`z-o`zini bilib olishga qo`tgan ilk qadami edi. Tadrijiy suratda yunon zaminining turfa viloyatlarida vujudga kelgan ayrim asotirlardan qahramonlar va ularga homiylik qilgan ma’budlarning taqdirlari haqida butun boshli turkumlar tarkib topgan. Elma-el kezib yurgan aed – qo`shiqchilar tomonidan ijro etilgan barcha afsonalar, madhiyalar va qo`shiqlar zamonlar o`tishi bilan Homerning “Iliada” va “Odisseya”, Hesiodning “Teogoniya” hamda “Mehnat va kunlar”, bizning davrimizgacha yetib kelmaganjuda ko`p narsalar katta epik dostonlarga aylanib ketgan. Miloddan avvalgi V asrda yashagan qadimgi buyuk yunon shoir-dramaturglari – Esxil, Sofokl, Yevripidlar o`z tragediyalarini xudolar va qahramonlar haqidagi qadimgi asotirlar mazmuniga asoslanib yaratgan edilar.

  • Qadimgi yunonlar faol, qat’iyatli, serg`ayrat xalq bo`lib, garchi unda insonga tahdid soladigan, unga dushman bo`lgan jonzotlar mavjud bo`lsa-da, real dunyoni bilib olishdan tap tortishmasdi. Lekin ushbu dunyoni bilib olishga bo`lgan cheksiz tashnalik noma’lum, ko`zga ko`rinmas xavf-xatar oldidagi qo`rquvdan ustun kelardi. Odisseyning sarguzashtlari, argonavtlarning oltin mo`ynani qo`lga kiritish uchun qilgan yurishi – bularning barchasi inson hayot kechirayotgan yer haqida iloji boricha ko`proq bilishga bo`lgan o`sha intilishlarning she’riy shaklda ifodalanishidir. Inson irodasiga bo`yin egmaydigan dahshatnok kuchlardan himoyalanish maqsadida yunonlar ham boshqa xalqlar singari keyinchalik ularning juda ko`plab xudolarini tasvirlagan mahobatli haykallarda saqlanib qolgan ilohiylik – fetishizm jonsiz tabiatning ilohiyligiga sig`inishni boshidan kechirdi. Ularning diniy e’tiqod va rivoyatlarida animizm, eng dag`al xurofotlarning mavjudligini ham payqash mumkin.

Ammo yunonlar o`z xudolarini kishilar timsoliga o`xshatib yaratarkanlar, antromorfizmga ancha erta o`tishdi, ayni zamonda ularga go`zallik, istagan qiyoaga kirish san’ati, o`zgarmas va o`tkinchi bo`lmagan sifatlarni, eng asosiysi – umrboqiylik ato etishdi. Qadimgi yunon ma’budlari har jihatdan odamlarga o`xshash bo`lib, mard, oliyjanob va rahmdil, lekin goho ko`p hollarda zolim, qasoskor va dog`ulidirlar. Inson hayoti muqarrar o`lim bilan tugardi, xudolar esa umriboqiy bo`lib, o`z istaklarini amalga oshirishda chegara bilishmasdi, biroq baribir taqdir ilohalari – moyralardan o`tib, o`z qismatini hech kim o`zgartirolmasdi. Shunday qilib, umriboqiy ma’budlar qismatini ham foniy odamlar taqdiri bilan o`xshash deb bilardilar. Chunonchi, Gomerning “Iliada”sida qahramonlar Gektor va Axilles kurashning nihoyasi qanday bo`lishini Zevs ham hal qilishga haqli emas. U oltin tarozi pallalariga har ikkala qahramon taqdirini bilish uchun qur’a tashlaydi. Gektorning o`limini ko`rsatuvchi qur’a pastga tushadi, natijada Zevsning barcha ilohiy hukmi o`z suyuklisiga yordam berishga ojizlik qiladi. Zevsning istagiga zid ravishda taqdir taqozosiga muvofiq shavkatli Gektor Axilles nayzasidan halok bo`ladi.

  • Ammo yunonlar o`z xudolarini kishilar timsoliga o`xshatib yaratarkanlar, antromorfizmga ancha erta o`tishdi, ayni zamonda ularga go`zallik, istagan qiyoaga kirish san’ati, o`zgarmas va o`tkinchi bo`lmagan sifatlarni, eng asosiysi – umrboqiylik ato etishdi. Qadimgi yunon ma’budlari har jihatdan odamlarga o`xshash bo`lib, mard, oliyjanob va rahmdil, lekin goho ko`p hollarda zolim, qasoskor va dog`ulidirlar. Inson hayoti muqarrar o`lim bilan tugardi, xudolar esa umriboqiy bo`lib, o`z istaklarini amalga oshirishda chegara bilishmasdi, biroq baribir taqdir ilohalari – moyralardan o`tib, o`z qismatini hech kim o`zgartirolmasdi. Shunday qilib, umriboqiy ma’budlar qismatini ham foniy odamlar taqdiri bilan o`xshash deb bilardilar. Chunonchi, Gomerning “Iliada”sida qahramonlar Gektor va Axilles kurashning nihoyasi qanday bo`lishini Zevs ham hal qilishga haqli emas. U oltin tarozi pallalariga har ikkala qahramon taqdirini bilish uchun qur’a tashlaydi. Gektorning o`limini ko`rsatuvchi qur’a pastga tushadi, natijada Zevsning barcha ilohiy hukmi o`z suyuklisiga yordam berishga ojizlik qiladi. Zevsning istagiga zid ravishda taqdir taqozosiga muvofiq shavkatli Gektor Axilles nayzasidan halok bo`ladi.

Qadimgi yunonlar hayotda yuz beradigan barcha mushkul hodisalarni bevosita idrok etishardi, binobarin, ularning asotirlari qahramonlari ham umidsizlikka tushganda va quvonganda o`sha dulvarlikni namoyon etadilar. Ular soddadil, oliyjanob va ayni zamonda dushmanlarga nisbatan beshafqatdirlar. Bu qadimgi real hayot va real insoniy siyratlarning aks etishidir. Xudolar va qahramonlar hayoti jasorat, g`alaba va iztirozblar bilan to`lib-toshgandir. O`zining sohibjamol ma’shuqi Adonisdan judo bo`lgan Afrodita g`amga botadi, zulmat saltanati xudosi Aid suyukli qizi Persefonani o`g`irlab ketganligi uchun Demetra azobda. Olimpdan odamlar uchun ilohiy olovni o`g`irlagani tufayli bahaybat qoyaga zanjirband qilingan va Zevsning burguti tomonidan iztirob tortayotgan titan Prometeyning azob-uqubatlari chidab bo`lmas darajada. Uchchala farzandi ham Apollon va Artemida kamon o`qlaridan halok bo`lgan Nioba g`am-alamdan hushi boshidan uchgan. Troya urushining eng jasur qahramonlaridan biri Agamemnon jang-jadaldan qaytgan zahotiyoq xotini Klitemnestra tomonidan xiyonatkorona o`ldiriladi.

  • Qadimgi yunonlar hayotda yuz beradigan barcha mushkul hodisalarni bevosita idrok etishardi, binobarin, ularning asotirlari qahramonlari ham umidsizlikka tushganda va quvonganda o`sha dulvarlikni namoyon etadilar. Ular soddadil, oliyjanob va ayni zamonda dushmanlarga nisbatan beshafqatdirlar. Bu qadimgi real hayot va real insoniy siyratlarning aks etishidir. Xudolar va qahramonlar hayoti jasorat, g`alaba va iztirozblar bilan to`lib-toshgandir. O`zining sohibjamol ma’shuqi Adonisdan judo bo`lgan Afrodita g`amga botadi, zulmat saltanati xudosi Aid suyukli qizi Persefonani o`g`irlab ketganligi uchun Demetra azobda. Olimpdan odamlar uchun ilohiy olovni o`g`irlagani tufayli bahaybat qoyaga zanjirband qilingan va Zevsning burguti tomonidan iztirob tortayotgan titan Prometeyning azob-uqubatlari chidab bo`lmas darajada. Uchchala farzandi ham Apollon va Artemida kamon o`qlaridan halok bo`lgan Nioba g`am-alamdan hushi boshidan uchgan. Troya urushining eng jasur qahramonlaridan biri Agamemnon jang-jadaldan qaytgan zahotiyoq xotini Klitemnestra tomonidan xiyonatkorona o`ldiriladi.

Yunonistonning eng buyuk qahramoni, odamlarga ularga hujum qilib, yerlarini payhon etgan bir talay bahaybat maxluqlardan xalos qilgan Gerakl bag`oyat dahshatli iztiroblar bilan gulxan ichida jonidan judo bo`ladi. Bilmasdan yo`l qo`ygan jinoyatlaridan talvasaga tushgan jafokash Edip shoh ikkala ko`zini o`yib, yunon zaminida qizi Antigona bilan hech joyda osoyish topmay sarson-sargardon kezadi. Shunday baxti qaro kishilar ko`pincha qachondir bobokalonlari yo`l qo`ygan jinoiy harakat tufayli jazoga mahkum etiladilar. Garchi buning hammasi oldindan, taqdirul azaldan shunga mahkum etlgan bo`lishsa-da, ular o`zlari ham sherik bo`lgan biror hodisa uchun xudolarning jazosini kutmasdan o`zlarini o`zlari jazolaydilar. Yunon miflarida kishilarga o`z oldidagi mas’uliyat hissi, yaqinlari va vatanga bo`lgan munosabati tuyg`ulari xosdir.
Yüklə 383,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin